Iyerogliflarni soddalashtirish

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
"Xitoy" so‘zi (xit. an’anaviy 中國, soddalashtrilgan 中国) anʼanaviy va soddalashtirilgan ko‘rinishlarda

Iyerogliflarni soddalashtirish (xit. soddalashtrilgan 简化字, pinyin: jiǎnhuà zì) — Xitoy Xalq Respublikasida, keyinroq boshqa davlatlarda ham yozuvning yangi normalarini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish jarayonidir. Islohotlar doirasida ancha murakkab ko‘rinishdagi 2235 ta iyeroglifning ko‘rinishi o‘zgartirilgan.[1].

Tarixi[tahrir]

Iyeroglifik yozuvni soddalashtirish XX asr boshlarida taklif qilingan[2], murakkab yozuv Xitoyning iqtisodiy qoloqligiga sabab qilib ko‘rsatilgan[3], aslida soddalashtirilgan iyerogliflardan avval ham, asosan tez yozishda foydalanilgan. Soddalashtirilgan belgilarni qonuniylashtirishga urinishlarning birinchi bosqichi — 1851-1864-yillar oralig‘ida Taypinlar qo‘zg‘oloni (1850-1865) davrida boshlangan. Shu davrda xalq orasida tarqalgan soddalashtirilgan iyerogliflardan muhr, hujjatlar va kitob chop etishda ham foydalanilgan. Bundan tashqari iyerogliflarni soddalashtirishning ko‘plab variantlari yaratilgan. Ularning barchasi ham iyerogliflarning „olti kategoriyasi“ga mos kelmagan. Bu soddalashtirilgan iyerogliflarning ko‘pi „Xitoy iyerogliflarini soddalashtirish dasturi“ga kirgan. 1930 — 1940-yillar yapon okkupatsiyasi davrida yapon iyerogliflarini soddalashtirsh bilan birga parallel ravishda iyerogliflarni soddalashtirish tizimli dasturi boshlangan. Soddalashtirilgan iyerogliflar Xitoyda xit. soddalashtrilgan 简体字, pinyin: jiăntĭzì, pall.: szyantitszi deyiladi.

XXRda iyerogliflarni soddalashtirish bo‘yicha rasmiy taklif (xit. soddalashtrilgan 汉字简化方案, pinyin: hànzì jiǎnhuà fāng'àn) 1956-yil eʼlon qilingan.[4] Bu ro‘yxatdagi soddalashtirilgan iyerogliflar qisman yapon sindzitayi bilan muvofiq edi, Xitoy hukumati uning o‘rniga ancha kengaytirilgan ro‘yxatni taqdim etdi. Soddalashtirilgan iyerogliflarning maqomi 1964-yil eʼlon qilingan „Soddalashtirilgan iyerogliflarning umumiy jadvali“ (xit. soddalashtrilgan 简化字总表, pinyin: jiǎnhuàzì zǒngbiǎo) orqali rasmiylashtirildi.[1], Unda 2238 ta iyeroglifning soddarog‘i bilan o‘zgartirilgan ro‘yxati bor edi.

1975-yil tahrirlashning ikkinchi bosqichi tayyorlandi (xit. 二简字), unga ko‘ra yana 248 ta iyeroglif soddalashtirilgan va yana 605 tasi bo‘yicha fikr-mulohazalar so‘ralgan.[5]. 1977-yildan „Jenmin jibao“ kabi nufuzli gazetalar ikkinchi bosqichda soddalashtirilgan iyerogliflardan foydalana boshlaganlar. Lekin yuzaga kelgan tushunmovchiliklar oqibatida hukumat avval maktablarni va nashriyotlarni yangi soddalashtirishdan foydalanmaslikka chaqirishga majbur qilgan. 1986-yil 24-iyundan ikkinchi bosqichdagi soddalashtirish butunlay bekor qilingan. Yana qayta 1964-yilgi standart qabul qilingan lekin ikkinchi bosqichda soddalashtirilgan uchta iyeroglif istisnoviy holda saqlab qolingan.[6], Shu alfozda 2235 ta soddalashtirish qolgan. O‘sha yilning 10-oktabrida bundan keyingi soddalashtirishlar juda ehtiyotkorlik bilan o‘tkazilishi eʼlon qilingan.[7].

1969-yilda Singapur xalq taʼlimi vazirligi 502 ta o‘rniga 498 ta soddalashtirilgan iyeroglifni qabul qildi (ayrim anʼanaviy iyerogliflar qo‘shib yuborilgandi). 1974-yilda 2287 ta iyeroglifni soddalashtirish bo‘yicha tahrirlashning yangi bosqichi boshlandi. 1976-yilda yana ayrim o‘zgarishlarga qo‘l urildi. 1993-yil esa 1986-yilgi Xitoy tahrirlari qabul qilindi.

Malayziya 1981-yildan Xitoy amalga oshirgan o‘zgarishlarni qabul qildi. Tayvan, Makao va Gonkong hozirda ham anʼanaviy iyerogliflardan foydalanadi. [8]. Xitoy (kandzi) iyerogliflaridan foydalanuvchi Yaponiya ham 1946-yilda ayrim iyerogliflarning yozilishini soddalashtirdi (soddalashtirish jarayoni 1930-yillardan boshlangan). Kandzidagi barcha tahrirlar ham Xitoy tahrirlari bilan mos kelavermaydi.

Koreya Respublikasida xancha nomi bilan yuritilgan Xitoy iyerogliflari xangil alifbosidan to‘liq chiqarib tashlangan. Shu sababli u yerda soddalashtirish amalga oshirilmadi. Koreya Xalq Demokratik Respublikasida esa rasman Xitoy iyerogliflaridan foydalanilmaydi.

Soddalashtirish tamoyillari[tahrir]

1952-yil Xitoy yozuvni tahrirlash tadqiqotlar qo‘mitasi iyerogliflarni soddalashtirishning asosiy tamoyili sifatida Lun Yuyning „rivojlantiramiz lekin o‘ylab topmaymiz“, gapini iqtibos qilib olganlar.(xit. 述而不作)[2]. Izlanishlar natijasida soddalashtirishning quyidagi tamoyillari ishlab chiqildi:

  • Udumlarga va oddiylikka amal qilish
  • Standartlashtirish
    • Iyerogliflarning turli yozilish variantlarini yo‘qotish
    • Fonetik jihatlarga eʼtibor qaratish
    • Imkon qadar ideogramm jihatlarni saqlab qolish
  • Barqarorlik
  • Amaliy jihatdan qulaylik
  • Imkon qadar badiiylik

Qoʻshimcha tarzda iyerogliflarning barqaror, xalqchil soddalashtirishlari va kamroq chiziqlarga ega bo‘lgan ko‘rinishlaridan foydalaniladi. Imkon qadar iyerogliflarning anʼanaviy ko‘rinishlarini (elementlarini) saqlab qolishga bo‘lgan urinishlarga qaramay, (asosan soddalashtirishning ikkinchi bosqichida) ko‘plab yangi formalar yaratildi.

Soddalashtirish usullari[tahrir]

Ko‘plab „soddalashtirilgan“ iyerogliflar (masalan: 猕, mi, 猕猴 mihou, „makaka“ so‘zida ishlatiladi) o‘tmishda standart iyeroglif varianti shaklida mavjud bo‘lgan (獼). (Morrison lug‘ati, ilk nashri tm. 1820-yillar)

Iyerogliflar bir nechta usullar bilan soddalashtirilgan:

  1. Ko‘p ishlatiladigan iyerogliflarning murakkab qismlarini oddiyroq shaklga almashtirish:
    • ; ; va hokazo.
  2. Fonetik tarkibiy qismlarini (komponentlarini) o‘zgartirish:
    • ; ; va hokazo.
  3. Tarkibiy qismlardan (komponentlardan) voz kechish:
    • 广; ; va hokazo.
  4. Qiya (kursiv) kalligrafik yozilish shakllaridan foydalanish (xit. an’anaviy 草書楷化, soddalashtrilgan 草书楷化, pinyin: cǎoshūkǎihuà):
    • ; ; va hokazo.
  5. Ancha sodda shaklga ega bo‘lgan qadimiy iyerogliflardan foydalanish:
    • ; ; va hokazo.
  6. Belgi-belgi yangi kombinatsiyalarini yaratish:
    • ; ; va hokazo.
  7. Belgi-fonetik qism yangi kombinatsiyalarini yaratish:
    • ; ; va hokazo.
  8. Iyeroglifni xuddi shu yoki o‘xshash tovushni ifodalaydigan boshqa iyeroglif bilan almashtirish:
    • ; ; va hokazo.
  9. Bir nechta iyerogliflarni qo‘shıb, oddiyroq yoziladigan shaklga keltirish:
    • va ; va va hokazo.
  10. Iyerogliflarda ko‘p uchraydigan tarkibiy qismni (komponentni) soddalashtirish:
    • ; ; va hokazo (bu qoidada ikkita istisno bor — asosiy belgisi „darvoza“ () bo‘lgan „ochish“: , va „yopish“ , iyerogliflari to‘lig‘icha bu komponentdan ozod qilinadi).

Bir nechta anʼanaviy iyerogliflar mavjud soddarog‘i bilan almashtirilganda, klassik matnlarni soddalashtirilgan iyerogliflar bilan yozish va o‘qishda chalkashliklar kelib chiqishi mumkin. Tizimli soddalashtirish sababli ayrim hollarda soddalashtirilgan iyeroglifning yozilishi anʼanaviy iyeroglifdan ko‘ra murakkabroq bo‘lishi mumkin. Masalan, avval qo‘llanilgan variant o‘rniga qabul qilingan. Iyeroglifning chap qismidagi uch chiziqdan iborat „qo‘l“ belgisi () to‘rt chiziqli „daraxt“ belgisi () bilan almashtirilgan. O‘zgarmay qolgan iyerogliflar — masalan, „工欲善其事,必先利其器“, merosiy (xit. soddalashtrilgan 传承字, pinyin: chuánchéngzì) deb ataladi. Bu iyerogliflarni anʼanaviy ham, soddalashtirilgan ham deb bo‘lmaydi. Soddalashtirilgan va merosiy iyerogliflardan tashkil topgan yozuv „Soddalashtirilgan Xitoy yozuvi“ nomini olgan (xit. soddalashtrilgan 简体中文, pinyin: jiǎntǐ zhōnɡwén).

Misollar[tahrir]

Anʼanaviy, xitoycha va yaponcha soddalashtirilgan iyerogliflarning ayrimlarini solishtirish
Anʼanaviy Xitoyda soddalashtirilgan Yaponiyada soddalashtirilgan Tarjima
Xitoyda soddalashtirilgan,
Yaponiyada soddalashtirilmagan
elektr toki
sotib olmoq
ochmoq
sharq
arava, avtomobil
qizil, ol (rang)
Mu (rad etmoq)
qush
issiq
vaqt
til, nutq
Yaponiyada soddalashtirilgan,
Xitoyda soddalashtirilmagan
Budda
xizmat
yaxshi fazilat
koutou, birovga sig‘inish
qora
muz
quyon
hasad
Xitoyda va Yaponiyada turlicha
ko‘rinishlarda soddalashtirilgan
eshitmoq
sertifikat, isbot
ajdar
sotmoq
toshbaqa
yosh, yil
sanʼat
urush, jang
yopmoq
temir, metall
xarita, rasm
guruh
burmoq
广
keng
yomon, yovuz
serob
miya
turli-tuman
bosim, siqmoq
tovuq
narx
shodlik, quvnoqlik
havo, ruh
zal, ofis
Xitoy va Yaponiyada bir xil
soddalashtirilgan
ovoz, tovush
o‘qitmoq, o‘rgatmoq
tana
nuqta
mushuk
hasharot
eski, qadimiy
kutib olmoq
10 000
o‘g‘ri
xazina
yurt
meditsina

Qarang[tahrir]

Izohlar[tahrir]

  1. 1,0 1,1 Чжоу Югуан Модернизация китайского языка и письменности // Новое в зарубежной лингвистике. — Москва, 1989. — B. 376-398.
  2. 2,0 2,1
    '
    Surat tavsifi
    Muallif 胡怀琛
    Andoza parametrlarida xatolik {{dead link}}.  (ochilmaydigan havola)(xit.)
  3. 中共中央关于讨论汉字简化方案的指示. Asl nusxadan arxivlandi (2012-03-04). 2008-09-13.
  4. 国务院关于公布汉字简化方案的决议. Asl nusxadan arxivlandi (2012-03-04). 2008-09-13.
  5. Second Stage Simplifications 第二次汉字简化方案(草案)(ingl.)
  6. 国务院批转国家语言文字工作委员会《关于废止〈第二次汉字简化方案(草案)〉和纠正社会用字混乱现象的请示》的通知. Asl nusxadan arxivlandi (2012-03-04). 2008-09-13.
  7. s:zh:简化字总表(xit.)
  8. Ольга Завьялова Лабиринты иероглифа // НГ-Наука. — 2001. — № 06 (42).

Andoza:Dunyo yozuvlari

Manbalar[tahrir]