Quyi Tunguska
Qiyofa
| Quyi Tunguska | |
|---|---|
| Tavsif | |
| Uzunligi | |
| Maydoni | 2 989 km² |
| Havzasi | 473000 |
| Suv sarfi | m³/s |
| Joylashuvi | |
| Davlat | Rossiya |
| Quyi Tunguska | |
Quyi tunguska yoki Nizhnyaya Tunguska - RF Irkutsk -viloyati va Krasnoyarsk oʻlkasidagi daryo. Yeniseyning oʻng irmogʻi. Uzunligi 2989 km, havzasining maydoni 473 ming km². Lena — Angara suvayirgʻichidan boshlanib, Oʻrta Sibir yassitogʻligi boʻy-lab oqadi. Ostonalari bor. Asosan, qordan toʻyinadi. Oʻrtacha suv sarfi quyilish joyida 3680 m³/sek. Oktabrda muzlab, mayda muzdan boʻshaydi. asosiy irmoqlari: oʻngda — Kochechum, Vivi, Tutonchana, Severnaya; chapda — Nepa, Katta Yeryoma, Ilimpeya, Tay-mura, Uchami. Suvi koʻpayganda Tura shaharchasidan quyilish joyigacha kema qatnaydi. Quyilish joyida Turuxansk pristani joylashgan. Quyi Tunguska havzasida Tunguska koʻmir havzasi bor.
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Gidrologiyaga oid ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |