Yuqori koʻl

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Yuqori koʻlBuyuk koʻllar tarkibidagi koʻl, AQSH va Kanadada. Akvatoriyasining oʻlchamlari boʻyicha dunyoda eng yirik chuchuk suvli koʻl. Mayd. 82,4 ming km². uz. 613 km, eni 256 km. Eng chuqur joyi 393 m (Buyuk koʻllar orasida eng chuqur). SentMeris daryosi orqali Guron koʻliga oqadi. Sohilga yaqin qismi dek.

dan aprel oyigacha muzlaydi. Koʻldan baliq ovlanadi. Milliy bogʻlar tashkil etilgan. Yu.k. Shimoliy Amerikaning ichki r-nlarini Atlantika okeani bilan bogʻlaydigan suv yoʻlining muhim boʻgʻini. Muhim portlari: Dulut, Syupirior, Ashlend, Markett (AQSH), TanderBey (Kanada).