Harorat

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Oʻtish: foydalanish, Qidir
Gazlar tarkibidagi atom va molekula kabi zarralarning issiqlik ta'siridan xaotik harakati


Harorat (Temperatura) (lot. temperatura — kerakli aralashma, o'rtacha holat) — moddaning holatini issiq-sovuqligini tavsiflaydigan fizik kattalik.

Harorat umumiy qilib aytganda, predmet va atrof muhitning shunaqa xususiyatiki, qaysiki inson sezgi organlariga sovuq, issiq va xok. sifatida ta'sir etadi. Harorat, modda zarralarining kinetik energiyasi bilan o'zaro bog'liqdir.

Harorat SI da kelvinlarda (K) o'lchanadi. Yordamchi o'lchov birligi sifatida esa Tselsiy darajasidan (°C) keng foydalaniladi.

Haroratni o'lchashda termometr, termopara, optik pirometr va xok. ishlatiladi.


Mundarija

[tahrir] Tarixi

Qadimda «harorat», tanasi issiqroq odamlarda boshqa odamlarga nisbatan, ko'proq o'ziga xos xususiyatga — teplorodga ega deb tushunilgan. Shuning uchun harorat deganda kuchli tananing o'ziga xos xususiyati va teplorod tushunilgan. Shundan kelib chiqib spirtli ichimliklarning quvvati va harorat, bir xil — graduslarda o'lchanadi.

[tahrir] Harorat shkalalari

Suv 0 °C da muzlaydi. Termometr -17 °C ni ko'rsatib turibdi.


Harorat shkalalarining o'zaro nisbatlari
shkalalar Kelvin Tselsiy Farengeyt
Kelvin (K) = K = С + 273,15 = (F + 459,67) / 1,8
Tselsiy (° C) = K − 273,15 = C = (F − 32) / 1,8
Farengeyt (°F) = K · 1,8 − 459,67 = C · 1,8 + 32 = F


[tahrir] Harorat shkalalarini solishtirish

Harorat shkalalarini solishtirish
Tavsif Kelvin Tselsiy Farengeyt Rankin Delil Nyuton Reomyur Ryomer
Absolut nol 0 −273.15 −459.67 0 559.725 −90.14 −218.52 −135.90
Farengeyt qorishmasining erish harorati (tuz va muz teng miqdorda) 255.37 −17.78 0 459.67 176.67 −5.87 −14.22 −1.83
Suvning muzlash harorati (qulay sharoitda) 273.15 0 32 491.67 150 0 0 7.5
Inson tanasining o'rtacha harorati ¹ 310.0 36.6 98.2 557.9 94.5 12.21 29.6 26.925
Suvning qaynash harorati (qulay sharoit) 373.15 100 212 671.67 0 33 80 60
ErishTitan 1941 1668 3034 3494 −2352 550 1334 883
Quyosh sirti 5800 5526 9980 10440 −8140 1823 4421 2909

¹ Inson tanasining o'rtacha harorati — 36.6 ° C ±0.7 ° C, yoki 98.2 °F ±1.3 °F. Jadvaldagi ba'zi qiymatlar yaxlitlanilgan!

[tahrir] Havolalar

Koʻrinishlar<!--Views-->
Shaxsiy uskunalar
o‘zgarishlar / ўзгаришлар