Lena
Lena | |
---|---|
![]() | |
Tavsif | |
Uzunligi | 4 400 km |
Maydoni | 490 000 km² |
Suv sarfi | m³/s |
Joylashuvi | |
![]() | |
Davlat | Rossiya |
Vikiomborda "Lena" nomli sahifa mavjud |
Lena (saxa.: Улахан Өрүс) — Sharqiy Sibirdagi daryo. Uz. 4400 km, havzasining maydoni 490 ming km². Baykal tizmasining gʻarbiy yon bagʻridan boshlanib, Laptevlar dengiziga delta hosil qilib quyiladi. Yuqori oqimi va havzasining anchagina qismi Baykal boʻyi va Zabaykalyening togʻli r-nlari hamda Oʻrta Sibir yassitogʻlarida. Yuqori oqimida lena vodiysi tor (1 – 10 km), qirgʻoqlari baland, quyirokda vodiysi 30 km gacha kengayadi, qirgʻoqlari Yakutsk shahrigacha baland, qoyali, pasttekisliklardan iborat. Asosiy irmoqlari: chapda Nyuya, Vilyuy, oʻngda Kirenga, Vitim, Olyokma, Aldan. Oʻrtacha suv sarfi 17 ming m³/sek. Oktabrda muzlab iyun boshlarida muzdan boʻshaydi. UstKut shahridan quyilish joyigacha muntazam kema qatnaydi. Asosiy port va pristanlari: Osetrovo, Kirensk, Lensk, Olyokminsk, Pokrovsk, Yakutsk, Sangar. Baliq ovlanadi.[1]
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |