Oromiy yozuvi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Oromiy yozuvi — gʻarbiy som yozuvlaridan biri; oromiylar miloddan avvalgi 1-ming yillikning boshlarida finikiy yozuvi asosida shakllantirgan kansonant yozuv. Oromiylar finikiy yozuvining alifbo tarkibini oʻzgartirmagan holda (oromiy alifbosi ham faqat undoshlarni ifodalovchi 22 harfdan iborat boʻlgan), unga ayrim uzgarishlar kiritganlar: harflarni tashkil etuvchi unsurlar sonini kamaytirish yoki un-surlar shaklini oʻzgartirish orqali juda koʻp harflarning shakllarini soddalashtirganlar va yozuvni tez yozishga moslashtirganlar. Oromiy yozuvida suzlar asosan ajratib yozilgan: dastlabki soʻzlarni ajratuvchi belgilar — bir vertikal chiziq yoki nuqta qoʻllangan, key-inchalik esa suzlar oʻrtasida boʻsh joy qoldirish bilan soʻzlar oʻzaro ajratilgan. Oromiy yozuvi da harflar alohida-alohida, ligaturasiz (2 harfni bir harf shakliga keltirmasdan) yozilgan; oʻziga xos xususiyatlaridan biri d va g harflariningfarqlanmasligidir. Oromiy yozuvi va oromiy tili miloddan avvalgi 6—4-asrlarda yangi os-sur va qad. fors davrlarida butun Gʻarbiy Osiyoda, hatto Misr, Kichik Osiyo va Hindistonda devonxonalarning ras-miy yozuvi va tiliga — xalqaro aloqa vositasiga aylangan. Oromiy yozuvi nafaqat mo-numental toshbitiklarda, balki sopol buyumlarda (sopol parchalarida) va pa-piruslarda saqlanib qolgan. Bu yozuv gʻarbiy som yozuvlarining miloddan avvalgi 3—2asrlardagi koʻplab oromiy variantlarining , suryoniy, kvadrat shaklli yahudiy, arab, pahlaviy, sugʻd, uygʻur, moʻgʻul yozuvlarining kelib chiqishiga asos boʻlgan. Oromiy yozuvidagi eng qad. yozma yod-gorliklar miloddan avvalgi 9—8-asrlarga mansub.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil