Xotun

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Xotun(fors. خاتون khātūn) , qatun — xoqon xotini va hukmdor ayolga nisbatan qoʻllanilgan turkiy unvon. Dastlab, hunlar davrida (mil. av. 3 — mil. 3-asrlar) qayd etilgan. Turk xoqonligi davrida (6—8-asrlar) xoqondan keyin 2darajada turuvchi unvon.

X.lar toʻra asosida xoqon bilan birgalikda hokimiyatni boshqarishgan. Tarixda turkiy hukmdorlarning bir necha xotini boʻlganligi, faqat ulardan biri — bosh X. boʻlganligi maʼlum. Xoqon vafot etganda oʻrnini egallaydigan oʻgʻli kichik yosh boʻlsa X. uning nomidan hokimiyatni boshqargan.

Harbiy safar chogʻida ham X.lar hukmdorlar yonidan joy olganlar, shuningdek, xukmdor saroyda boʻlmagan paytda saroyni boshqarib, elchilik hayʼatlarini qabul qilganlar.

Turk xoqonligi davrida unga boʻysunuvchi bir qator oʻlka, davlatlarda X. unvoni keng tarqalgan. Jumladan, Choch, Sugʻd, Buxoro, Toxariston, Zobuliston va Gandxarada ushbu unvon xukmdorlarning bosh xotiniga nisbatan qoʻllanilgan. Mas, xitoy va arab manbalarida qayd etilishicha, Choch vohasida 7—8-asrlarda Xotunkat ("Xotun shaxri") mavjud boʻlgan. Buxoroga 7-asrning 80-yillarida arablar bostirib kirgan paytda ularga Buxorxudot va Xotun qarshi chiqqan. Arablar tomonidan Bidun oʻldirilgach, uning oʻgʻli Tugʻshoda yosh boʻlganligi sababli taxtga xotini Xutak xotun oʻtiradi. Shuningdek, 726 yilda Shim. Hindistonda boʻlgan xitoy sayyohi Xoy Chao bu yerdagi Gandxara oʻlkasini turkiy sulola boshqarganligi va hukmdorning ayoli katun (xotun) budda monastiri qurdirganligini qayd etgan.

7—8-asrlarga taallukli sugʻdiy yozuvli qad. turkiy tangalar orasida qoʻshaloq tasvirli; oʻng tomonida hukmdor va malika tasvirlangan, orqa tomonida esa MR’Y (hukmdor) va a.’ttwnh (xatun) unvoni zarb qilingan tangalar uchraydi. Ushbu tangalar, asosan, mamlakatimiz hududidan topilgan boʻlib, Sugʻd yoki Buxoroda hukmronlik qilgan turkiy sulolaga mansub hisoblanadi.

Xuroson, Movarounnahr, Sharqiy Turkistonda musulmon dini tarqalgach, turkiy sulolalarda ham ayollarning mavqei saqlanib qolgan va ular X. unvoni bilan davlat ishlarida katta oʻrin tutganlar. Jumladan, Qoraxoniylar, Saljuqiylar, Xorazmshohlar, Temuriylar va bir qator boshqa turkiy davlatlarda X.larning mavqei baland boʻlgan. Mac, Xorazmshohlar davlatini boshqarishda Muhammad Xorazmshoh onasi Turkon xotunnnng izmidan chiqmagan.

Adabiyot[tahrir]

  • Gumilev L.N., Drevniye tyurki, M., 1967; Abdurahmonov F., Rustamov A., Qadimgi turkiy til, T., 1982.

Gʻaybulla Boboyorov.