Aluminiy
| Aluminiy(Al) | |
|---|---|
| Atom raqami | 13 |
| Koʻrinishi | yumshoq, yengil, oqish-kumush rang metall, tez oksidlanuvchi |
| Atom xossasi | |
| Atom massasi (molyar massasi) |
26.981539 m. a. b. (g/mol) |
| Atom radiusi | 143 pm |
| Ionlashish energiyasi (birinchi elektron) |
577.2(5.98) kJ/mol (eV) |
| Elektron konfiguratsiyasi | [Ne] 3s2 3p1 |
| Kimyoviy xossalari | |
| Kovalentlik radiusi | 118 pm |
| Ion radiusi | 51 (+3e) pm |
| Elektrmanfiylik (Poling boʻyicha) |
1.61 |
| Elektrod potensiali | -1.66 в |
| Oksidlanish darajasi | 3 |
| Termodinamik xossalari | |
| Zichlik | 2.6989 g/sm³ |
| Solishtirma issiqlik sigʻimi | 0.900 J/(K·mol) |
| Issiqlik oʻtkazuvchanlik | 237 Vt/(m·K) |
| Erish harorati | 933.5 K |
| Erish issiqligi | 10.75 kJ/mol |
| Qaynash harorati | 2740 K |
| Qaynash issiqligi | 284.1 kJ/mol |
| Molyar hajm | 10.0 sm³/mol |
| Kristall panjarasi | |
| Panjara tuzilishi | kubik markazlashgan |
| Panjara davri | 4.050 Å |
| Panjara/atom nisbati | n/a |
| Debay harorati | 394.00 K |
Aluminiy (Alumin) — unsurlar davriy jadvalining 13 unsuri, metall-amfoter. Aluminiy lotincha «alumen», yaʼni lotincha nomi Alumen (fr.Alun, ingl.Alum) — kaliy va aluminiydan iborat sulfat tuzidan olingani sababli shunday ataladi. Kimyoviy elementlar davriy jadvalida aluminiy Bor-guruhiga (avvalgi nomi yer metallari guruhi) kiradi. Aluminiy yerda eng koʻp tarqalgan uchta elementdan biri va yer qobigʻida eng koʻp uchraydigan elementdir. Yer qobigʻida faqat kimyoiy birikma sifatida uchraydi, chunki reaktsiyaga oson kirishadi (yer qobigʻi massasining 7,57 %ni tashkil etadi).
Pliniy afsonasiga koʻra, imperator Tiberiy (eramizdan avvalgi 14-37 yillar) saroyiga bir kuni bir temirchi keladi va tashqi koʻrinishi kumush kabi, lekin anchayin yengil metall parchasini sovgʻa sifatida olib keladi. Imperator undan buni qayerdan olinganini soʻraganida, usta unga tuproqda ajratib olganini aytadi. Imperator esa ushbu metal savdoda pul sifatida qoʻllaniladigan oltin va kumush qadriga zarar yetkazmasligi uchun ushbu ustani qatl qildiradi. Hozirda maʼlum boʻlgan eng qadimgi aluminiy predmet bu Xitoy generali Chou-Chou (265—316) kamarining biriktiruvchi qismidir. Humphry Davy (Hamfri Deyvi) ushbu elementni «Aluminiy» deb atagan. Birinchi boʻlib Hans Ersted 1825-yilda laboratoriyada ajratib olishga muvaffaq boʻlgan.
| H | He | ||||||||||||||||||||||
| Li | Be | B | C | N | O | F | Ne | ||||||||||||||||
| Na | Mg | Al | Si | P | S | Cl | Ar | ||||||||||||||||
| K | Ca | Sc | Ti | V | Cr | Mn | Fe | Co | Ni | Cu | Zn | Ga | Ge | As | Se | Br | Kr | ||||||
| Rb | Sr | Y | Zr | Nb | Mo | Tc | Ru | Rh | Pd | Ag | Cd | In | Sn | Sb | Te | I | Xe | ||||||
| Cs | Ba | * | Hf | Ta | W | Re | Os | Ir | Pt | Au | Hg | Tl | Pb | Bi | Po | At | Rn | ||||||
| Fr | Ra | ** | Rf | Db | Sg | Bh | Hs | Mt | Ds | Rg | Uub | Uut | Uuq | Uup | Uuh | Uus | Uuo | ||||||
| * | La | Ce | Pr | Nd | Pm | Sm | Eu | Gd | Tb | Dy | Ho | Er | Tm | Yb | Lu | ||||||||
| ** | Ac | Th | Pa | U | Np | Pu | Am | Cm | Bk | Cf | Es | Fm | Md | No | Lr | ||||||||