Gʻazna

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
G‘azna qal‘asi va ikki minorasi (minoralar Bahramshox tomonidan qurilgan), James Atkinson chizgan rasm, c.1839* (BL)
G‘azna qal‘asi va ikki minorasi (minoralar Bahramshox tomonidan qurilgan), James Atkinson chizgan rasm, c.1839* (BL)

Gʻazna (Pushtucha/Forscha: غزنی - Ġaznī; tarixda غزنین / Ġaznīn hamda غزنه / Ġazna nomlar bilan tanilgan) — Afgʻonistonning janubiy-sharqiy qismidagi shahar. Gʻazni daryosi boʻyida bo‘lib, Qobul—Qandahor avtomobil yoʻlida joylashgan. Gʻazni viloyatining maʼmuriy markazi. Metallsozlikning qadimiy markazlaridan bo‘lgan. Hunarmandchilikda palos, poyabzal, ip gazlama matolari va boshqa tayyorlanadi. Jun, moʻyna bilan savdo qilinadi.

Tarixi[tahrir]

Shaharning barpo boʻlgan davri maʼlum emas. Gʻaznaga doir ilk maʼlumotlar 7-asrga oid manbalarda uchraydi. Oʻrta asrlarda Oʻrta Sharqning muhim madaniy, savdo va siyosiy markazlaridan biri boʻlgan. 10—11-asrlarda Gʻaznaviylar davlati poytaxti. 12-asr oʻrtalarida Gʻuriylar shaharni egallab, katta qismini vayron qilganlar. 1215—21 yillarda Gʻazna Xorazmshohtar qoʻl ostida boʻlgan. 1221 yilda shaharni moʻgʻullar bosib olgan. 13-asrning 2-yarmidan Gʻazni hukmdorlari Hirotdagi Kurtlar sulolasining vassali boʻlgan. 14-asr oxiri 15-asr boshlarida Temuriylar davlati, 16-asr boshlaridan Boburiylar saltanati tarkibida bo‘lgan. 1738 yilda shaharni Nodirshoh egallagan. Afgʻoniston davlati tuzilgach (1747), Gʻazni uning tarkibiga kirgan. Meʼmoriy yodgorliklardan 12-asrda barpo etilgan 2 ta minoraning qoldiqlari saqlangan.