Zaqatala

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Zakatalidan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search
Zagatala fortress

Zaqatala, Zakatali — Ozarbayjon Respublikasidagi shahar (1840 yildan). Zakatali tumani markazi. Katta Kavkaz etaklarida joylashgan. Temir yoʻl stansiyasi. Yevlax — Sheki — Tbilisi shosse yoʻli yonida, Yevlax temir yoʻl tugunidan 152 km shim.gʻarbda. Aholisi 20 ming kishidan ziyod (1990-yillar oʻrtalari). Oziq-ovqat (mevasabzavot konserva, tamaki, choy qadoqlash va boshqalar) sanoati korxonalari, mebel fabrikasi, tarix oʻlkashunoslik muzeyi bor. Turizm rivojlangan. Zakataliga 1830 yil Yangi Zakatali sifatida asos solingan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. "Zaqatala" OʻzME. Z-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil