Yana — Saxa Respublikasidagidaryo. Yuqori Yana tizmasining shimoliy yon bagʻirlaridan oqib tushuvchi Dulgalax va Sartang daryolarining qoʻshilishidan hosil boʻladi. Shimolga tomon oqa borib Laptevlar dengiziga quyiladi. Uzunligi 1490km, havzasining maydoni 238 ming km². Kazachye qishlogʻidan oʻtgach, Yana 5300km²ga yaqin maydonga ega boʻlgan delta hosil qiladi. Asosan, yomgʻir suvlaridan toʻyinadi. Oʻrtacha yillik suv sarfi 1000 m³/sek. Oktyabr oʻrtalaridan may oʻrtalarigacha muzlab yotadi. Yananing 890km qismida kema qatnaydi. Kema qatnovi atigi uch oy davom etadi. Yananing Adicha (715km) va Bitantay (586km) kabi yirik va bir qancha mayda irmoqlari bor. Asosiy pristanlari: Verxoyansk, Batagay, UstKuyga; quyilish qismida — Nijneyansk porti.