Anabar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Anabar – Saxa (Yakutiya) Respubli-kasidagi daryo. Uz. 939 km, havzasining maydoni 100 ming km². O‘rta Sibir yassi-tog‘ligining shimolidan boshlanib, dastlab tilog‘ochli o‘rmon-tundradan oqadi. Quyi oqimida A. vodiysi kengayadi va Shimoliy Sibir pasttekisligini kesib o‘tib, Laptevlar dengiziga quyiladi. O‘rtacha suv sarfi 610 m³/sek. Sentabr oxirida muz-lab, iyun boshlarida muzdan bo‘shaydi. Katta irmoqlari: Kichik Kuonamka va Uja. A.da ryapushka, omul kabi baliklar bor. Quyi qismida kema qatnaydi. A. havzasida olmos konlari topilgan.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil