Bolgarlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Bolgarlar — xalq, Bolgariyaning asosiy aholisi (7,85 mln. kishi) (1992). Ukraina (234 ming), Moldaviya (88 ming), Rossiya (32,8 ming) va b. mamlakatlarda ham yashaydilar. Umumiy soni 8,45 mln. (1992). Bolgar tilidya gaplashadilar. Yevropeoid irqiga mansub. Dindorlari — asosan pravoslavlar, bir qismi islom dinida. B. ning etnogenezida frakiyaliklar, Bolqon ya. o.ga 6—7-a. larda koʻchib kelgan slavyanlar hamda Qora dengiz boʻyi dashtlaridan Asparux boshchiligida kelgan qad. turkiy elat bulgʻorlar asosiy rol oʻynaganlar. 8—9-a.larda slavyan va bolgar (bulgor) etnik guruhlari bir-biri b-n yaqinlashib, tili va madaniyati slavyan boʻlgan bolgar elati tashkil topdi. B. run, polyan, bolqon, shon kabi etnik guruhlarga boʻlinadi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil