Mars

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Mars  Mars astronomik ramzi
Mars sayyorasi
Mars.
Mehvar tasnifi
Katta yarim oʻqi 227,936,637 km
1.52366231 AB
Perimetri 1,429,000,000 km
9.553 AB
Ekssentrisiteti 0.09341233
Perigeliy 206,644,545 km
1.38133346 AB
Afeliy 249,228,730 km
1.66599116 AB
Siderik davri 686.9600 kun
(1.8808 Yer yili)
Sinodik davri 779.96 kun
(2.135 Yer yili)
Oʻrtacha orbital tezligi 24.077 km/soniya
Eng katta orbital tezligi 26.499 km/soniya
Eng kichik orbital tezligi 21.972 km/soniya
Chekinish 1.85061°
(5.65° (Quyosh ekvatoriga nisbatan))
Orbital tugun uzunligi 49.57854°
Perigeliy argumenti 286.46230°
Tabiiy yoʻldoshlari soni 2
Quyoshdan uzoqlik masofasi 1.52 AB
 
Fizik tasnif
Ekvatorining diametri 6,804.9 km
(0.533 (Yer))
Qutbiy diametri 6,754.8 km
(0.531 Yer)
Siqiqligi 0.00736
Maydoni 144,798,465 km2
(0.284 (Yer))
Hajmi 1.6318×1011 km3
(0.151 (Yer))
Massasi 6.4185×1023 kg
(0.107 (Yer))
Zichlik 3.934 g/sm3
Tortish kuchi (ekvatorda) 3.69 m/s2
(0.376 g)
Birinchi kosmik tezlik 5.027 km/s
Siderik sutka 1.025957 kun
(24.622962 soat)
Aylanish tezligi 868.22 km/soat
(ekvatorda)
Ekliptikaga ogʻish burchagi 25.19°
Rektassenziya
(Shimoliy qutb uchun)
317.68143°
(21 soat 10 daq 44 s)
Deklinatsiya 52.88650°
Albedo 0.15
Sirtidagi harorat
- min
- oʻrta
- max

133 K (−140 °C)
210 K (−63 °C)
293 K (20 °C)
 
Atmosfera tasnifi
Atmosfera bosimi 0.7–0.9 kPa
Karbonat angidrid 95.32%
Azot 2.7%
Argon 1.6%
Kislorod 0.13%
Uglerod monoksidi 0.07%
Suv bugʻi 0.03%
Azot oksidi 0.01%
Neon 0.00025%
Kripton 0.00003%
Ksenon 0.000008%
Ozon 0.000003%
Metan 0.00000105%
tahrir

Mars, Mirrih — Quyosh sistemasiga kiruvchi 9 ta katta sayyoralardan biri. M.ning Quyoshdan oʻrtacha uzokligi 227,94 mln. km, orbitasi Quyoshga nisbatan Merkuriy, Venera va Yer orbitalaridan keyin 4 oʻrinda joylashgan. Orbita tekisligining ekliptika tekisligiga ogʻmaligi t= 1,85°. M.ning oʻrtacha radiusi 3388 km, massasi 6,4-1023 kg , uning Quyosh atrofida siderik aylanish davri 686,730 sutka va oʻz oʻqi atrofida aylanish davri esa 24 soat 37 min. 23 s. Orbitasining ekssentrisiteta kattaligi (ye = 0,0934) tufayli Quyoshgacha boʻlgan masofasi 40 mln. km atrofida uzayib va qisqarib turadi. Sayyora ekvatorining oʻz orbitasi tekisligiga ogʻmaligi (24°48’) boʻlganligi uchun fasl oʻzgarish hodisasi kuzatiladi. M. Yerdan uzoqligi boʻyicha Oy va Veneradan keyin 3 oʻrinda turadi.

M.ning Yerga eng yaqin kelish davrlari M.ning roʻpara turishi deb ataladi. Bunda M. va Yer Quyosh markazidan oʻtadigan bir toʻgʻri chiziq yaqinida joylashgan boʻladi. Bu taxm. har 780 sutkada bir marta takrorlanib turadi. M. bilan Yer orasidagi masofa eng kichik boʻlgan paytlarini M.ning buyuk roʻpara turishi deyiladi. U har 15—17 yilda takrorlanib turadi. Bunda M. bilan Yer orasidagi masofa 60 mln. km dan ortmaydi. Bunday vaktlarda M.ni teles-koplar yordamida kuzatish juda qulay hisoblanadi.

Teleskoplarda koʻrinadigan M.ning sathi qizgʻishsariq va qoramtir sohalari "dengizlar", yorugʻ sohalari "qitʼalar" va qutblari yaqinidagi oq dogʻlari M.ning qutb "qalpoklari" deb nomlanadi.

M. sirtining birinchi haritalari 19-a. oʻrtalarida chop etilganligiga qaramay, uning aniq haritasi "Mars" va Mariner kosmik apparatlari yordamida olingan fotosuratlar asosida tuzilgan.

1877 y.da italyan astronomi Skiaparelli M. sirtida kuzatgan qoramtir toʻgʻri chiziqlar, u oʻylagan "kanallar" boʻlmay, aslida ketma-ket joylashgan mayda qora dogʻlar ekanligi aniqlandi. Kosmik apparatlar M.ning sirtida diametri 5 km dan kam boʻlgan juda koʻp kraterlar borligini ham aniqladi. M.ning qugb qal-poqlari ikkita — pastki, yaxlagan suv (N2O) dan iborat muzliklardan va sirtqi, qalinligi uncha katta boʻlmagan (qishda paydo boʻlib, yozda erib ketadigan) karbonat angidridi (SO2) dan iborat qatlamlardan tashkil topgan. M.nyng ichki tuzilishini aks ettiruvchi matematik modellarga asosan sayyora toʻrtta: radiusi 1700 km li yadrodan, qalinligi 560 km li pastki va qalinligi 1110 km li mantiyadan hamda qalinligi 30 km boʻlgan tashqi qobiq qismlardan iborat. M.da temirga boy jinslar koʻp. M. atmosferasida karbonat angidridi (SO2) uning asosiy (95%) qismini, ogʻir va kimyoviy noaktiv gazlar (N2 — azot, O2 — kislorod, SO — is gazi, N2O — tindirilgan suv va b.) tashkil etadi. M. atmosferasining harorati sayyora sirtiga yaqin joylarda 210 K ga teng . M. atmosferasidagi bulutlar va shamollar harakati hamda tezligi ham yaxshi oʻrganilgan. M.da radionurlanish va magnit maydon mavjud. Uzoq yillar davomida M.ni teleskoplarda kuzatish va keyingi vaqtlarda qator kosmik apparatlar yordamida undagi shart-sharoitlarni tekshirish "M.da hayot boʻlganmi, hozir tirik mavjudotning qaysi koʻrinishi boʻlishi mumkin?" — degan savollarga uzil-kesil javob topishni yaqinlashtirmoqda.

M.ning 2 ta tabiiy yoʻldoshi Fobos va Deymos bor. Ular 1877 y.da kashf etilgan boʻlib, ekvatorial tekislikda M.dan 9,37 ming km va 23,52 ming km masofada aylanadi, davrlari esa 7 soat 40 min. va 3 soat 21 min. Fobos va Deymos 1971 y. "Mariner-9" kosmik kemasi yordamida suratga olingan. Fobosning oʻlchamlari 26x21x18 km, Deymosniki esa 14x12x10 km. Ular juda katta harsang toshlardir. [1]

Mars — Yer guruhidagi planeta boʻlib, tartibi boʻyicha Quyoshdan soʻnggi 4-planetadir. Uning diametri 6786 km, massasi Yernikidan 9 marta kichik va oʻrtacha zichligi 3,9 g/sm3 ga teng. Quyoshdan oʻrtacha uzoqligi 227,9 mln. km. Oʻz oʻqi atrofida aylanishining siderik aylanish davri 24 soat 37 minut 23 sekundga teng. Sinodek aylanish davri 687 Yer sutkasiga teng boʻlib, oʻz orbitasining ekliptikaga qiyaligi 1051/ va uning ekvatorining orbita tekisligiga ogʻmaligi 250 burchak ostida harakatlanadi. Orbitadagi oʻrtacha tezligi 24,1. Mars tashqi planetalar guruhiga kiradi, shuning uchun uni koʻrish Merkuriy va Veneradan koʻra qulayroqdir. Vaqti bilan Mars roʻpara turib qoladi, bu vaqtda u Yerga eng yaqin masofaga keladi. Ammo, har safargi roʻpara turishlar Mars Quyosh atrofidan ellips shaklida harakatlanganligi uchun, har xil masofada boʻladi. Mars oʻz orbitasining perigeliyi yaqinida boʻlganda hosil boʻlgan roʻpara turish buyuk roʻpara turish deyilib, bu holda Mars Yerga eng yaqin boʻladi. Buyuk roʻpara turish 15 va 17 yilda bir marta takrorlanadi. Roʻpara turishlar paytida Marsning Yerdan uzoqligi 55 mln. km dan 100 mln. km gacha oʻzgaradi. Buyuk roʻpara turish paytida 55 mln. km va Mars afeliyda boʻlgan holdagi roʻpara turishda 1000 mln. km boʻladi. Oxirgi buyuk roʻpara turish 1993 yilda boʻlgan edi, navbatdagisi 2009 yilda boʻladi. Oddiy koʻzga Mars yorugʻ qizgʻish yulduz singari koʻrinadi. Bu planeta alohida eʼtiborga sazovordir. Chunki u oʻzining baʼzi xususiyatlari bilan Yerga oʻxshaydi. Mars sirtida teleskop yordamida qaralganda oq qutb qalpoqlarini, toʻq sariq, qizil rangdagi Mars „choʻllari“ fonida qora dogʻlar „dengizlar“ni payqash mumkin. Marsni kuzatishlar u oʻz oʻqi atrofida deyarli Yer oʻz oʻqi atrofida aylangan vaqt ichida aylanishini koʻrsatdi. Planetaning aylanish oʻqi orbita tekisligiga oʻtkazilgan perpundikulyar bilan taxminan 250 burchak tashkil qiladi. Buning natijasida Marsda Yerdagi singari yil fasllari almashib turadi, ammo Marsning „yili“ Yerning yilidan deyarli ikki marta uzoqroq boʻlganidan, har bir yil fasli ham deyarli ikki marta uzoqroq boʻladi. Mars atrofi orbitasiga chiqarilgan avtomatik stansiya laboratoriyalari Yerdan yuborilgan komandaga muvofiq planetaning sirtini fotosuratga oldi va mavjudligi ancha oldin isbotlangan atmosferasini oʻrgandi. Planeta atmosferasining nihoyatda siyrakligi va undagi bosim Yer atmosferasidagi bosimga qaraganda taxminan 100 marta kamligi maʼlum boʻldi. U asosan karbonad angidriddan 96 foiz, azot 3,2 foiz argon 1,6 foizdan iborat boʻlib, unda kislorod va suv bugʻlari juda oz. Marsga qoʻndirilgan kosmik apparatlar bergan maʼlumotiga va uning yaqinidan turib olingan fotosuratga asoslanib Mars sirtining mukammal kartalari tuzilgan. Mars Oy va Merkuriy singari kraterlar bilan qoplangan. Planeta sirtida uning tuprogʻini avtomatik stansiyalar yordamida olib borilgan tekshirishlar Mars jinslarining Yer va Oy jinslarga oʻxshashligi, mazkur jinslarning qizgʻish rangi esa, unda temirning gidrat oksidlari borligi haqida xulosa chiqarishga olib keldi. Marsda magnit maydoni bor, demak uning yadrosi suyuq jismdan iborat ekan. Marsning magnit maydoni Yernikiga qaraganda ancha kuchsiz. Planetaning ikkita Fobos va Deymos („qoʻrqinch“ va „dahshat“) nomini olgan yoʻldoshlari bor. Bu yoʻldoshlarning oʻlchamlari Fobos 27x21x19 km va Deymos 15x12x11 km; Fobosning planeta atrofidan aylanish davri 7 soat 39 minutdir. Marsdan uzoqligi 9400 km. Deymosning aylanish davri 30 soat 17 minutga teng boʻlib planetadan 23400 km uzoqda joylashgan.

Shuningdek[tahrir]

Quyosh tizimiQuyosh
Solar system.png
Sayyoralar: Merkuriy | Venera | Yer | Mars | Yupiter | Saturn | Uran | Neptun
Karlik sayyoralar: Serera | Pluton | Xaron | Erida
Asteroidlar kamari | Kometalar | Kuiper kamari | Oort buluti

Shuningdek: Tabiiy yoʻldoshlar | Oy










Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil