An'om surasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
An'om
Sura6.pdf
Sura nozil bo'lgan makon: Madina
Ma'nosi: Chorvalar
vahiy bo'lgan vaqti: vaqt
Sura raqami: 6
oyatlar soni: 165
Pora: 7-8
So'zlar soni: 3055
Harflar soni: 12418
Avvalgi sura: Moida surasi
Keyingi sura: A'rof surasi

An'om surasi (arab. سورة الأنعام‎‎,‎‎, Chorvalar) — Qur'oni Karimning oltinchi surasi. Madinada nozil bo'lgan, 165 oyatdan iborat.

Asosiy mavzusi[tahrir]

Makkada nozil qilingan va bir yuz oltmish besh oyatdan iborat bu surada so‘z e’tiqod va iymon mohiyati ustida boradi. U mavzu e’tibori bilan Madinada nozil bo‘lgan Baqara, Ol-i Imron, Niso va Moida suralaridan keskin farq qiladi. Bu surada islomiy jamiyatning o‘ziga xos belgilari — ro‘za, haj, oilaviy masalalar yoki jihod hukmlari, yoxud ahli kitoblar va boshqalar xususida so‘zlanmaydi. Balki unda e’tiqod va iymonga aloqador markaziy masalalar — Allohning zoti va sifatlari, vahiy va payg‘ambarlik mohiyati hamda qayta tirilish va qiyomat kunida bo‘ladigan hisob-kitob borasida so‘z yuritiladi.

«An’om»dagi oyatlar Alloh yaratuvchilikda ham, shariat qonunlarida ham, ma’budlikda ham yagona, deb uqtiradi. Yana u payg‘ambarlar otasi - Ibrohim alayhis-salom va uning zurriyotidan bo‘lgan bir qancha payg‘ambarlar haqida hikoya qiladi. Bulardan tashqari, yashab turgan dunyomiz inson uchun sinov-imtihon olami ekanligi aytilib, inson bu dunyoda Allohning xalifasidir, deb ta’kidlanadi. Binobarin, bu dunyoni obod-osoyishta qilish ham, xarob-vayronaga aylantirish ham insonning o‘z qo‘lida ekanligi yana bir bora eslatib o‘tiladi. Boshqa suralar bo‘linib-bo‘linib, har xil muddatlarda nozil qilingani holda bu sura Makkada bir kechada daf’atan to‘la nozil bo‘lgan.

Bu surada yana chorva hayvonlari va ular haqidagi xukmlar ham bayon etilgani uchun u «An’om» — «Chorvalar» deb ataladi.

Havolalar[tahrir]

An'om surasi

Avvalgisi:
Moida surasi
Wikisource-logo.svg Sura matni: An'om surasi Keyingisi:
A'rof surasi
Qur'on suralari:

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 23 24 25 26 27 28 29 30 31 32 33 34 35 36 37 38 39 40 41 42 43 44 45 46 47 48 49 50 51 52 53 54 55 56 57 58 59 60 61 62 63 64 65 66 67 68 69 70 71 72 73 74 75 76 77 78 79 80 81 82 83 84 85 86 87 88 89 90 91 92 93 94 95 96 97 98 99 100 101 102 103 104 105 106 107 108 109 110 111 112 113 114