Alifbo

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Alifbo (arab A.sining boshlang‘ich ikki harfi – alif va bo nomidan olingan) – biror tilning yozuviga qabul qilingan va maʼlum anʼanaviy tartib berilgan yozuv belgilari (mas, arab A.si, lotin A.si) yoki bo‘g‘in belgilar (mas, hind A.si – devanagari) majmui. A. mil. av. 2000-y. oxirlarida qad. Uga-rit va finikiy yozuvi tovush tizimidan kelib chiqqan. Undan ilgari Misr iyerogliflari sanoq tizimi mavjud bo‘lgan, deb taxmin qilinadi. Turkiy xalqlarning run va turkiy (uyg‘ur) yozuvlari bo‘lgan. Ammo, bu o‘ziga xos turkiy yozuvlar Axi haqida maʼlumot uchramaydi. Ularga oid harflar jadvali tovush belgilari haqidagi boshqa manbalardagi maʼlumotlar hamda shu yozuv yodgorliklari asosida tuzilgan. Hozirgi harfiy va baʼzan bo‘g‘in A.lari finikiy A. sidan, oromiy (arab, yahudiy), yunon (lotin va hokazo) va boshqa Alardan kelib chiqqan. Arab A.siga – barcha arab mamlakatlari, shuning-dek Eron, Afg‘oniston, Pokiston, Sharqiy Turkiston – Shinjon, shuningdek 13–20-asr boshlarida turkiy xalqlar yozuv tizimida; lotin A.siga Amerika, Avstraliya qitʼasidagi barcha xalqlar, Yevropaning ko‘pchilik xalqlari, Osiyo va Afrikadagi baʼzi xalqlar (In-doneziya, Turkiya va boshqalar) yozuv tizimida; Kirill A.siga – Yevropa, Osiyodagi baʼ-zi xalqlar yozuv tizimida; hind bo‘g‘in A.siga – Hindistondagi ko‘pgina elatlar yozuv tizimida amal qilingan. Yana q. Arab yozuvi, Arman yozuvi, Gruzin yozu-vi, Koreys yozuvi, Turkiy(uyg‘ur) yozuvi, O‘rxun-yenisey yozuvi, Yunon yozuvi, Hind yozuvi, Lotin alifbosi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil