Yeluy Dashi
Yelu Dashi | |
---|---|
Gʻarbiy Liaoning 1-imperatori va Gurxon | |
Mansab davri 1124-yil – 1143-yil | |
Vorisi | o'g'li: Ilya |
Elyu Dashi (xit. an’anaviy 耶律達實, soddalashtrilgan 耶律大石, pinyin: Yēlǜ Dàshí ,pinyin , pinyin Yēlǜ Dàshí, Zhongdening otasining ismi[1] xitoycha xit. an’anaviy 重德, soddalashtrilgan 重德 – 1143) – Gʻarbiy Liao davlatining xitan qoʻmondoni, diplomat, imperator va gurxon hisoblanadi. 1087-yilda Diyela qabilasidan Yelu aristokratik oilasida tugʻilgan. U Liao davlati imperatori Yeliu Ambaganning sakkizinchi avlod avlodi va imperator Dao-tsungning nabirasi boʻlib, uning hukumdorlik yillarida davlat sanʼat va maʼdaniyat jihatdan ancha rivojlandi.
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yelu Dashi Xanlin akademiyasida Xan va Xitan filologiyasida klassik taʼlim olgan, koʻpchilik yevropa va sharq adabiyotiga oid yirik asarlarni yodlagan, ammo bu uning zoʻr chavandoz va mohir kamonchi boʻlishiga toʻsqinlik qilmadi.
1115-yilda Yelü Dashi jinsshi ilmiy darajasiga ega boʻlib, Dai va Syachjou viloyatlariga (zamonaviy Shansi provinsiyasi, Xitoy) hukmdor qilib tayinlandi. Qoʻzgʻolonchilar bilan Jurchens orasidagi urush ancha avj olgan edi, ammo front chizigʻi hali ham shimolda, Manchuriyaning chuqurligida edi. Yigirma sakkiz yoshli gubernator bu janglarda qatnashmadi. Faqat 1122-yilda u Liao sulolasining yangi imperatori Tianzuodi bilan uchrashishga muvaffaq boʻldi, u bosim ostida yurgan Jurchenlardan qochib, janubiy poytaxtiga keldi. Ammo bu yerda ham iperator qoʻnim topa olmay koʻp muammolar keltirib chiqarib soʻng, boshqa hududga qochib ketdi, bir muddat mamlakat chegaralarida kezib yurdi, 1125-yilda asirga olindi va surgunda vafot etdi.
Yelü Dashi yoshligida xalq orasida qoʻmondon sifatida shuhrat qozondi, u Janubiy Xitoy Song imperiyasi bilan urush paytida Lyao qoʻshinlarining qoʻmondoni boʻlib, u yerdan koʻplab gʻalabalarga erishdi, baʼzi qoʻshni hududlarni egallab oldi. Keyin Xitoy Song imperiyasi hukumati yana bir bor siyosiy miyopiyani koʻrsatib, xitanlarning ogʻir ahvolidan foydalanishga va ularning orqa qismiga pichoq urishga qaror qildi. Xitoy elchilari Jurchenlar bilan Liao imperiyasining janubiy hududlariga birgalikda hujum qilish toʻgʻrisida kelishib oldilar va uni 1122-yilga belgiladilar. Xitoy qoʻmondoni Tong Guan katta qoʻshinga qoʻmondonlik qildi, Yelü Dashi bor-yoʻgʻi 2 ming xitan va tatab otliqlariga qarshi tura oldi. Ammo dhuning oʻzi yetarli boʻldi – xitoyliklar butunlay magʻlub boʻlishdi. Gʻalabadan keyin Yelu Dashi qoʻshini oʻz mintaqasi aholisi hisobiga 30 ming otliqqacha koʻpaydi, ular yana Xitan jasoratiga ishondilar. Biroq, 1119-yilda, Jurchenlar nihoyat Liaoni egallab olishganda, Yelü Dashi qoʻlga olindi va u yerda bir muddat imtiyozli asir sifatida saqlandi.
Keyinchalik, Xitan qoldiqlariga qarshi Jurchen yurishi paytida, imperator Tianzuodi atrofida birlashdilar (kánzín, Tiānzuòdì yoki Yanxi – yēlǜ hukmronligi: 1100 – 1125 yillar Yelü[2][3]. Jurchen qoʻshini Xitan imperatorini qoʻlga olish vazifasini oldi, ammo qoʻshinlar botqoqli hududga tushib qolishdi va yurishni davom ettira olmay qolishdi. Keyin Jurchen shahzodasi Zongvang hukumdori bilan bogʻlangan Dashiga armiyani Liao imperatorining qarorgohiga olib chiqishni buyurdi. U uni tashqariga olib chiqdi va imperatorning oʻzi qochishga muvaffaq boʻlgan boʻlsa-da, uning harami, oʻgʻillari, qizlari, amakilari va ulugʻlari dushmanlar tomonidan asirga olinadi. Bu voqeadan keyin Dashi qayta asir olndi va saroyda bir muddat saqlandi.
Asirlikdan Elyu Dashi xitanlardan qochishga muvaffaq boʻldi. Tianzuo-di Dashining xiyonati tufayli barcha yaqinlarini yoʻqotganidan shikoyat qiladi deb oʻylashingiz mumkin, ammo u qochqin shahzodani mamnuniyat bilan qabul qildi, chunki aynan oʻsha paytda xitanlar Gʻarbiy va Jurchenlarni qaytarib olish uchun yangi yurishni rejalashtirgan edilar. Ayni vaqt esa shahzoda iperatorga kerak edi. Dushman lageridagi vaziyatni bilgan har bir kishi bu yerda aziz edi. Vaziyat haqida yaxshiroq tasavvurga ega boʻlgan Dashi, hukumat qabul qilingan rejani qattiq tanqid ostiga oldi. U mamlakatning sharqiy hududlari dushmanlar tomonidan bosib olingani, togʻ dovonlaridagi hududlar jangsiz topshirilganligi, qoʻshinga boshchilik qilgan imperator mudofaaga oʻz vaqtida tayyorgarlik koʻrmagani, shu sababdan koʻrsatib oʻtdi, tabiiyki, keyinchalik butun imperiya dushman qoʻliga oʻtdi. Bundan soʻng u oʻz rejasini imperatorga taklif qildi. U hozir askarlarni strategik tayyorlab kerakli vaqtni kutish kerakligini aytdi lekin, uning gapini hech kim eʼtiborga olmadi. Imperator qoʻshinlarni hujumga oʻtkazdi, ammo xitanlarni qoʻllab-quvvatlash uchun 50 ming tatar otliqlari chiqqaniga qaramay, bu butunlay muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Kasallik bahonasida qoʻshinda qatnashishdan bosh tortgan Dashi monarx bilan muzokara oʻtkazishga yana bir urinib koʻrdi, ammo baribir Imperatorga maqsadini tushuntira olmadi. Keyingi 1125-yilda Liao imperiyasi tugatilganiga qaraganda, Yelü Dashi vaziyatni toʻgʻri baholagan deb oʻylash kerak va bu uning keyingi harakatlarini ham tarixiy, ham axloqiy jihatdan oqlaydi.
Muqarrar falokatni kutmasdan, 1124-yil kuzida Yelü Dashi hali yosh va tajribasiz boʻlgan hukumdorlarni oʻldirib, oʻzini xon deb eʼlon qildi va u bilan qolgan 200 nafar sodiq jangchi boʻlgan tunda gʻarbga qochib ketdi. Uch kundan keyin u „Qora daryo“ dan oʻtib, tangutlar[4] orasiga joylashdi, ularning Chuangu-er ismli qoʻmondoni (Syanven)[5] unga 400 ot, 20 tuya va ming qoʻy berdi. Bu choʻlni kesib oʻtish uchun zarur boʻlgan eng kam miqdor edi. Har bir chavandoz oʻzining jangovar otiga qoʻshimcha ravishda bitta yuk ot va qoʻshimcha (yaʼni zaxira) otni oldi. Harbiy texnika va ichimliklarni tuyalarga ortish mumkin boʻlgan, dashtdagi qoʻylar esa koʻchma oziq-ovqat bilan taʼminlangan. Ongutlarning yordami bilan Yelu Dashi uch kun davom etgan yurishda Gobi choʻlini kesib oʻtdi va Xitan imperiyasining eng gʻarbiy nuqtasi boʻlgan Oʻrxondagi Xotun qal’asiga yetib keldi. Tarixchilarning takidlashiga koʻra, bu qal’ada 20 000 kishilik garnizon mavjud boʻlib, ular Yelu Dashiga soʻzsiz boʻysunardi. U yerda Shimoliy Lyaoning Gurxon, yaʼni " umumxalq xoni " unvonini oldi va koʻchmanchi qabilalarning Jurchen ekspansiyasiga qarshi kurashining asosiga aylandi. Liao hokimiyatini Jurchenga oʻzgartirishni istamagan xitan jangchilari va oʻsha qabilalar vakillari (manbalarda 18 qabila deb ataladi) Dashi hokimiyatiga qoʻshila boshladilar. Dashi bilan ixtiyoriy ravishda jang qilishga tayyor 10 mingdan ortiq jangchilar bor edi. Mansabdor shaxslar tayinlandi, taʼminot va qurol-yarogʻ omborlari yaratildi. Xitoy taqvimiga koʻra (Yevropa yili boʻyicha 1125 yil boʻlgan) Yangi yilda Dashi osmon, yer va ajdodlar ruhlariga oq ot va kulrang buqani qurbon qildi. Qoʻshin yigʻilib, yurishga tayyorlandi. Ammo Jurchenlar bilan urushda kuchlar teng emas edi. 1129-yilda Yelü Dashi gʻarbga yanada yaqinlashdi. Uygʻur Idykut Bileige[6] ga xabar yuborildi, unda Dashi Abaojjining uygʻurlarga boʻlgan rahm-shafqatini esladi, bu Xitanning gʻarbiy yurishidan soʻng, imperator uygʻurlarni Jungriyadagi eski mulklarini tiklashga yoki Gansuga joylashishga taklif qilganidan keyin asosiy davlatlar toʻqnashuvi boshlandi. Dashi uygʻurlardan „arablar“ mamlakatiga tinch yoʻl bilan oʻtish huquqini soʻradi. Bileyge Dashida uchrashdi va ular oʻzaro uch kun ziyofat qilishdi. Bileyge Dashiga 600 ot, 100 tuya, 3000 qoʻy berib, uygʻur yerlaridan bemalol oʻtish imkoniyatini berdi, oʻtish muddati davomida Dashi oʻgʻillari va nevaralarini garovga olgan. Keyin Dashi kelishuvga binoan ularni qoʻyib yubordi.
Oʻsha paytdan boshlab u bilan birga ketgan xitanlar Karakitay (qora-xitan – " qora xitan ") nomini oldilar. Jungriya janubida mustahkamlanib, yettita oʻtroq viloyat va oʻn sakkizta koʻchmanchi qabilalar ustidan hokimiyatni qoʻlga kiritadi. Bu davrda Oʻrta Osiyoda qoraxoniylar sulolasi hukmronlik qilgan, oila ichidagi nizolar tufayli musulmon Sharqining eng nufuzli hukmdori Saljuqiylar sultoni Sanjarga boʻysunishga majbur boʻlgan. Xitanlar oʻz dinlaridan chiqib islomni qabul qilishgan, keyinchalik maxsus jon soligʻidan ozod qilingan.
Dashi ikkinchi urinishda Qoraxoniylar poytaxti Balasagʻun shahrini egallashga muvaffaq boʻladi, shundan soʻng Movarounnahr va Xorazm ham unga boʻysunadi. Natijada, Yelü Dashi Kaspiy dengizidan Gobi choʻligacha choʻzilgan hududlardan iborat davlat yaratadi, bu Xitoy tarixshunosligida „Gʻarbiy Liao“ deb ataladi. Qoraqitoylarning bir qismi esa oʻz qabiladoshlaridan ajralib, dasht shimolida mustaqil Nayman xonligini tuzdilar. Ajralish diniy sabablarga koʻra ajralib qolgan barcha naymanlar nestorianlar edi.
Katvan vodiysidagi jang
[tahrir | manbasini tahrirlash]1137-yilda Xojent yaqinida Elyu Dashi Samarqand hukmdori Rukn ad-din Mahmudxon qoʻshinlarini butunlay magʻlub etdi. Sulton Sanjar buni islom olami uchun haqiqiy tahdid deb bilgan holda, butun musulmon Sharqidan kuchli qoʻshinlarini toʻplay boshladi. 1141-yilga kelib uning qoʻshini Xuroson, Segiston va Gʻur, Gʻazna va Mozandaronning togʻli rayonlaridan kelgan yordamchilar bilan mustahkamlangan. Asosiy kuchni qarshi davlatning jangchilariga qarshi tayyorgarlik koʻrishga qaratadi. Bu yerda yunonlar va salibchilar bilan janglarda tajribali musulmon dunyosining eng yaxshi qoʻshinlari oʻsha davrning eng yangi texnikasi bilan jihozlangan edi. Sanjar qoʻshini 100 ming otliqdan iborat edi. Bunday kuchlar salibchilar bilan urush uchun ham yigʻilmagan. Vaholanki, 60 minlik qoʻshin bilan salibchilarning asosiy qoʻshinini yengishga erishishgan.
Oʻlimdan keyin
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yelü Dashi 1143-yilda vafot etgan. Uning oʻgʻli Ilyos (yēlǜ Yíliè) voyaga yetmasdan taxtga oʻtirgan va hokimiyat Yeluning xotini Dashi qoʻliga oʻtdi, gurxon oʻlimidan oldin uni regent etib tayinladi. Ammo uning oʻlimidan keyin ham Moʻgʻuliston koʻchmanchilari, shuningdek, Uzoq Sharq imperiyalari: Jurchen – Jin va xitoylar – Song – oʻz vorislarini Dashi deb bilishgan va Qoraxitan hukmdorlarining xatti-harakatlarini unga bogʻlashgan. Asosiy boshqaruv onasining qoʻlida boʻlsa ham yordamchi otaliqlar yosh hukumdordan oʻz maqsadlari yoʻlida foydalanishga urinishgan.
Qoraxiton imperiyasi 1218-yilda Chingizxon boshchiligidagi Moʻgʻullar imperiyasi tomonidan bosib olinishi natijasida oʻz faoliyatini toʻxtatdi. Gʻarbiy Liaoni tashkil etgan hududlarni toʻliq boʻysundirish 1220-yilda yakunlandi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- История Железной империи, 2007.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Doslovno: Prevosxodno dobrodetelniy. V manchjurskom perevode Lyao Shi peredano kak „Sun-de“
- ↑ Е. Лун Ли.. История государства киданей (Цидань го чжи). Пер. с китайского, комментарий и приложения В. С. Таскина. М.: Наука, 1979.
- ↑ Анчунь Гурунь.. История дома Цзинь, правившего в северной части Китая с 1114 по 1233 годы. Пер. с маньч. студент Пекинской духовной миссии Григорий Розов, 1853 г. М.: РАН, Сибирское отделение, 1998.
- ↑ V Lyao Shu „白达达“ – „belie tatari“
- ↑ 床古兒
- ↑ 畢勒哥, uyg. „Bilge“