Uya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish
qushlar uyasi
termit uyasi

Uyahayvonlar bolalash maqsadida va boshpana sifatida foydalanadigan pana joy. Umurtqasizlardan hasharotlar, ayniqsa, xilmaxil uya quradi. Umurtqalilar orasida ayrim baliqlar (tikan baliq), suvda va quruqlikda yashovchilar (Yava kurak oyoqli bakasi), sudralib yuruvchilar (ayrim toshbaqalar va timsoxlar), koʻpchilik qushlar, bir qancha sut emizuvchilar (kemiruvchilar, odamsimon maymunlar, oʻrdakburun) Uya quradi. Sudralib yuruvchilar (ayrim toshbaqalar, timsoxlar) Uyasi qumda qazib, choʻp va barglar toʻldirilgan chuqurdan iborat. Kushlar Uyasi juda xilmaxil. Eng oddiy Uya xaschoʻp toʻshalgan yer yuzasidagi chuqurcha shaklida boʻladi. Vahmaqush, toʻqimachi, zargʻaldoq kabi qushlar oʻsimlik tolalaridan ancha murakkab Uya qurishadi. Koʻpchilik kemiruvchilar (sugʻurlar, yumronqoziqlar) va bir qancha qushlar Uyasi in ichida joylashgan kameradan iborat. Ayrim yirtqich sut emizuvchilar daraxt kovagida Uya quradi. Yirik qushlar, sut emizuvchilar (olmaxon) Uyadan bir necha (baʼzan 10 va koʻproq) yil davomida foydalanishadi. Bir qancha xayvonlar koloniya boʻlib uya quradi (mas, qushlar bozori). Koloniya boʻlib yashash yirtqichlardan hymoyalanishda, bolalarini tarbiyalashda katta ahamiyatga ega.