Astronomik birlik
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Astronomik birlik - astronomiyada masofa birligi; Yerdan Quyoshgacha bo'lgan o'rtacha masofaga teng. Astronomik birlikni aniqlash uchun Quyoshning gorizontal parallaksi aniqlanishi lozim. Astronomik birlikning aniq qiymati Yerga juda yaqin keladigan sayyoralarni kuzatish usuli (yoki boshqa usullar) bilan topiladi. Deyarli barcha asronomik hisoblashlarda 1 a.b.=149.6 mln. km deb olinadi. Aniq qiymati:
[tahrir] Tarixi
XX asrgacha bu maqsadda Misrning buyuk ro'para turish vaqtlarida kuzatilgan natijalardan foydalanilar edi. Quyosh parallaksini Yerga juda yaqin o'tadigan ayrim kichik sayyoralarni kuzatish yo'li bilan aniqlashga urinish Eros kashf qilinganidan keyin boshlandi. 1930-1931 yillarda Eros Yerdan 22 mln. km uzoqlikdan o'tdi. Oldindan tuzilgan dasturga ko'ra jahonning 24 rasadxonasida, shu jumladan, Toshkent rasadxonasida ham kuzatuvlar olib borilib, Р"е=8.790" ga tengligi aniqlandi. 1961-1963 yillarga sobiq Ittifoq va AQSHda Merkuriy, Venera va Mars radiolokatsiya qilinishi natijasida "Astronomik birlik" hisoblandi. Astronomik birlikni butun olam tortishish qonuniga asoslangan dinamik va yorug'lik tezligiga asoslangan fizik usullar bilan ham topish mumkin.