Yoqut Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Yoqut Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi
saxa.: Саха автономнай сэбиэскэй социалистическэй республиката

Gerb
Gerb
Bayroq
Bayroq
avtonom respublika
Tegishli RSFSR
Tarkibida 32 tuman, 10 shahar, 59 shahar tipidagi posyolka.
Yirik shahari Yakutsk
Asos solingan sanasi 1922-yil 27-aprel
Aholi (1989) 1 094 065
Maydoni 3 mln 103,2 ming km²
Qisqacha YASSR
Xaritada
Yoqut Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi xaritada
Koordinatalari: 62°1′59.999″N 129°43′59.999″E / 62.03333306°N 129.73333306°E / 62.03333306; 129.73333306 G O

Yoqut Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi (Yoqut ASSR, YASSR) — 19221990-yillar oraligʻida mavjud boʻlgan, poyxati Yakutsk shahri sanalgan RSFSR tarkibidagi avtonom respublika. Ushbu avtonom respublika Lena, Anabar, Olenyok, Yana, Indigirka daryolari havzasida hamda Kolimaning quyi oqimida, shimolda Laptev dengizi va Sharqiy Sibir dengizi va Nobaya Sibir orollari qirgʻoqlarigacha boʻlgan hududda joylashgan. Respublika hududining 40% dan ortigʻi Arktika doirasian tashqarida hisoblangan.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

YASSR RSFSR tarkibida 1922-yilning 27-aprelida Irkutsk viloyati ning Kirenskiy tumani tarkibiga kiruvchi Quyi Tunguska tumanini oʻz tarkibida qamrab olmagan paytida Yakutsk viloyati hududida tashkil etilgan. Respublika shuningdek, Yenisey viloyatining Xatango-Anabarskiy tumani, Irkutsk viloyatining Kirenskiy tumanidagi Olekminsko-Suntarskiy volosti Shimoliy Muz okeanining 84° va 140½ sharqiy uzunlik meridianlari orasida joylashgan barcha orollarini oʻz ichiga olgan. Yoqut Avtonom Respublikasining shakllanishida Maksim Ammosov, Platon Oyunskiy va Isidor Baraxov kabi shaxslar katta rol oʻynagan. Ikkinchi jahon urushi yillarida YASSRning 50 mingdan ortiq aholisi frontda jang qilishgan. Ulardan 25 nafari Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoniga sazovor boʻlgan. Frontda asosi respublika aholisidan iborat boʻlgan boʻlinmalar ham boʻlgan. Masalan, Staraya Russa koʻchalaridan biri shunday birlik — yoqut miltiqlari xotirasiga nomlangan.

1990-yil 27-sentyabrda Yoqut ASSR Oliy Kengashi RSFSR tarkibida avtonom respublikadan Yoqut-Saxa Sovet Sotsialistik Respublikasiga oʻzgarganligini eʼlon qildi[1]. 1991-yilning 24-mayda RSFSR Xalq deputatlari qurultoyi ushbu nomni tasdiqladi va 1978-yilgi RSFSR Konstitutsiyasining 71-moddasiga oʻzgartirish kiritdi[2].

1991-yil 27-dekabrda Yoqut-Saxa SSR Oliy Kengashi respublikani Saxa (Yakutiya) Respublikasiga oʻzgartirish toʻgʻrisida qaror qabul qildi[3]. 1992-yil 21-aprel sanasidagi qonunga asosan Rossiya Federatsiyasi Xalq deputatlari Kongressi Rossiya Konstitutsiyasiga respublikaning yangi nomini rasman kiritilishini tasdiqladi[4].

Yoqut ASSR, Yakutsk, Oktyabrskaya koʻchasi, 1960-yil, SSSR shtampi
Taklif etilgan bayroq, 19261937-yillar
Bayroq (19541978)
19781982-yillardagi bayroq
„Yoqut ASSR 50 yilligi“ markasi. SSSR Pochtasi, 1972-yil

Aholisi[tahrir | manbasini tahrirlash]

1979-yil boshidagi aholi tarkibi

Aholi soni

Yil Ah
1926-yil 289 ming
1931-yil 308,4 ming
1959-yil 488 ming
1978-yil 842 ming
1988-yil 963 ming
1989-yil 1 094 065

Mukofotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]