Indigirka

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Indigirka - Sharqiy Sibirning shim.sharqidagi daryo. Uz. 1726 km, hav-zasining mayd. 360 ming km2. I. Xastax va Tarin-Yuryax daryolarining qoʻshilishidan hosil boʻlib, Sharqiy Sibir dengiziga delta (mayd. 5,5 ming km2) hosil qilib quyiladi. Asosiy irmoqlari: chapdan — Kuydusun, Kyuente, Elgi; oʻngdan — Nera. Yomgʻir, qor va muzlik suvlaridan toʻyinadi. Okt. da muzlab, mayning oxiri — iyulning boshida muzdan boʻshaydi. Oʻrtacha suv sarfi 1850 m3/sek. Baliq ovlanadi. Moma daryosi qoʻshilgan joydan (1154 km masofada) kema qatnaydi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil