Afrosiyob koʻchasi (Toshkent)
![]() Ko'chaning yuqoridan olingan surati | |
Umumiy maʻlumotlar | |
---|---|
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Shahar | Toshkent |
Tuman |
Yakkasaroy, Chilonzor, Mirobod |
Uzunligi | 2,3 km |
Yaqin metro bekatlari |
Oʻzbekiston, Kosmonavtlar, Oybek |
Kim sharafiga nomlangan | Turon shohi Afrosiyob |
Koʻchada joylashgan binolar |
Humo Arena Interpol Kosmonavt Jonibekov haykali Turkmaniston elchixonasi |
![]() | |
Afrosiyob koʻchasi — shaharning markaziy qismida, Toshkent shahrining Yakkasaroy, Chilonzor va Mirobod tumanlari hududida joylashgan. Koʻchaning umumiy uzunligi qariyb 2,3 km ni tashkil qiladi. Koʻcha nomi afsonaviy Turon shohi Afrasiyob sharafiga nomlangan[1].
Kesishgan koʻchalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
Koʻcha Islom Karimov va Olmazor ko‘chalari chorrahasidan boshlanib, so‘ng chapga burilib, Shahrisabz ko‘chasi bilan kesishgan joyda tugaydi. Shuningdek, Oybek, Buyuk Turon, Sharof Rashidov, Mirobod, Yunus Rajabiy va Beshyog‘och ko‘chalari bilan kesishadi. U Koʻhinur va Vosit Vohidov koʻchalariga parallel oʻtadi. Bu ikki tomonlama harakat va ikkita qatnov qismiga ega boʻlgan asfaltlangan sakkiz qatorli yoʻldir[1].
Binolar[tahrir | manbasini tahrirlash]
Uylarning toq tomonida raqamlash 1-uydan 41-uygacha, juft tomondan 2-uydan 16-uygacha boʻladi. Jamoat ahamiyatiga ega boʻlgan binolarga Janubiy Koreya va Turkmaniston elchixonalari, Sharof Rashidov nomidagi mahalla qoʻmitasi kiradi. Shuningdek, ko‘chada Respublika qo‘g‘irchoq teatri, Islom Karimov nomidagi ilmiy-maʼrifiy majmua, „Humo Arena“ ko‘p funksiyali muz majmuasi va „Moviy gumbazlar“ bulvari joylashgan. Koʻcha Burijar va Anhor kanallari ustidan oʻtadi[1].
Transport[tahrir | manbasini tahrirlash]
Koʻcha boʻylab jamoat transporti va Oʻzbekiston, Kosmonavtlar, Oybek metro bekatlari, avtobus yoʻnalishlari joylashgan. Aeroport koʻchadan taxminan 6 km masofada joylashgan[1].
Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ 1,0 1,1 1,2 1,3 [https://geodzen.com/uz/tashkent/afrosiyob „улица Афросиаб Ташкент“] (ru). geodzen.com. Qaraldi: 23 may.