Sirojiddin Rahmatullayev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Sirojiddin Rixsitillayevich Rahmatullayev (1953.1.2, Toshkent viloyati hozirgi Zangiota tumani) — yogʻoch oʻymakori, Oʻzbekiston xalq ustasi (2003). Benkov nomidagi respublika rassomlik bilim yurtini tugatgan (1978). 1978-yildan "Us to" birlashmasida usta; ish faoliyatini Ortiq Fayzullayev ijodiy guruhida boshlagan. Rahmatullayev xalq amaliy sanʼati anʼanalarida lagan, lavh, kuticha va boshqa badiiy buyumlar yaratdi, respublika va xorijdagi koʻplab maʼmuriy, madaniy binolar interyerlarini bezadi. Temuriylar tarixi davlat muzeyi, Turkiston saroyi, Oʻzbek milliy akademik drama teatri va boshqa binolar uchun mahorat bilan tayyorlagan eshiklari va naqshlari diqqatga sazovor. Rahmatullayev asarlari respublika va xorijiy koʻrgazmalarda yuksak baholangan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil