Buxoro Xalq Sovet Respublikasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Buxoro Xalq Sovet Respublikasi (BXSR) (192024) - Buxoro amirligida amirlik tuzumi agʻdarib tashlangach, yuzaga kelgan xalq respublikasi. Mayd. 182,193 ming km2, axoliyey 2,2 mln. kishidan ortiq, asosan oʻzbeklar, tojiklar va turkmanlar, qisman qozoq, qoraqalpoq, tatar va buxoro yahudiylari yashagan. BXSR Xorazm Respublikasi, Turkiston ASSR va Afgoniston davlatlari bilan chegaradosh boʻlib, poytaxti Buxoro sh. boʻlgan.

Sharqdagi yirik davlatlardan biri hisoblangan Buxoro amirligi 1868 y.ga kelib podsho Rossiyasining yarim mustamlakasiga aylangandan soʻng xalqning tirikchiligi ilgaridan ham ogʻirlashgan edi. Amirlikdagi xalq qoʻzgʻolonlari podsho Rossiyasi qoʻshinlari yordamida bostirilardi. Rus maʼmurlari amirlikda katta imtiyozlarga ega boʻlgan. Rossiyadagi demokratik jarayonlar, 1908 y. Turkiyada boʻlgan yosh shurklar ishilobi, xususan Petrograddagi 1917 y. fevral inqilobidan keyin amirlik hududida jadidchilik va undan oʻsib chiqqan yosh buxoroliklar harakati kuchaydi.

1917 y. 7 aprelda amir Olimxon mamlakatda islohotlar oʻtkazish toʻgʻrisida farmon chiqardi. Lekin amirning bu farmoni amalda joriy qilinmadi. Jadidlar Buxoro sh.da namoyish uyushtirgandan soʻng (q. Buxoroda 1917 yil aprel namoyishi), mamlakatda ularni yeppasiga taʼqib qilish boshlandi. Okg . toʻntarishidan keyin Rossiya bilan Buxoro oʻrtasida munosabatlar yomonlashdi. Turkiston XKS Buxoro davlatiga gʻanimlik qilib, amir hukumatini kuch bilan agʻdarishga urindi. Bolsheviklar shu maqsadda yosh buxorolik jadidlarni qoʻllab-quvvatlashdi. 1918 y. mart oyida Turkiston oʻlkasi XKS raisi F. Kolesov qoʻmondonligidagi qizil askarlar mamlakat poytaxti Buxoro sh.ga hujum uyushtirdilar (q. Kolesov voqeasi). Ularning hujumi muvaffaqiyatsiz tugagan boʻlsa ham, Buxorodagi siyosiy tuzumni oʻzgartirish uchun urinish toʻxtamadi. Afsuski, amir Olimxon mamlakat taqdiri hal qilinayotgan ushbu fursatda muxolifatdagi yosh buxoroliklar firkasi (partiyasi) arboblari bilan til topisha olmadi. U mamlakatda konstitutsion monarxiya va demokratik tartibotlarni oʻrnatmoqchi boʻlgan jadidlar — yosh buxoroliklarni yoʻqotish yoʻlini tutdi. Fayzulla Xoʻjayevnint taʼkidlashicha, Kolesov voqeasidan keyin amir mamlakatda 3000 kishiii qatl qilgan. S. Ayniyiint yozishicha, faqat poytaxt — eski Buxoro emas, balki Gʻijduvon, Shofirkon, Vobkent, Qorakoʻl, Chorjoʻy, Xatirchi, Karmana, Qarshi, Shahrisabz bekliklarida ham minglab kishilar jadidlikda ayblanib nohaq oʻldirildi. Buxorolik jadidlarning tirik qolgan vakillari Samarqand, Toshkent va Moskvaga joʻnab ketishga majbur boʻlishdi, yosh buxoroliklarning bir kismi 1918 y. yozida Toshkentda Buxoro Kompartiyasini tuzishdi, F. Xoʻjayev Moskvadagi muhojirlik davrida — 1918 y. okt.da Turkiston respublikasining RSFSR hukumati huzuridagi muxtor vakolatxonasi qoshida yosh buxoroliklar partiyasining boʻlimini tashkil qiddi. 1920 y. yanvda Toshkentda F. Xoʻjayev boshchiligida inqilobchi yosh buxoroliklar partiyasining Turkiston Markaziy byurosi tashkil qilindi. Bolsheviklar yosh buxoroliklardan amirlik hokimiyatini agʻdarishda foydalandilar. Ular ham taktik maqsadlarni koʻzlagan holda bolsheviklarga yaqinlashishdi. 1920 y. 25 avg .da qoʻmondon M. V. Frunze Turkfront qoʻshinlariga "qoʻzgʻolon koʻtargan Buxoro mehnatkashlariga yordam koʻrsatish toʻgʻrisida" buyruq berdi. 1920 y. 2 sentda Turkfront qoʻshinlari amirlik hokimiyatini agʻdarib tashladi (q. Buxoro bosqini).

1920 y. 14 sent.da boʻlgan Xalq Nozirlar Shoʻrosi, Revkom va BKP MKning umumiy yigʻilishida 9 kishidan iborat Butun Buxoro inqilobiy qoʻmitasi (raisi Abdulqodir Muxitdinov) va respublika hukumati — 11 kishidan iborat Xalq Nozirlar Shoʻrosi (raisi Fayzulla Xoʻjayev) tuzildi. Buxoro inqilobiy qoʻmitasining aʼzolari qilib Muinjon Aminov, Olimjon Akchurin, Abdulhamid Oripov, Sobir Yusupov, Hoji Hasan Ibrohimov, Fayzulla Xoʻjayev, Qulmuhamedov tayinlandi. Mamlakatni boshqarish maqsadida tuzilgan Buxoro Xalq Nozirlar Shoʻrosi tarkibi quyidagicha edi: rais va xorijiytashqi ishlar (nozir — F. Xoʻjayev), maorif (Qori Yoʻldosh Poʻlatov), ichki (doxiliya) ishlar (M. Saidjonov), moliya (U. Poʻlatxoʻjayev), davlat nazorati (N. Husainov), favqulodda komissiya (raisi — Ibrohimov), adliya (M. Burhonov), harbiy (Shihobuddinov), savdo va sanoat (M. Mansurov) nozirliklari. Bu paytga kelib inqilobchi yosh buxoroliklar firqasi aʼzolari Buxoro Kompartiyasi safiga kirishga majbur boʻlgan edilar. Ushbu oʻrinda taʼkidlash joizki, asosan jadidlardan tashkil topgan Buxoro hukumati oʻsha paytda maʼlumotli kishilar yigʻilgan hukumatlardan biri hisoblangan. Nozirlar Buxoro, Istanbul, Moskva va b. shaharlarda taʼlim olishgan edi. Buxoro jadidlari oʻzlarining islohotchilik gʻoyalarini yangi hukumatdagi faoliyatlari davomida amalga oshirishga harakat qildilar.

1920 y. 6—8 okt.da amirning yozgi saroyi — Sitorai Mohi Xosada chaqirilgan Butun Buxoro xalq vakillarining lqurultoyida Buxoro Xalq Sovet Respublikasi — BXSR tuzilganligi tantanali ravishda eʼlon qilindi. Bu davlat tuzumi jihatidan xalq demokratik hokimiyati edi. Uning zimmasiga qisqa muddat ichida oʻrta asrchilik anʼanalari meros qolgan amir Buxorosini demokratik davlatga aylantirishdek tarixiy vazifani bajarish tushdi. Qurultoy davlat hokimiyatining qonun chiqaruvchi oliy organi boʻlgan Buxoro inqilobiy qoʻmitasi (Markaziy Revkom), Buxoro Xalq Nozirlar Shoʻrosi — dastlabki hukumat tarkibini uzilkesil tasdiqladi. Ularning vakolat muddati 2qurultoygacha uzaytirildi. Ushbu qurultoyda I. Ye. Lyubimov RSFSR hukumati Buxoro Respublikasining mustaqilligini tan olganligini aytishga shoshildi. 1920 y. okt.—noyab. oylarida BXSR bilan RSFSR oʻrtasida muvaqqat harbiysiyosiy axdlashuv va shartnoma tuzildi. 1921 y. 4 martda har ikki davlat oʻrtasida "Ittifoq shartnomasi" imzolandi. Ushbu shartnomalar mustaqil siyosat yuritishga harakat qilayotgan yosh Buxoro davlati arboblari faoliyatini muayyan darajada cheklashga olib keldi. "Ittifoq shartnomasi" mustaqil Buxoro davlati hududida sovet qoʻshinlari turishini "qonuniy" asoslab berdiki, mazkur hol BXSR ichki ishlariga Rossiyaning toʻgʻridantoʻgʻri harbiy jihatdan qurolli aralashuvidan boshqa narsa emas edi. Buxoro hukumati oldida turgan eng asosiy vazifalardan biri yersuv masalasini hal qilish edi. 1920 y. 30 sent.da Buxoro Markaziy Revkomi "Yer toʻgʻrisida"gi dekretni qabul qildi. Dekretga muvofiq, sobiq amir, uning qarindoshlari va amaldorlari qoʻlidagi butun yermulk kambagʻal va yersiz dehqonlarga berilishi kerak edi. Shuningdek, dekretga koʻra, "xiroj", "amlok" va b. soliqlar bekor qilindi. Arxiv hujjatlarida keltirilishicha, fakat Eski Buxoro tumanlari va Chorjoʻy bekligida sobiq amir va beklarga qarashli 10000 tanob yer musodara kdlinib, kambagʻal dehqonlarga taqsimlab berildi. Yangi tuzum va uning ijobiy choratadbirlarini aholi maʼqullab kutib oldi. Joylarda inqilobiy qoʻmitalar tuzildi. Birok yangi hokimiyat tomonidan mulkdorlar tabaqasiga nisbatan koʻrilgan qattiq choralar, ularga tegishli butun molmulkning musodara qilinishi, saroy aʼyonlari va amir amaldorlarining yeppasiga hibsga olinishi va otib tashlanishi, amir xazinasining Moskvaga olib ketilishi, majburiy oziq-ovqat "razvyorstkasi" va uning qattiqqoʻllik bilan amalga oshirilishi, islom dini va ulamolarga nisbatan dushmanlik siyosati, respublika hududida turgan kizil armiya taʼminotining aholi zimmasiga yuklatilishi, buning ustiga, kizil askarlarning bosqinchilik va talonchilik "faoliyati" haqqoniy ravishda xalqning kuchli noroziligiga sabab boʻldi. Respublikadagi ijtimoiysiyosiy munosabatlar ham keskinlashdi. Yosh davlat yetakchisi F. Xoʻjayev murakkab va ogʻir sharoitda ishlashga majbur boʻldi. Buxoro hukumati ichida siyosiy boʻlinish kuchaydi. Bir tarafdan, Buxoro Kompartiyasi ichidagi "soʻl" va "oʻng" kommunistlarga karshi gʻoyaviy jihatdan kurash olib borishga toʻgʻri kelsa, ikkinchi tarafdan, RSFSR va uning favqulodda organlari boʻlgan Turkkomissiya, Turkbyuro yosh "mustaqil davlat"ning bosgan har bir qadamini sergaklik bilan nazorat qilib turar edi. Shunday boʻlishiga qaramasdan F. Xoʻjayev, U. Poʻlatxoʻjayev, O. Xoʻjayev, Fitrat, M. Aminov, M. Saidjonov, S. Xoʻjayev, M. Mansurov, A. Muxitdinov va b. hukumatda demokratik yoʻl tutib, moʻʼtadil mavqeda turdilar. Ular BXSRning amalda mustaqil boʻlishi, eʼtiqod erkinligi, islohotlar oʻtkazish zarurligini yoklab chikdilar.

1921 y. 18—23 sent.da boʻlgan Butun Buxoro xalq vakillarining 2qurultoyida demokratik ruxdagi BXSR Konstitutsiyasi qabul qilindi. Buxoro tarixidagi dastlabki Konstitutsiya fuqarolarning demokratik huquq va erkinliklarini qonun yoʻli bilan mustaxkamladi. Konstitutsiyada davlatni idora etish uchun xalqning barcha tabaqa vakillarining ishtiroki taʼminlandi. Xususiy mulk va savdo-sotiq erkinliklari Konstitutsiyada oʻz ifodasini topdi. Buxoroda oʻrnatilgan tuzum xalq demokratik respublikasi edi. BXSRning Konstitutsiyasi barcha fuqarolarga teng siyosiy huquq berdi, milliy tengsizlikni yoʻqotdi. Konstitutsiyaga koʻra, BXSRning oliy organi — Butun Buxoro xalq vakillari qurultoyi boʻlib, u har 2000 saylovchiga bir vakil saylanadigan 350 aʼzodan iborat edi. Qurultoy yiliga bir marta chaqirilar va unda respublika konstitutsiyasini qabul qilish, oʻzgarishlar kiritish, hukumatning hisoboti va davlat byudjetniy tasdiqlash kabi muhim masalalar koʻrilar edi. Konstitutsiyaga koʻra, qurultoylar oʻrtasida qonun chiqaruvchi va nazorat qiluvchi oliy organ — Butun Buxoro MIK hisoblanadi. Qurultoyda Butun Buxoro MIK raisi qilib Usmonxoʻja Poʻlatxoʻjayev saylandi (1922 y. avg .da boʻlgan 3qurultoyda bu lavozimni Porso Xoʻjayev egalladi). Konstitutsiyaga muvofiq Xalq Nozirlar Shoʻrosi davlat hokimiyatini ijro qiluvchi va boshqaruvchi oliy organi sifatidagi oʻz vazifasini saqlab qoldi. Qurultoyda milliy masalaga katta eʼtibor berildi. Buxoro MIK huzurida Omongeldi Omonov boshchiligida Turkman boʻlimi tuzildi. Keyinchalik shu asosda Turkman avtonom viloyati tashkil qilinib, unga milliy muxtoriyat huquqi berildi. Turkman va tojik xalqi uchun madaniymaʼrifiy va b. muassasalar ochildi.

Buxorodagi demokratik jarayonlarga mamlakat tashqarisidan tazyiq tobora kuchayib bordi. 1923 y. 3 iyunda Buxoroga SSSR Qurolli Kuchlarining Bosh qoʻmondoni S. S. Kamenev, Turkfront Inqilobiy Harbiy Kengash raisi A. I. Kork, RKP (b) MK Oʻrta Osiyo byurosi aʼzosi Mixaylov va b. kelishdi. Ular Buxoro hukumati faoliyatidan qoniqmayotganliklarini ochiq aytib, sotsialistik oʻzgarishlarni jadallashtirish kerakligini taʼkidlashdi. Oradan koʻp oʻtmay — 12 iyunda RKP(b) MK Siyosiy byurosi maxsus qaror qabul qilib, Buxoro hukumatini sovetlashtirish choratadbirlarini belgilab berdi. Sovet hukumati oʻz buyruqlarini tez va qarshiliksiz amalga oshirish uchun RKP(b) MK kotibi Ya. E. Rudzutakni Buxoroga joʻnatdi. 23 iyunda Bkp mk yopiq plenumida Rudzutak ishtirok qilib, Buxoro hukumati rahbarlari va mahalliy kommunistlar oldiga qatʼiy talablarni qoʻydi. F. Xoʻjayevning eng yaqin safdoshlari boʻlgan sobiq yosh buxorolik jadidlar Otaulla Xoʻjayev (tashqi ishlar noziri), Fitrat (maorif noziri), Sattor Xoʻjayev (moliya noziri), Muinjon Aminov (EKOSO raisi) lavozimlaridan chetlashtirilib, Buxoro davlati hududidan chiqarib yuborildi. Qori Yoʻldosh Poʻlatov, Rahimjon Yusufzoda, Muzahar Maxsum Burhonov, Hoji Hamro Yoʻldoshev ham masʼul lavozimlardan olib tashlandi. Buxoro hukumati Moskva va Toshkentning "kommunistcha sabogʻi"ni olgan "tajribali sovet xodimlari" bilan toʻldirildi. Plenumning oʻzida Buxoro Kompartiyasi MK kotibi Muhametdinov oʻrniga A. Rahimboyev Buxoro Kompartiyasi MK masʼul kotibi qilib saylandi. Hukumatda Turkistondan yuborilgan emissarlarning taʼsiri kuchayib bordi. Inqilobiy ekstremistik unsurlar bu bilan cheklanib qolmasdan, 14 avg .da boʻlgan Buxoro MIK favqulodda sessiyasida Konstitutsiyaga oʻzgartirish kiritishga ham muvaffaq boʻldilar. 1923 y. 11—17 okt.da boʻlgan Butun Buxoro 4qurultoyi Konstitutsiyani oʻzgartirish toʻgʻrisidagi qarorni tasdiqladi. Unga binoan barcha savdogar, mulkdor va sobiq amaldorlar saylov huquqidan mahrum qilindi. Ammo ishchi va kosiblarning saylov huquqi kengaytirildi. Shuningdek, qurultoyda jamiyatda ijtimoiy beqarorlikni kuchaytiradigan "Sovet qurilishi toʻgʻrisida" maxsus qaror qabul qilindi. Jamiyat tobora siyosiylashib bordi. Buxoroda oʻtkazilayotgan demokratik islohotlarning takdiri xavf ostida qoldi. Markazning talabi bilan mamlakatda sunʼiy ravishda sotsialistik qayta qurishlarni amalga oshirishga kirishildi. Respublikadagi bu keskin siyosiy vaziyat qurolli muxolifat harakatining kuchayishida ham oʻz ifodasini topdi.

Buxoroda amir hokimiyati agʻdarib tashlangan dastlabki haftalardayoq mamlakatning gʻarbiy, markaziy va sharqiy qismlarida qizil armiyaning bosqinchilik siyosati va bolsheviklar zulmiga qarshi istiqlolchilik harakati boshlangan edi.

Buxoro respublikasidagi iqtisodiy siyosat va xoʻjalik sohasidagi islohotlar ziddiyatli tarzda kechdi. Buxoro inqilobiy qoʻmitasining 1921 y. 5 yanvar dagi dekreta hamma yerlarni umumxalq mulki deb eʼlon qiddi. Vaqf yerlari tugatiddi, ayrim toifadagi xoʻjaliklarning chorva mollari va mulklari musodara qilindi. Sugʻorish tizimi izdan chiqsi, ekin maydonlari qisqarib, chorva mollarining soni kamayib ketdi. Shu bilan bir vaktda koʻplab ijobiy ishlar ham amalga oshirildi. 1921 y. kuzida yerni tortib olish bekor qilindi. Buxoro MIKning umumiy afv toʻgʻrisidagi 1922 y. 25 may dekreta vaqflarni tugatishni toʻxtatish, qozixonalar ishini, shariat koʻrsatmalarini tiklash va b.ni eʼlon qildi. Usha yilning noyab.da yangi iqtisodiy siyosat (NEP)ga oʻtish eʼlon etildi. Buxoro davlat banki tuzilib, pul islohoti amalga oshirildi. Dehqonlarni moddiy ragʻbatlantirish choralari koʻrildi. Bu q.x.ni barqaror rivojlanishiga olib keldi. 1923 y. sugʻoriladigan yerlar maydoni 1913 y.dagi darajaga yaqinlashib qoldi (92,3%). T. y. tiklanib, zavod va fkalar qaytadan ishga tushdi. Bu paytga kelib Buxoro respublikasida 19 ta korxona, 500 dan ortiq bozor ishlab turdi, xususiy sarmoya 12000 savdogarlar mablagʻidan iborat boʻldi. 1923 y. 4 ta aralash aksionerlik jamiyati, 30 ta yirik savdo firmalari faoliyat koʻrsatayotgan edi. Davlat savdosi va kooperatsiyasiga berilgan yordam oʻz samarasini koʻrsatdi.

1923 y. mart oyida Turkiston, Buxoro va Xorazm iqtisodiy jihatdan birlashtirildi va uni boshqarish uchun Oʻrta Osiyo Iqtisodiy Kengashi (Sredaz EKOSO) tuzildi. F.Xoʻjayev Oʻrta Osiyoning iqtisodiy jihatdan birlashuvi toʻgʻrisidagi fikrni boshida qoʻllab-quvvatlamadi. Chunki u iqtisodiy siyosatni ishlab chiqish, hatto mintaqa xalq xoʻjaligi istiqbollari toʻgʻrisida qaror qabul qilishgacha boʻlgan barcha ishlar Markaz qoʻliga oʻtayotganligini eng avvalo sezgan va bu siyosatning mashʼum oqibatlarini chuqur tushungan arbob edi. Oʻzi kuchli iqtisodchi boʻlgan F. Xoʻjayev Buxoro tomonidan Rossiya va Turkistonga yetkazib beriladigan mollarga aniq tovar ekvivalenti belgilash zarurligi toʻgʻrisida ayniqsa tashvishlanib gapirar edi. Buxoro hududida joylashgan Rossiya qoʻshinlari Buxoro davlatining oziq-ovqati va yemxashagi bilan taʼminlanar edi. Hukumat boshligʻi F. Xoʻjayev Rossiya qoʻshinlari sonini 15000 kishigacha qisqartirish toʻgʻrisidagi masalani Moskva oldiga bir necha marta qoʻydi.

Buxoro Sovet Sotsialistax Respublikasi. (BSSR). 1924 y. 1820 sent.

da Butun Buxoro xalq vakillarining 5qurultoyi boʻlib oʻtdi. Qurultoy 19 sent.

da BXSRni Buxoro Sovet Sotsialistik Respublikasiga aylantirish toʻgʻrisida qaror qabul qildi. BSSRning tuzilishi yuqoridan turib sunʼiy tarzda amalga oshirilgan hodisa edi. Natijada taraqkiyotning demokratik yoʻli inkor qilinib, sotsialistik yoʻnalish tanlandi. Markazdagi bolshevik rahbarlarining Buxoro va Xorazm xalq respublikalarini sotsialistik respublikaga aylantirishdan koʻzda tutgan asosiy maqsadlari mahalliy xalqlarni tezroq sovetlashtirish va ruslashtirish, ularning ongiga kommunizm mafkurasini singdirish edi. Sharqda "sotsializmning porloq gʻalabasi"ni taʼminlash uchun bu juda zarur edi.

Qurultoyda F. Xoʻjayev hukumatning ishi toʻgʻrisida hisobot berdi va "Oʻrta Osiyoning milliy davlat chegaralanishi toʻgʻrisida" maʼruza qildi.

Qurultoy qatnashchilari xalq hukumatining 4 yillik ish faoliyati yakunlarini chiqarib, Oʻrta Osiyoda milliy respublikalar tuzish zarurligini yoklashdi. 1924 y. 18 noyab.

da Turkiston ASSR, Buxoro SSR va Xorazm SSR MIKlari qoʻshma qaror qabul qildilar va shu qarorga binoan oʻz vakolatlarini O'zbekiston SSR Sovetlarining Taʼsis qurultoyiga qadar ish koʻrib kelgan Fayzulla Xoʻjayev raisligida yangi tashkil etilgan Oʻzbekiston SSR Muvaqqat inqilobiy komitetiga topshirdilar. Shunday qilib, Oʻrta Osiyo respublikalarining milliyhududiy chegaralanishi deb atalmish tadbir asosida 1924 y. noyab. oyi oxirida Buxoro SSR tugatilib, uning hududi yangi tashkil etilgan Oʻzbekiston SSR, Turkmaniston SSR va Tojikiston ASSR (1929 y.dan Tojikiston SSR)ga kiritildi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  • Xoʻjayev F., Buxoro inqilobining tarixiga materiallar, T., 1926, 1997;
  • Sadriddin Liniy, Buxoro inqilobi tarixi uchun materiallar, M., 1926;
  • Fitrat, Amir Olimxonning hukmronlik davri, T., 1992;
  • Amir Sayyid Olimxon, Buxoro xalqining hasrati tarixi, T., 1991;
  • Ishanov A. I., Buharskaya Narodnaya Sovetskaya Respublika, T., 1969;
  • O'zbekiston tarixi (19171993), T., 1994;
  • O'zbekiston tarixining dolzarb muammolariga yangi chizgilar, T., 1999;
  • Oʻzbekistonning yangi tarixi. 2kitob. O'zbekiston sovet mustamlakachiligi davrida, T., 2000;
  • Qosimov F., Buxoro respublikasi tarixshunosligi, Buxoro, 1996;
  • Buxoro: tarix sahifalari, Buxoro, 1999;
  • Rajabov Q., Mustaqil Turkiston fikri uchun mujodalalar, T., 2000.

Qahramon Rajabov.