Kontent qismiga oʻtish

Üzeyir Hacıbəyov

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Uzeyir Hajibeyovdan yoʻnaltirildi)
Üzeyir Hacıbəyov
Tavalludi Uzeyirbey Abdulhasan oʻgʻli Hajibeyov
18-sentyabr 1885-yil
Aqchabadi, Shusha tumani, Elisavetpol viloyati, Rossiya imperiyasi
Vafoti 23-noyabr 1948-yil(1948-11-23)
(63 yoshda)
I Faxriy xiyobon
Janrlar Klassik musiqa
Mugʻom
Faoliyat yillari 19041948
Fuqaroligi Rossiya imperiyasi
ODR
SSRI
Millati ozarbayjon
Yoʻnalish Bastakor
Dirijyor
Musiqashunos
Pedagog
Dramaturg
Mukofotlari SSSR xalq artisti Ozarbayjon SSR xalq artisti Stalin mukofoti 1941 Stalin mukofoti 1946
Lenin ordeni Mehnat Qizil Bayrog'i ordeni (SSSR)
Veb-sayt www.uzeyir.musigi-dunya.az

Üzeyir Hacıbəyov yoki Uzeyir Hajibeyli (toʻliq ismi: Uzeyirbey Abdulhasan oʻgʻli Hajibeyov; 18-sentabr 1885, Aqchabadi — 23-noyabr 1948, Boku, Ozarbayjon SSR, SSSR) — ozarbayjon bastakor, dirijyor, musiqashunosolim, publitsist, dramaturg, pedagog va ijtimoiy xodim, zamonaviy Ozarbayjon professional musiqa san’ati va milliy operasi asoschisi[1][2]. Üzeyir Hacıbəyov asarlari dunyo musiqa durdonalaridan hisoblanadi[3].

Ozarbayjon Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019–yil 7-may 211-son Qaroriga binoan Üzeyir Hacıbəyov Ozarbayjon Respublikasida asarlari davlat mulki deb e’lon qilingan mualliflar roʻyxatiga kirgan[4].

Ozarbayjonda xizmat koʻrsatgan san’at xodimi (1935), SSSR xalq artisti (1938), Stalin mukofoti laureati (1941), „Lenin ordeni“ (1938)[5] va „Qizil mehnat bayrogʻi“ ordeni laureati, Ozarbayjon Fanlar Akademiyasi akademiki (1945), professor (1940), Ozarbayjon Bastakorlar Ittifoqi raisi (1938-1948), Ozarbayjon Davlat Konservatoriyasi rektori (1928-1929, 1939-1948), Ozarbayjon FA San’at instituti direktori (1945-1948)[6]. Ozarbayjon SSR va Ozarbayjon Respublikasi madhiyalarining bastakori[7], musulmon sharqida ilk opera muallifi[8][9].

Üzeyir Hacıbəyov otasi bilan, Shusha, 1890-yil

Üzeyir Hacıbəyov 1885-yil 18-sentabrda Abdulhusaynbey va Shirinbeyim xonim Hajibeyovlar oilasida tugʻilgan[10]. Uzeyirning otasi Abdulhusayn Mulla Muhammad oʻgʻli Hajibeyov oʻz davrining savodli, ziyoli shaxslaridan biri edi. U XIX asrning taniqli davlat arbobi va shoiri, Qorabogʻ xonlarining vorisi Xurshidboni Notavonning mirzasi boʻlgan va uning Aqchabadidagi xoʻjaligini boshqargan. Uzeyirning onasi Shirinbeyim xonim Qorabogʻda mashhur Aliberdiyevlar naslidan edi. Üzeyir Hacıbəyovning oilasida uch aka-uka, ikki opa-singil boʻlgan. Oʻgʻil bolalar Zulfiqor, Uzeyir va Jayhunning kelajakda adabiy va musiqiy iste’dodining shakllanishida oilaning katta roli boʻlgan. Uning hayotida Abbasovlar oilasi katta oʻrin egallardi.

Uzeyirdan boshqa oilaning barcha farzandlari Shushada tugʻilishgan. Uyning toʻrtinchi farzandi boʻlgan Uzeyir Shushada emas, Aqchabadida tugʻilishining ham oʻz tarixi bor. Uzeyirning otasi Abdulhusayn Xushidbonu Notavonning mirzasi boʻlish bilan birga xon qizining Aqchabadidagi xoʻjaligiga rahbarlik qilardi. Shu sababli ham yilning koʻp qismini oʻsha yerda oʻtkazardi. Shirin xonim esa Uzeyirga homilador boʻlganda, Aqchabadiga borib turmush oʻrtogʻidan xabar olishga, soʻng yana Shushaga qaytishga qaror qiladi. Opalaridan xabar olish uchun avval Ogʻdomga boradi. Faqat opalari uni tez qoʻyib yuborgilari kelmaydi. Shirin xonimni 8 opa-singilning har biri oʻz uyida mehmon qiladi. Aqchabadiga borganda ortiq juda kech edi. Shushaga qayta olmaydi. Shu sababli ham kelajakning dohiysi boʻladigan oʻgʻlini Aqchabadida dunyoga keltiradi. 1 oydan soʻng esa tuya ustiga taxtiravon yasab, Shirin xonimni Uzeyir bilan Ozarbayjon madaniyati beshigi boʻlgan Shushaga olib kelishadi[11].

Ota–onasi Aqchabadidan Shushaga koʻchgach, Uzeyir ilk tahsilini bu yerdagi ikki sinfli rus-turk maktabida oldi. Shushaning boy musiqa-ijrochilik an’analari Hajibeyovning musiqiy tarbiyasiga alohida ta’sir koʻrsatdi. Uning ilk ustozi Ozarbayjon musiqasining taniqli olimi, togʻasi Ogʻalarbey Aliberdibeyov boʻlgan. Uzeyirbeyning togʻasi Ogʻalarbey Aliberdibeyov Shavkat Alakbarovaning ham ilk musiqa muallimi boʻlgan.

Goriy seminariyasida tahsili

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Üzeyir Hacıbəyov Goriy seminariyasi talabalari orasida (birinchi qatorda, chapda), 1904, orqada Muslim Magomayev oʻtiribdi

Üzeyir Hacıbəyov 1899-1904-yillarda Goriy oʻqituvchilar seminariyasida tehsil olgan[10]. Uning dunyoqarashi shakllanishida seminariya katta rol oʻynagan. Üzeyir Hacıbəyov seminariya yillarida ilgʻor dunyo madaniyati bilan yaqindan tanish boʻlgan. U bu yerda Yevropa musiqa klassiklarining asarlarini oʻrgangan, skripka va baritonda chalishni oʻrgangan, xalq qoʻshiq namunalarini nota koʻchirgan. Goriy seminariyasida Üzeyir Hacıbəyov kelajakda Ozarbayjon opera musiqasida oʻz soʻzini ayta oladigan Muslim Magomayev bilan tanishdi. Seminariya yillaridan boshlangan doʻstlik keyinchalik qarindoshlikka aylandi. Üzeyir Hacıbəyov Maleyka xonim bilan, Muslim Magomayev esa Bodiguljamol xonim Teregulova bilan turmush qurdi[12].

Seminariyani tamomlagach Üzeyir Hacıbəyov 1904-yilda Jabroil uyezdining Hadrut qishlogʻiga oʻqituvchi etib tayinlandi. Hadrut qishloq maktabida rus tili, hisob, tarix va musiqadan dars bergan.

Üzeyir Hacıbəyovning Bokuga kelishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Üzeyir Hacıbəyov Rossiyada 1905-1907-yillar inqilobi arafasida Bokuga kelib, Bibihaybatda, keyinchalik esa “Saodat” maktabida dars oʻtgan. Üzeyir Hacıbəyov Bokuda adabiy-publitsistik faoliyatga boshlab, „Hayot“ gazetasida tarjimon boʻlib ishladi. Oʻsha kundan nashr etila boshlangan „Irshod“ gazetasida ishladi. 1907-yilda Bokuda ozarbayjon turkchasida „Hisob masalalari“ va “Matbuotda foydalaniladigan siyosiy, huquqiy, iqtisodiy va harbiy soʻzlarning turk-rus va rus-turk lugʻati”ni nashr ettiradi[13]. Rus yozuvchisi Nikolay Gogolning „Shinel“ povestini ozarbayjon tiliga tarjima qiladi.

1911-yilda Üzeyir Hacıbəyov musiqiy tehsil olish uchun Moskvada borib, Moskva filarmonik jamiyati qoshidagi Ilyinskiyning maxsus kursida tehsil oldi. Moskvadan joʻnatgan satirik hikoya va felyetonlar „Iqbol“ gazetasida chop etildi. Moddiy qiyinchilik tufayli Üzeyir Hacıbəyov Moskvada musiqiy tahsilini chala qoldirib, Bokuga qaytishga majbur boʻldi. Bastakor Bokuga qaytib, bu yerda ijodiy faoliyatini davom ettirib, yozgan operalarni sahnaga qoʻyish bilan shugʻullanadi[14].

Üzeyir Hacıbəyov bilan Maleyka xonim Hajibeyova 1910-yilda turmush qurishadi. Ixtisosi rus tili oʻqituvchisi boʻlgan Maleyka xonim turmush oʻrtogʻining san’atiga yaqin boʻlish uchun konservatoriyaning musiqiy nazariyasi shoʻbasiga kiradi. Asosan kechalari ishlaydigan Uzeyirbeyni Maleyka xonim hech qachon yolgʻiz qoldirmagan. Bu insonlar 38 yil umr koʻrishdi.

Oʻlimga bir qadam

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1918-yilda armanlarning Ozarbayjonda sodir etgan mart qirgʻini payti arman doshnoqlari Uzeyirbeyning uyini oʻqqa tutishadi. Sharqning ilk operasini yozgan bastakorga hasad bilan qarovchi doshnoqlar uyning devorlarini, tomini oʻq yomgʻiriga tutdilar. Bu oʻqlar 1975-yilda bastakorning uy mezeyi ochilishi arafasida tozalangan.

Sovet hokimiyatining ilk yillarida Üzeyir Hacıbəyovning nomi tez-tez xalq dushmanlari qatorida tilga olina boshlandi. 1920-yilda bastakorni otib tashlamoqchi boʻlishadi. Bu xavf tasodifan bartaraf etiladi. Üzeyir Hacıbəyovning qayni Hanafiy Terequlov aqidaparast kommunist edi. U xavfsizlik idorasi shoʻba mudirlarining birining stoli ustida tasodifan oʻlim hukmi chiqarilgan 59 nafarning roʻyxati orasida Üzeyir Hacıbəyovning ham ismini koʻradi. Asabiy holatda Narimon Narimonov yoniga borib, ahvolni aytib beradi. Narimon Narimonov muvofiq organlardan ushbu roʻyxatni talab qiladi. Ularni shoshma-shosharlik bilan qaror chiqarishda ayblagan Narimonov bu roʻyxatni yirtib tashlaydi. Narimon Narimonov bastakorga bir muddat Bokudan uzoqlashishni maslahat beradi.

1939-yilda Üzeyir Hacıbəyov qand kasalligiga duchor boʻldi. Uzoq yillar Üzeyir Hacıbəyovning shaxsiy kotibi boʻlib ishlaydigan yaqin qarindoshi Ramazon Xalilovning soʻzlariga koʻra, bastakor bu bemorlikni badnom qoʻshnilari tufayli orttirdi. 1939-yilda Moskvada ittifoq miqyosida milliy musiqa asboblari ijrochilarining musobaqasi oʻtkaziladi. Stalinning koʻrsatmasi bilan hay’atiga Üzeyir Hacıbəyov rahbarlik qilardi. Musobaqa vaqti bastakor qattiq asabiylashadi, tabiatan bosiq inson boʻlgan Uzeyirbey uzoq vaqt oʻziga kelolmaydi: Ozarbayjondan vakillik qilgan ijrochilar orasida armanlar boʻlishiga qaramay, Boku armanlari Uzeyirbey millatchilik qilib, boshqa millatlarni musobaqada ishtirok etishiga qoʻymagani haqida shikoyat qilib Moskvaga maktub yozishadi. 30-yillar uchun bu ayblov juda ogʻir edi. Molotov unga yozilgan arizaga beparvolik bilan qarab, bastakorga joʻnatadi: „Oʻzingiz hal qiling“. Boshdan-oxirigacha boʻhton hisoblangan bu ariza bastakorning asablariga jiddiy ta’sir koʻrsatadi va u qand kasalligiga duchor boʻladi[15].

Üzeyir Hacıbəyov 1948-yil 22-noyabrda vafot etdi.

Publitsistika

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Üzeyir Hacıbəyov badiiy ijodga publitsistika bilan boshlagan. U „Kaspiy“, „Hayot“, „Irshod“, „Taraqqiy“, „Haqiqat“, „Iqbol“, „Yangi iqbol“ gazetalarida va „Mulla Nasriddin“ jurnalida „Uyoq-buyoqdan“, „Uyon-buyon“ va b. sarlavhalar ostida „U.“, „Falonchi“, „Bahmonkas“ va b. yashirin imzolar bilan davrning muhim ijtimoiy-siyosiy, ma’rifatchilik masalalariga tegishli koʻplab maqola, felyeton va satirik miniaturalar chop ettirgan[16]. „Mulla Nasriddin“ jurnalida Üzeyir Hacıbəyov kulgili imzolardan ham foydalangan: „Ismi bey, oʻzi falonchi“, „Anash qurbaqa“, „Toshbaqa“, „Qotilov“, „Bahmonkas“, „Jin“, „Xoʻja Lala“, „Bizbizak“, „Choʻpon“, „Aqrab“ (ehtimoliy), „Qof“, „Besh“, „Idoradan“, „Soqov bola“, „Bola oʻgʻlon“, „Ortdan boqqan“, „Ortdan quloq solgan“, „Yolgʻonchi“ va b. Kulgi, yumor uning ham inson sifatida tabiatining, ham adabiy ijodining, shu jumladan, publitsistikasining asosiy sifatlaridan biri edi. XX asr boshlarida Ozarbayjon matbuotining yetakchi janrlaridan boʻlgan felyeton Üzeyir Hacıbəyovning ham publitsistik faoliyatida ahamiyatli oʻrin tutardi. Badiiy va publitsist muvozanatni saqlash e’tibori bilan Üzeyir Hacıbəyovning felyetonlari, ocherk va parodiyalari buyuk qimmati boʻlgan asl san’at asarlaridir[17][18].

Üzeyir Hacıbəyovning boy yumoristik soʻz ustaligi oʻsha vaqtlarda davriy matbuot sahifalarida „Uyoq-buyoqdan“ umumiy sarlavha bilan chop etgan maqolalari alohida oʻrin olgan. Üzeyir Hacıbəyovning „Bozor suhbati“, „Mazhaka“, „Tahsil“ kabi asarlari oshkor tanlangan komponentlari bilan satiric hikoya; „Rafiqimdan maktub“, „Uchinchi dallak“, „Majlisimiz tuzi“, „U, hech!“, „Taraqqiyot va qoloqlik“, „Oʻylayman-u, tushunmayman!“ kabi maqolalari oʻz publitsistik alomatlari, ijtimoiy-siyosiy mazmuni va baddiy qimmati bilan felyetondir. Muallif asarlarida asosan Boku shahar Dumasining noʻnoq deputatlarini sharmanda qiladi, siyosiy darajalariga loyiq emasliklarini namoyishkorona, ochiq tarzda ularning yuziga solidi, faoliyatsiz „glasniylarni“ yaproqsiz daraxtlarga oʻxshatadi. Üzeyir Hacıbəyovning latifali va satiric miniaturalarini (masalan, „Davlat Dumasi“. „Ota va oʻgʻil“, „Moiza“ va b.) buyuk komediografning keyingi sahna asarlariga samarali muqaddima deb hisoblash mumkin[19].

Umri davomida Üzeyir Hacıbəyov Ozarbayjon madaniyati, musiqasiga xizmat qilgan shaxs sifatida 300 dan ortiq xalq qoʻshigʻini notaga slogan, marsh, kontata, fantaziya, qoʻshiq va romanslar, kamera va xor asarlarini yozgan. Üzeyir Hacıbəyov ham Ozarbayjon SSR, Ozarbayjon Xalq Jumhuriyati madhiyalarining bastakori boʻlgan.

Üzeyir Hacıbəyov, 1913-yil

Üzeyir Hacıbəyov xalqda musiqiy sahna asarlariga qiziqish uygʻotish uchun ozarbayjon tilida milliy opera yaratishga qaror qiladi. Bu ishda akasi Zulfiqor Hajibeyov va ukase Jayhun Hajibeyli, seminariya doʻstlari, davrning ma’rifiy ziyolilari, ozarbayjon artistlar Husayn Arablinskiy, Husaynquli Sarobskiy, Abdurahimbey Haqberdiyev, Hanafiy Terequlov va boshqalar unga yaqindan yordam berishadi.

Layli va Majnun

[tahrir | manbasini tahrirlash]
„Layli va Majnun“ operasi afishasi, 1908-yil

Üzeyir Hacıbəyovning 1908-yil 12-yanvarda (yangi taqvim bilan 25 da) Bokuda Hoji Zayalobiddin Tagiyev teatrida qoʻyilgan „Layli va Majnun“ operasi bilan faqat Ozarbayjonda emas, barcha musulmon Sharqida opera san’atining asosi qoʻyilgan. Hajibeyov operaning librettosini Fuzuliyning ushbu nomdagi poemasi asosida yozgan. Ilk tomoshaga iste’dodli aktyor va rejissyor Husayn Arablinskiy sahna qurgan. Dirijyor esa yozuvchi-dramaturg Abdurahimbek Haqberdiyev edi. Majnun rolida Husaynquli Sarabskiy, Layli rolida esa oshpaz shogirdi Abdurahim Farajov boʻlgan. Keyingi tomoshalarda esa Hajibeyov oʻzi va uning yaqin doʻsti, hamkasbi bastakor Muslim Magomayev dirijyorlik qilgan.

Bastakorning fikriga koʻra, Fuzuliy poemasining ruhi, lirikasi, „Layli va Majnun“ poemasining romantizmi aynan mugʻom kabi muhtasham musiqa bilan tajassum etilishi mumkin. Opera musiqasi asosan mugʻom va tasniflar ustida tuzilgan. „Layli va Majnun“ bilan musiqa tarixida operaning yangi turi – mugʻom operasi yuzaga keldi. Üzeyir Hacıbəyovning Fuzuliy yaratgan „Layli va Majnun“ poemasiga murojaatining sababi shuki, bu asar ozarbayjon tilida yozilib, Sharq adabiyotining rivojiga katta ta’sir koʻrsatgan. Bu asardan parchalar professional xonandalar tomonidan mugʻomlarda koʻp bor ijro etilib, xalq orasida keng yoyilgan. Ozarbayjonda ilk opera hisoblangan „Layli va Majnun“ xalq tomonidan juda sevildi va bugungacha ham Ozarbayjon opera va balet teatrining sahnasida qoʻyiladi[20]. Ozarbayjon operasining aynan Fuzuliyning „Layli va Majnun“ poemasi asosida yozilishi tasodif emas. Uzeyir ijodida Fuzuliy poeziyasiga juda chuqur muhabbat hukm surardi. Samad Vurgun bekorga Uzayirga „Ey, Fuzuliy she’rining bastakor jigari!“ – deb murojaat qilmagan[21].

Majnun rolining ilk ijrochisi Husaynquli Sarobskiy boʻlgan. Keyinchalik Sidqi Ruhulla, Xonlar Haqberdiyev, Aliovsat Sodiqov, Sherzod Husaynov, Gulogʻa Mammadov, Mais Salmonov, Quli Askarov, Bakir Hoshimov, Ali Mehdiyev, Orif Boboyev, Bobo Mirzayev, Jonali Akbarov, Safo Qahramonov, Olim Qosimov va Mansum Ibrohimov bu rolni ijro etishgan.

Yaralgan kundan sevilib, musiqasi va soʻzlari tillarda yod boʻlgan „Layli va Majnun“ operasi milliy madaniyatimizning shonli solnomasiga aylandi. Operaning sahnalashtirilishida asosiy muammo Layli rolining ijrochisini tanlash edi. XX asr boshlarida Ozarbayjonda ayol aktyorlari sahnada muammo boʻlgani sababli bu rolning ilk ijrochisi choychi Abdurahmon Farajov boʻlgan. Bir marta Üzeyir Hacıbəyov choyxonada boʻlganida, choychi boʻlib ishlovchi bir odamning yoqimli ovozini eshitadi va uni operaga olib kelib, Layli rolini taklif qiladi. Ikkinchi tomoshada Farajov Layli rolini oʻynashdan bosh tortadi. Yana bir tasodif natijasida Miri ismli shaxsga Laylini oʻynash topshiriladi.

Keyinchalik Ahmad Ogʻdomskiy, Husaynogʻa Hojibobobeyov va nihoyat ayol ijrochilardan sahnaga Sona Hojiyeva, Mahbuba Poshoyeva, Yaver Kalantarli, Gulxar Hasanova, Jahon Talishinskaya, Siymo xonim, Simuzar Hotamova, Ruboba Murodova, Sara Qadimova, Zaynab Xonlarova, Rasmiya Sodiqova, Flora Karimova, Nazokat Mammadova, Sakina Ismoilova, Qandab Quliyeva, Yoqut Abdullayeva, Gulyoz Mammadova, Nazokat Temurova, Guliston Aliyeva va Oygun Bayramova chiqishgan[22].

Üzeyir Hacıbəyov 1909-1915-yillarda bir-birining ortidan „Shayx Sanon“ (1909), „Rustam va Suhrob“ (1910), „Shoh Abbos va Xurshidbonu“ (1912), „Asli va Karam“ (1912), „Harun va Laylo“ (1915) mugʻom operalarining librettosini xalq dostonlari va rivoyatlar, Firdavsiyning „Shohnoma“ asarining motivlari asosida yozdi. U „Layli va Majnun“dagi uslub xususiyatlarini va estetik san’at prinsiplarini keyingi operalarda ham davom ettirdi[23].

Xalq dostoni asosida bastalagan „Asli va Karam“ operasida Üzeyir Hacıbəyov mugʻom bilan birga oshiq musiqasidan ham foydalangan.

„Layli va Majnun“ opera (1908).

1937-yil 30-aprelda Ozarbayjon Opera va balet teatrida „Koʻroʻgʻli“ operasi ilk bora tomoshaga qoʻyildi. Xalq qahramonlik dostonining motivlariga asoslangan “Koʻroʻgʻli” operasi Ozarbayjonda ilk klassik opera hisoblanadi. Bu asar Üzeyir Hacıbəyov ijodining choʻqqisi hisoblanadi[24]. Ana shu yili Üzeyir Hacıbəyov „Ozarbayjon SSR xalq artisti“ faxriy nomiga loyiq koʻrildi.

Goʻroʻgʻli operasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Asosiy maqola: Koʻroʻgʻli operasi

1937-yil 30-aprelda Ozarbayjon davlat akademik opera va balet teatrida ilk bor tomoshaga qoʻyilgan Koʻroʻgʻli operasi (librettosi H. Ismoilov va Mammad Said Ordubodiyningdir) Üzeyir Hacıbəyov ijodining choʻqqisini tashkil etadi. Ozarbayjon opera san’atining durdonalaridan hisoblangan bu operada Uzeyirbey ilk bor klassik opera formasiga rioya qilgan holda sokin ariyalar, ommaviy xor sahnalari, turli ansambllar, balet nomerlari, rechitativlar yaratgan.[25]

U „Koʻroʻgʻli“ operasida simfonik orkestr tarkibiga Ozarbayjon xalq musiqa asboblarini kiritib, orkestrning rangbarang jaranglashiga erishgan. Üzeyir Hacıbəyov Ozarbayjon musiqasida burilish yaratgan dohiy bastakordir. U XIX asr boshlarigacha ogʻzaki xalq musiqa san’ati shaklida mavjud boʻlgan Ozarbayjon milliy musiqasini Gʻarbiy Yevropa bastakorlik maktablarining muvaffaqiyatlari, shakl va janrlari bilan boyitgan, Ozarbayjon va umuman, Sharq musiqasining kelajak rivoj perspektivlarini, estetik prinsiplarini muayyanlashtirgan.

1938-yilda Moskvada oʻtkazilgan Ozarbayjon san’at dekadasida „Arshin molchi“, „Koʻroʻgʻli“ operalari katta qiziqish bilan kutib olinadi. Har ikki operani tomosha qilgan Stalin bastakorning ijodiga yuksak baho beradi. „Koʻroʻgʻli“ni vaqtida yaratilgan opera deb hisoblagan Stalin Üzeyir Hacıbəyovga „Bir emas, ikki shunday opera yaratish lozim“ deb maslahat beradi.

Stalinning koʻrsatmasi bilan Ozarbayjondan kelgan namoyanda hay’atining sharafiga ziyofat tashkil etiladi. Aytishlaricha, bu majlisda Üzeyir Hacıbəyovga yuqoridan, Stalin bilan Mirja’far Bagʻirovning yonidan joy koʻrsatishdi. Stalin Uzeyir bilan ancha suhbatlashadi va suhbat asnosida “Arshin molchi” operasini hali Gruziyada boʻlgan paytlarda tomosha qilganini bildiradi, „Arshin molchi“dan parchalar oʻqiydi.

Üzeyir Hacıbəyov hayotining soʻnggi yillarida “Feruza” operasi ustida ishladi. Bu bitmagan operadan faqatgina Feruza ariyasi qolgan.[26]

Musiqali komediyalar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Üzeyir Hacıbəyov Ozarbayjon musiqasida keskin burilish yaratgan dohiy bastakordir. U XIX asr boshlarigacha ogʻzaki xalq musiqa san’ati shaklida mavjud boʻlgan Ozarbayjon milliy musiqasini Gʻarbiy Yevropa bastakorlik maktablarining muvaffaqiyatlari, shakl va janrlari bilan boyitgan, Ozarbayjon va umuman, Sharq musiqasining kelajak rivoj perspektivlarini, estetik prinsiplarini muayyanlashtirgan. Hajibeyov, shuningdek, buyuk musiqashunos olim edi. U zamonaviy Ozarbayjon ilmiy musiqashunosligining asosini qoʻygan, musiqaga doir koʻplab maqolalar yozgan, tadqiqotlar olib borgan.

Asosiy maqola: Er va ayol

Musulmon sharqida ilk operetta ham Üzeyir Hacıbəyovning nomi bilan bogʻliq. Bastakorning ilk musiqali komediyasi uch pardadan iborat „Er va ayol“dir. Bu asar Ozarbayjonda musiqali komediyaning ilk namunasidir. Asarning ilk tomoshasi 1910-yilda boʻlgan. Rollarda H. Sarobskiy (Marjonbey), E. Ogʻdomskiy (Minnat xonim) va boshqalari oʻynagan. Komediya matnini esa Üzeyir Hacıbəyovning oʻzi yozgan.

U boʻlmasin, bu boʻlsin

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Asosiy maqola: U boʻlmasin, bu boʻlsin

U boʻlmasin, bu boʻlsin.jpg

1910-yilda Üzeyir Hacıbəyov „Er va ayol“dan soʻng ikkinchi operettasini yozadi. Ilk tomosha 1911-yil 25-aprelda (8-mayda) Bokuda, Mayilov aka-ukalar teatrida boʻldi. Asarning musiqiy partiyasi an’anaviy xalq ashula-raqs havolariga asoslangan original parodiya ustida qurilgan. „Uzundara“ lirik xalq raqsining biroz oʻzgartirilgan melodiyasidan foydalangan va Mashadi Ibdoning dastlabki xarakteristikasini beruvchi “Men qanchalar, qanchalar keksa boʻlsam ham” qoʻshigʻi bu besoʻnaqay, xunuk tujjorning ijrosida juda mubolagʻali eshitiladi. Asarning oxirgi pardasida takrorlanuvchi bu qoʻshiq Mashadi Ibodning ma’naviy magʻlubiyatini koʻrsatadi.

Keyinchalik „U boʻlmasin, bu boʻlsin“ musiqali komediya turli tillarga tarjima qilinib, Kavkaz oʻlkalarida, shuningdek, Turkiyada, Bolgariyada, Yamanda va boshqa mamlakatlarda tomoshaga qoʻyildi.

Arshin malalan

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Asosiy maqola: Arshin molchi

Arshin molchi (1917)

Üzeyir Hacıbəyovning uchinchi va oxirgi musiqali komediyasi „Arshin malalan“dir. „Arshin malalan“ musiqali komediyasida inqilobdan avvalgi Ozarbayjon maishati, xalq odat va an’analari oʻz aksini topgan. Hajibeyov 1911-yilda musiqiy tahsilini orttirish uchun Moskvaga borib, shu yili u yerda filarmonik jamiyatning musiqiy kurslarida, 1913-yilda esa Peterburg konservatoriyasida oʻqigan. Peterburg davri Hajibeyovning ijodida muhim rol oʻynagan, u „Arshin molchi“ musiqali komediyasini ana shu yerda yozgan. Üzeyir Hacıbəyov yozgan bu operetta 70 ga yaqin chet tillariga tarjima qilinib, 100 dan ortiq teatr sahnasida qoʻyildi. „Arshin molchi“ besh marta ekranlashtirilgan, necha marta grammafon valina yozilgan.

  • „Arshin molchi“ musiqali komediya asosida ilk badiiy film 1916-yilda olingan. Bu ovozsiz film edi.
  • Ikkinchi marta 1917-yilda Sankt-Peterburgdan kelgan G.Bayyotov „Arshin molchi“ni qayta ekranlashtirdi. Lekin u bu ishni koʻrayotganda na muallifdan ruxsat olgan, na u bilan maslahatlashgan. Shu sababli ham jami ikki kun namoyish ettirilgan film ekranlarga qoʻyilmadi.
  • Uchinchi marta esa 1937-yilda AQShda yashovchi R.Mamulyan ismli arman rejissyor „Arshin molchi“ni Üzeyir Hacıbəyovdan ruxsat olmay, ekranlashtiradi. Filmda Ozarbayjon bastakorining nomi koʻrsatmagan.
  • Toʻrtinchi marta „Arshin molchi“ 1945-yilda Boku kinostudiyasida ekranlashtirilgan va bu musiqali film ham dunyoda keng shuhrat qozongan. Bosh rolda Rashid Beybutov oʻynagan. Lekin asarlariga boshqalar oʻzgartirish kiritishlarini yoqtirmagan Uzeyirbey „Arshin molchi“ badiiy filmidan norozi boʻldi. Film yakunlangach, Uzeyrbey soʻzga chiqib shunday degandi: „Mening farzandim yoʻq. asarlarim mening farzandlarimdir. Hech kimning ularga tegishga haqqi yoʻq“.[15]
  • 1965-yilda esa „Arshin molchi“ musiqali komediyasi Bokuda qayta ekranlashtirildi. Bu rangli, musiqali film rejissyori Tofiq Tagizoda, musiqa redaktori Fikrat Amirov edi. Bu film muvaffaqiyatli chiqdi. Bosh rol ijrochilari Hasan Mammadov, Murod Yagizarov, Nasiba Malikova, Laylo Shixlinskya tomoshabinlarni maftun etishdi. Üzeyir Hacıbəyovning „Arshin molchi“ musiqali komediyasi ingliz, nemis, xitoy, arab, fors, polyak, ukrain, belorus, gruzin va boshqa tillarga tarjima qilingan.[27].

Musiqali komediyalar roʻyxati:

  • 1909 – „Er va ayol“. 3 pardada. Librettosi Üzeyir Hacıbəyovga tegishli. Ilk tomosha 1910-yil 24-mayda (6-iyunda) Bokuda, Nikitin aka-ukalari teatrida boʻldi.
  • 1910 – „U boʻlmasin, bu boʻlsin“. 4 pardalik, avval 3 parda edi (hammom sahnasi 1915-yilda yozilganr). Librettosi Üzeyir Hacıbəyovga tegishli. Ilk tomosha 1911-yil 25-aprelda (8-mayda) Bokuda, Mayilov aka-ukalar teatrida boʻldi.
  • 1913 – „Arshin molchi“. 4 pardalik. Librettosi Üzeyir Hacıbəyovga tegishli. Ilk tomosha 1913-yil 25-oktabrda (7-noyabrda) Bokuda, Hoji Zayalobiddin Tagiyev teatrida qoʻyilgan.

Instrumental joʻrligidagi xor asarlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • 1919 – – „Ozarbayjon“. Xor va orkestr uchun. Soʻzi Ahmad Javod tegishli. „Milliy marsh“. Xor va orkestr uchun. Soʻzi Üzeyir Hacıbəyovga tegishli.
  • 1930 – „Madhiya“. Xor va simfonik orkestr uchun. Soʻzi Üzeyir Hacıbəyovga tegishli.
  • 1934 – „Kantata“. M. Firdavsiyning 1000-yilligiga bagʻishlangan. Xor va simfonik orkestr uchun. „Qizil askar marshi“. : Solist, xor va fortepiano uchun. Soʻzi Mammad Said Ordubodiyga tegishli.
  • 1936 – „Ozarbayjon xalq qoʻshiqlarining xor uchun ishlovlari“. Xalq cholgʻu asboblari ansambli yoki fortepiano joʻrligida xor uchun („Hoy, qiyo boq“, „Yur, kezaylik bogʻchada“, „Omon, buvi“, „Na goʻzaldir“, „Lolo“, „Sen goʻzal“, „Lalli“).
„Suvoriy marshi“. Xor va fortepiano uchun.
„Piyodalar marshi“. Xor va fortepiano uchun.
  • 1938 – „Kantata“. Solist, xor, simfonik orkestr va raqs guruhi uchun. Soʻzi Sulaymon Rustamiyga tegishli.
„Oʻlmas san’atkor Mirza Fatali Oxundov tavalludining 125 yilligiga bagʻishlab“. Xor va fortepiano uchun. Soʻzi H. Notiqqa tegishli.
  • 1939 – „Kantata“. Solist, xor, simfonik orkestr va raqs guruhi uchun.
  • 1942 – „Vatan va jabha“ kantatasi. Solist, xor, simfonik orkestr va raqs guruhi uchun. Soʻzi Üzeyir Hacıbəyovga tegishli.
"Ey Vatan". Xor va fortepiano uchun. Soʻzi Samad Vurgunga tegishli.
  • 1945 – „Ozarbayjon SSR davlat madhiyasi“. Xor va simfonik orkestr uchun. Soʻzi Samad Vurgun va Sulaymon Rustamga tegishli.
„Gʻalaba gimni“ („Zafar gimni“). Xor va simfonik orkestr uchun. Soʻzi Samad Vurgunga tegishli.
„Stalinga salom“. Xor va simfonik orkestr uchun. Soʻzi Sulaymon Rustamga tegishli.
  • 1947 – „Kantata“. Nizomiy Ganjaviyning 800 yilligiga bagʻishlangan. Xor va simfonik orkestr uchun. Soʻzi Sulaymon Rustamga tegishli.

Orkestr asarlari 19281933

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • „Kolxoz choʻllarida“. Xalq cholgʻu asboblari orkestri uchun.
  • „Tantanali marsh“. Ozarbayjon Turk teatrining 10 yilligiga bagʻishlangan. Simfonik orkestr uchun.
  • „Fantaziya №1“. Xalq cholgʻu asboblari orkestri uchun.
  • „Fantaziya №2“. Xalq cholgʻu asboblari orkestri uchun.
  • „Jangi“. Xalq cholgʻu asboblari orkestri uchun (1941).

Kamera–instrumental asarlari 19251945

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • „Oshiqsayogʻi“. Skripka, violonchel va fortepiano uchun.
  • „Bolalar albomi“. Fortepiano uchun.
  • „Sonatina“. Fortepiano uchun.
  • „Bolalar pyesalari“. Fortepiano uchun.

Xoreografik miniaturalar (1919)

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • :Ozarbayjon. „Qaytagʻi“ (Dogʻiston).

Romans-gʻazallar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Nizomiyning gʻazallari Üzeyir Hacıbəyov uchun yangi ilhom manbai boʻlgan. Nizomiy gʻazallarining chuqur ma’nosi bu gʻazallarga loyiq musiqa asarlari yaratishni talab qilardi. „Sensiz“, „Sevgili jonon“ kabi gʻazal durdonalariga loyiq musiqiy asarlar yaratgan buyuk san’atkorimiz Üzeyir Hacıbəyov boʻlgan. Nizomiydek dahoga Üzeyir Hacıbəyov musiqasining qoʻshilishi betakror romanslarning yaratilishiga sabab boʻldi.[28]

  • „Sensiz“. Ovoz va fortepiano uchun. Soʻz: Nizomiy Ganjaviy (Ozarbayjon tiliga tarjimasi Jafar Xandonniki) (1941). Shikastayi fors boʻyicha yozilgan. „Sensiz“ gʻazali tanholikning, sensizlikning yurak urishidir.[29]
  • „Sevgili jonon“. Ovoz va fortepiano uchun. Soʻz: Nizomiy Ganjaviy (Ozarbayjon tiliga tarjimasi Mirvarid Dilboziyniki) (1943). „Bayoti Sheroz“ mugʻomi uslubida yozilgan. „Sevgili jonon“ gʻazali bir goʻzal ta’rifi beradi.[30]
  • „Chirpinardi Qora dengiz“. Ovoz va fortepiano uchun. Soʻz: Ahmad Javod (1918).
  • „Yetim qoʻzi“. Ovoz va fortepiano uchun. Soʻz muallifi noma’lum (1927).
  • „Bir qush tushdi osmondan“. Ovoz va fortepiano uchun. Soʻz muallifi noma’lum (1927).
  • „Qorakoʻz“. Ovoz va xalq cholgʻu asboblari orkestri uchun. Soʻz: H. Notiq (1930).
  • „Komsomolchi qiz“. Ovoz va fortepiano uchun. Soʻz: Mammadhusayn Tahmasb (1932).

19331934

  • „Suvoriy qoʻshigʻi“. Ovoz va fortepiano uchun. Soʻz: H. Notiq.
  • „Uchuvchilar“. Ovoz va fortepiano uchun. Soʻz: M. Saidzoda.
  • „Bayram kuni“. Ovoz va fortepiano uchun. Soʻz: M. Saidzoda.
  • „Chaqiruv“. Ovoz va fortepiano uchun. Soʻz: S. Aliyeva (Ilk varianti „Mazut“ nomi bilan 30-yillarda yozilgan) (1941).
  • „Shafqat singlisi“. Ovoz va fortepiano uchun. Soʻz: Samad Vurgun. Ijrochi: Shavkat Alakbarova (1941)

1942

  • „Vatan qoʻshini“. Ovoz va fortepiano uchun. Soʻz: Samad Vurgun.
  • „Oq yoʻl“. Ovoz va fortepiano uchun. Soʻz: Sulaymon Rustam. Ijrochi: Shavkat Alakbarova
  • „Onaning oʻgʻilga nasihati“. Ovoz va fortepiano uchun. Soʻz: oshiq M. Bayramov.
  • „Jangchilar marshi“. Ovoz va fortepiano uchun. Soʻz: Samad Vurgun.
  1. Arshin molchi (film, 1917)
  2. Arshin molchi (film, 1945)
  3. U boʻlmasin, bu boʻlsin (film, 1956)
  4. Arshin molchi (film, 1965)

U haqida suratga olingan filmlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  1. Üzeyir Hacıbəyov (film, 1965)
  2. Üzeyir Hacıbəyov (film, 1976)
  3. Uzeyir umri (film, 1981)
  4. Üzeyir Hacıbəyov (film, 1986)

Fanlar Akademiyasidagi faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

SSSR Xalq Komissarlari Sovetining 1945-yil 23-yanvardagi qarori bilan SSSR FA Ozarbayjon filiali Ozarbayjon SSR FA ga aylandi. Oʻsha yili Ozarbayjon SSR FA ga 15 haqiqiy a’zolar saylandi. Uning ilk hay’atida U. Hajibeyov, S. Vurgun, M. Ibrohimov, Y.Mammadaliyev, M.Qoshgʻay, A.A.Grossheym, S.Dadashov, I.G.Yesman, M.Mirqosimov, Sh.Azizbeyov, A.Alizoda, M.Toʻpchiboshov, M.Husaynov, H.Husaynov va I.I.Shirokogorov biritildi. Ozarbayjon FA San’at instituti 1945-yilda buyuk Ozarbayjon bastakori, akademik Üzeyir Hacıbəyov tomonidan tashkil etildi va ilk davrlar Ozarbayjon San’at tarixi instituti deb nomlanardi. 1945-1948-yillarda bu instituti direktori Uzeyirbey boʻlgan.

Üzeyir Hacıbəyov xotirasiga bagʻishlangan oltin tanga. Portret atrofida xotira tangasi chiqarilgan yil “2008-yil” va “Ozarbayjon Respublikasi” soʻzlari, bastakor nomi va xotira tangasining nominali koʻrsatilgan. Xotira tangasi Ozarbayjon Respublikasi hududida nominal bahosi boʻyicha qonuniy toʻlov vositasidir.

Bashariyat tarixida shunday shaxslar borki, ular oʻzlari uchun tugʻilishmagan, balki butun xalqqa va hatto umuminsoniyatga foyda keltirish va taraqqiysiga sabab boʻlish uchun yaratilishgan. Bu kabi insonlar nafaqat tirikligida, balki oʻlgandan soʻng ham jamiyatga foyda keltirishadi. — Üzeyir Hacıbəyov

Üzeyir Hacıbəyov yashagan uy

Üzeyir Hacıbəyov Ozarbayjon musiqa madaniyati tarixida yangi yoʻnalish va milliy bastakorlik maktabining tamalini qoʻydi. Ozarbayjon musiqasi tarixida ilk opera, ilk musiqali komediya va bir qator boshqa janrlarda, ilk namunalarning asoschisi sifatida tanilgan dohiy bastakor, ilk ozarbayjon folklorchi-bastakor va Ozarbayjon musiqasining chuqurliklarini va yoʻnalishlarini izlab, yuzaga chiqargan asoslagan ilk ozarbayjon musiqashunos-olimdir. Üzeyir Hacıbəyov, shuningdek, adabiy-badiiy qadrini yoʻqotmagan maqolalari bilan tanilgan publitsist, felyetonchi va librettochi-dramaturgdir. Üzeyir Hacıbəyov taniqli muallim – ustoz va Ozarbayjonda buyuk musiqachi – jamiyatchi sifatida, Sharqda ilk musiqali teatr va ilk Konservatoriyaning yaratuvchisi siffatida Ozarbayjon xalqi tarixida va madaniyatida chuqur iz qoldirgan.[31]

Ozarbayjon pochta markasi (2014)

Üzeyir Hacıbəyov Ozarbayjon musiqasini chuqur tadqiq qilib, uning boy va koʻp qirrali ekanligini ilmiy maqolalarida koʻrsatgan. Boshqa tomondan Ozarbayjon musiqasiga manfiy ta’sir etishi mumkin boʻlgan yoʻnalishlardan va muvafaqqiyatsiz garmonizatsiya usullaridan foydalanmaslikni maslahat berardi.[32].

Üzeyir Hacıbəyovning 110 uillik yubileyiga bagʻishlangan marka

Üzeyir Hacıbəyov 1921-yilda Bokuda ozarbayjon talabalar uchun ilk musiqa maktabini — Ozarbayjon davlat turk musiqa maktabini (keyinchalik texnikum) tashkil etdi. 1926-yilda Ozarbayjon davlat konservatoriyasida faoliyat koʻrsatgan Hajibeyov bu yerda nazariya, garmoniya, Ozarbayjon musiqasi asoslari fanlaridan dars bergan, konservatoriya qoshida ilk koʻp ovozli Ozarbayjon xor kollektivi yaratdi.

U 1927-yilda Muslim Magomayev bilan birga ilk „Ozarbayjon turk el nagʻmalari“ majmuasini nashr ettirdi. Üzeyir Hacıbəyov 1931-yilda Ozarbayjon radio qoʻmitasi qoshidagi ilk notali xalq cholgʻu asboblari orkestrini tashkil etdi.

Üzeyir Hacıbəyov tavalludining 100 yillik yubileyi katta tantana bilan oʻtkazildi. UNESCO ning taniqli shaxslar yubileylari va 1985-yilning muhim hodisalari taqvimiga asosan Üzeyir Hacıbəyov yubileyi xalqaro miqyosda nishonlandi.

1995-yil 1-sentabrda Üzeyir Hacıbəyov tavalludining 110 yilligiga bagʻishlab qaror qabul qilindi.[33]

2010-yilda Ozarbayjonda va dunyoda Üzeyir Hacıbəyov tavalludining 125 yillik yubileyi tantanali ravishda nishonlandi. Bokuda 18-28-sentabr arafasida “Üzeyir Hacıbəyov-125” Xalqaro musiqa festivali oʻtkazildi.[34]

Dohiy Ozarbayjon bastakori, professional musiqa asoschisi Üzeyir Hacıbəyov nomi qoʻyilgan yuk kemasi 1977-yilda Rossiyaning Ribinsk shahridagi Volodarskiy nomidagi kema ishlab chiqarish zavodida insho etildi.[35]

Uzeyir musiqa kuni

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Umummilliy lider Haydar Aliyev buyrugʻi bilan har yil 18-sentabr Uzeyir musiqa kuni sifatida nishonlana boshlandi. Ba’zi hollarda matbuot sahifalarida, ekran va efirda bu tarixiy „Milliy musiqa kuni“ sifatida nishonlashadi. Lekin buyruqqa asosan asl nomi shunday: „Uzeyir musiqa kuni“.[36]

Üzeyir Hacıbəyov oʻzgacha qobiliyati, misli koʻrilmagan fidokorligi, ajoyib tahsili, eruditsiyasi, vatanparvarligi, faol ijtimoiy-siyosiy faoliati tufayli xalqimizning ehtiromiga sazovor eng taniqli ijodkor siymolardan biriga aylangan. U dunyo korifeylatining old qatorida Ozarbayjonni layoqat bilan tanitmoqda. — Haydar Aliyev

Uzeyir Hajibeyli - Ozarbayjon mumtoz musiqasining asoschisi. Shu bilan birga, Uzeyir Hajibeyli Ozarbayjon konservatoriyasining asoschisi hisoblanadi. Uning o'lmas asarlari bugungi kunda yashamoqda. Uzeyir Hajibeyli, shuningdek, Ozarbayjonda juda kuchli klassik musiqa maktabini yaratdi. Shu bilan birga, bizning daho bastakorimiz Ozarbayjon davlat madhiyasining muallifidir. — Ilhom Aliyev, Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti

Üzeyir Hacıbəylı faxriy medali

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2019 yil 18-yanvar kuni Ozarbayjon Respublikasi Birinchi vitse-prezidenti, Haydar Aliyev Aliyev fondining prezidenti Mehribon Aliyeva Ozarbayjon Bastakorlar ittifoqi tomonidan ta'sis etilgan „Uzeyir Hajibeyli“ faxriy medali bilan taqdirlandi.

Ozarbayjon Bastakorlar ittifoqi daho bastakori, zamonaviy ozarbayjon musiqasining asoschisi, taniqli musiqashunos, olim, publitsist, dramaturg, pedagog va jamoat arbobi Uzeyir Hojibeylining boy merosini saqlash va uzatishdagi bebaho hissasi uchun Mehribon Aliyevani birinchi faxriy medal bilan taqdirladi. nusxasini topshirishga qaror qildi.

Ta'kidlash joizki, birinchi mugam tanlovi 2005 yilda Ozarbayjon Respublikasi Birinchi vitse-prezidenti, Haydar Aliyev Fondining prezidenti Mehribon Aliyeva tashabbusi va rahnamoligida Uzeyir Hojibeyovning 120 yilligi munosabati bilan o'tkazilgan. 2008 yilda buyuk bastakorning hayoti va ijodiga bag'ishlangan „Uzeyir olami“ loyihasi nashr etildi. Kitobda „Hayot yilnomasi“, "Uzeyir Hojibeyov entsiklopediyasi", „Badiiy va jurnalistik asarlar“ kitoblari, „Leyli va Majnun“, „Koroğlu“ operalari va fortepiano, „O bo'lmasa, bu bo'lsin“, „Arshin mal alan“ musiqiy komediyalarining librettosi. va kompakt-disklar. Bundan tashqari, „2009“ yildan beri Uzeyir Hajibayli xalqaro musiqa festivali tashkil etilib, an'anaviy tarzda dunyoning ko'plab mamlakatlaridan taniqli musiqachilarni birlashtiradi.

2013 yilda Haydar Aliev fondining tashabbusi va ko'magi bilan 1945 yilda buyuk bastakor Üzeyir Hacıbəyov nomidagi operetta asosida „Oq va qora rangda“ deb nomlangan Ozarbayjon kinosining afsonasi bo'lgan „Arshin mal ala“n filmi qayta tiklandi.[37]

Üzeyir Hacıbəyovung Shushadan olib kelingan bustu

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Üzeyir Hacıbəyov, Xurshudbanu Natavan va Bulbulning büstlari qadimiy Ozarbayjonning Shushada o'rnatilib, Shushani bezatdilar. Ushbu büstlarning mualliflari Ozarbayjon xalq artisti Xanlar Ahmadov, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist Namiq Dadashov va xizmat ko'rsatgan san'at xodimi Hayot Abdullayeva. Armaniston armiyasi Shushani bosib olganidan keyin o'lja sifatida Armaniston poytaxti Yerevanga olib ketildi. Keyin uni Gruziyaga metall sifatida sotdilar.Rasmga tushirilgan haykallar Ozarbayjonning sobiq Prezidenti, milliy lider Haydar Aliyevning aralashuvidan so'ng olingan va poytaxt Bokuga olib kelingan. Hozirgi vaqtda ular otilgan va shahid qilingan haykallar deb nomlanadi.[38][39]

Shajara daraxti

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Bastakor, Ozarbayjonda xizmat koʻrsatgan san’at xodimi Zulfiqor Hajibeylining ukasi.
  • Yozuvchi, solnomachi, jurnalist Jayhun Hajibeylining akasi.
  • Muslim Magomayevning bojasi.
  • Niyoziyning amakisi.
  • Nozim Aliberdibeyovning, skripkachi Rasim Aliberdibeyovning , dirijyor Kozim Aliberdibeyovning, pianinochi Nushoba Aliberdibeyovaning xolavachchasi.
  • Afrosiyob Badalbeylining otasining xolavachchasi.[40]
  • Kozimzoda Oydin. Üzeyir Hacıbəyov va kino. B.: „Mutarjim“, 2009. 112 b.
  • Üzeyir Hacıbəyov entsiklopediyasi, Boku, Sharq-G'arb nashriyoti, 2008-yil, 240 bet.
  • Samedov Agarahim. 100 buyuk ozarbayjonlar, Boku, Tarjimon nashriyoti, 2010-yil, 248 bet.
  • Guluzade Tutuxanim. Üzeyir Hacıbəyov va Gara Garaev asarlarida ashug musiqasining o'ziga xos xususiyatlari, Boku, 2012-yil, Mutarcim nashriyoti, 144 bet.
  • Xuseynov Yunis Rza o'g'li. Shusha xronikasi. Boku, Shusha nashriyoti, 2015. 152 bet.
  • Guliev viloyati. Tarixda iz qoldirgan shaxslar, Boku, Ozan nashriyoti, 2000. 584 bet.
  • Agayarova, Afag Elchinning qizi. Üzeyir Hacıbəyovning mustaqil „Haqiqat“ gazetasi: 1909-1910: darslik / A. E. Agayarova; muqaddima A. Azimova; ilmiy tahrir Sh. A. Huseynov; Boku davlat universiteti. - Boku: Fan va ta'lim, 2016. 148 b.
  • Ismayilov Mammedzaleh. Ozarbayjon musiqasining moment va mugam nazariyasi: „Ozarbayjon xalq musiqasining asoslari“ darsligi / M. C. Ismayilov; loyihaning ruhi. F. S. Badalbeyli; mas'ul ed. T. A. Mammadov; ilmiy tahrir C. I. Hasanova;
  • Üzeyir Hacıbəyov nomidagi Boku musiqa akademiyasi. Boku: MTM-Innovatsiya, 2016. 224 b.
  • Ozarbayjon bastakorlari: Entsiklopedik lug'at: o'rta maktablarga yordam / Ozarbayjon Respublikasi Ta'lim vazirligi, Estetik tarbiyaning Respublika o'quv-uslubiy markazi; tahrirlangan B. Mammadova; bosh muharrir. Y. Sh. Karimov. Boku: n.-yil, 2003. 28 b.
  • Xojiev Tofiq. Üzeyir Hacıbəyov adabiy tili / T. Hojiev; tahrirlangan C. M. Mammadov; Haydar Aliyev fondi, Ozarbayjon madaniyat jamg'armasi. - Boku: Sharq-G'arbiy, 2014. - 280 b.
  • 11. Üzeyir Hacıbəyov: maqolalar, esselar, esse, arxiv materiallari / Haydar Aliyev Fondi, Ozarbayjon madaniyat jamg'armasi; tahr., ilmiy muh. A. Z. Tagizade; mas'ul ed. Ü. I. Imanova; tahrirlangan F. Sh. Aliyeva. Boku: Sharq — G'arbiy, 2014. 280 b.
  • Axundov A'zamusa. Üzeyir Hacıbəyov tili / A. A. Axundov, Q. Sh. Kazimov; tahrirlangan C. M. Mammadov; Haydar Aliyev fondi, Ozarbayjon madaniyat jamg'armasi. Boku: Sharq–G'arb, 2014. - 168 b.
  • Arshin mal alan - 100: [fotoalbom] / Ozarbayjon Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi, Üzeyir Hacıbəyov uy–muzeyi; tuzgan: A. Haydarova, T. Xudaverdiyeva; loyihaning ruhi. S. Farajov. Boku: Sharq-G'arb, 2016. - 320 b.
  • Uzeyir Hajibayli: yozuvchi, bastakor: 1885 — 1948 / Ozarbayjon Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi; trans K. Nasibova; tahrirlangan J.Huseynov. - Boku: XAN nashriyoti, 2015. — 36 b.: Rasm; 20 sm. — (Ozarbayjon adabiyoti). - Ingliz tilida. — Baku 2015 — 1—Yevropa o'yinlari.
  • Gurbanov Babek. Unutilmas musiqa olami / B. O. Gurbanov; ilmiy muharrir: I. C. Imomverdiyev, Abdulla Y .; tahrirlangan Sh. Salimbeyli. Boku: Yevropa, 2015. 292 b.
  • Üzeyir Hacıbəyov: arxiv materiallari, esse, esse, maqolalar / Haydar Aliyev fondidan, Ozarbayjon madaniyat jamg'armasi; sost., nauch. tahrirlangan A. Z. Tagizade; filiali tahrirlangan U. Imanova; muh .: K. Nasirova, I. Pazycheva. Boku: Sharq-G'arb, 2014. 304 b.
  • Hajibeyov, Uzeyir. Ozarbayjon xalq musiqasi asoslari / U. A Hajibeyli; fikr o'qituvchisi, muharriri, mas'ul muharriri T.Mammadov; tahrirlangan xodimlar: F. Badalbeyli [va boshqalar]; Ozarbayjon Respublikasi Madaniyat vazirligi. Boku: Sharq-G'arb, 2019. 360 b.
  • Qafarova Zemfira. Üzeyir Hacıbəyovyning „Ko'rog'li“ suvi / Z. H. Gafarova; tahrirlangan A. Asadzoda; Ozarbayjon Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi. Boku: Uyg'onish davri - A, 2017. 160 b.
  • Üzeyir Hacıbəyov arxivining tavsifi / AMEA M. Fuzuli nomidagi qo'lyozmalar instituti; tahr., muallim. A. Imanova; ilmiy tahrir P. A. Karimov. Boku: Elm, 2018. 440 b.
  • Kazimzade Oydin. Üzeyir Hacıbəyov va kino / A. A. Kazimzade; tahrirlangan M. Beyishli. Boku: Mütarcim, 2009. 112 b.
  • Hajibeyov Uzeyir. Tanlangan asarlar: 2 jildda / Ü. A Hajibeyov; tortish A. A. Abasov. II jild. Boku: Sharq—G'arb, 2005. 456 b.
  • Üzeyir Hacıbəyov / Geydar Aliyev fondi, Ozarbayjon madaniyatining do'stlari jamg'armasi; muqaddima M. A. Aliyeva. Boku: Sharq—G'arbiy, 2008. 392 p.
  • Üzeyir Hacıbəyov entsiklopediyasi / E. Abbasova [va boshq.]; tahrirlangan xodimlar: E.Abbasova [va boshq.]; Haydar Aliyev jamg'armasi, Ozarbayjon madaniyatining do'stlari jamg'armasi. Boku: Sharq—G'arbiy, 2008. 239 b.
  • Üzeyir Hacıbəyov: bibliografiya = Gadjibekov Uzeyir: bibliografiya / Ozarbayjon Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi, M.F. Axundov nomidagi Ozarbayjon Milliy kutubxonasi; loyihaning ruhi. A M. Qoraev; tortish H. Hashimova [va boshq.]; ilmiy tahrir Z. Y. Safarova; muharrirlari: K. M. Tohirov, G. C. Safaraliyeva. Boku: Чинar-чап, 2009. 380 b.
  • Üzeyir Hacıbəyov - „Ko'rog'li“ operasi: 3 ta Pardalar / 5Tablo / Türksoy - Xalqaro Turk madaniyati tashkiloti; ing. terc. Y. Vaudable, terc., Ed. T. B. Davletov. Anqara: n.-yil, 2011. 144 b.
  • Üzeyir Hacıbəyovning entsiklopediyasi / ilmiy nashr. N. Ibragimov. Boku: Ozarbayjon nashriyoti, 1996. 304 b.
  • Nabiyev Bakir. Üzeyir Hacıbəyov tarjimai holi: parchalar / B. A. Nabiyev; tahrirlangan C. M. Mammadov; Haydar Aliyev jamg'armasi. Boku: Sharq—G'arb, 2012. 520 b.
  • Bayramova Xumar. Üzeyir Hacıbəyov asarlarida xor musiqasi / X. Z. Bayramova; ilmiy tahrir I. A Habibbayli; AMEA arxitekturasi va men.[41]
  1. American Film Institute catalog
  2. Böyük Ensiklopedik Lüğət: "Гаджибеков Узеир Абдул Гусейн оглы (1885-1948)"
  3. Üzeyir bəy Əbdülhüseyn oğlu Hacıbəyov (1885-1948)
  4. „"“Əsərlərin dövlət varidatı elan edilməsi Qaydaları”nın və “Əsərləri dövlət varidatı elan edilən müəlliflərin və dövlət varidatı elan edilən filmlərin Siyahısı”nın təsdiq edilməsi haqqında" Azərbaycan Respublikası Nazirlər Kabinetinin 7-may 2019-cu il tarixli, 211 nömrəli Qərarı“ (az). cabmin.gov.az (2019-yil 11-may). 2019-yil 13-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 13-may. (Wayback Machine saytida 2019-05-13 sanasida arxivlangan)
  5. Hüseyn Əhmədov. Azərbaycan məktəb və pedaqoji fikir tarixi. Bakı: Elm və təhsil, 2014. - səh. 315-316.
  6. Christoph Werner. Drama and operetta at the Red Lion and Sun: Theatre in Tabriz 1927-41 // Culture and Cultural Politics Under Reza Shah / Edited by Bianca Devos and Christoph Werner. — С. 215.

  7. Azərbaycan Respublikasınn dövlət rəmzləri, 2014-02-22da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2020-05-29
  8. Mattew O'Brien. Uze ir Hajibeyov and his role in the development of musical life in Azerbaijan. — Routledge, 2004. — С. 211. — ISBN 0-415-30219-6, 9780415302197
  9. William O. McCagg, Brian D. Silver. Soviet Asian ethnic frontiers. — Pergamon Press, 1979. — ISBN ISBN 0-08-024637-0, 9780080246376
  10. 10,0 10,1 Üzeyir Hacıbəyov haqqında elektron kitabxana
  11. Mattew O'Brien. Üzeyir Hacıbəyov and his role in the developement of musical life in Azerbaijan. — Routledge, 2004. — С. 209. — ISBN 0415302196, ISBN 9780415302197
  12. Üzeyir Əbdülhüseyn oğlu Hacıbəyov - elektron dərs vəsaiti[sayt ishlamaydi]
  13. Kayzen.az – Böyük musiqiçilər: Üzeyir bəy Hacıbəyli | Azərbaycan peşəkar musiqisinin banisi
  14. Üzeyir Hacıbəyovun həyat və yaradıcılığı, 2016-03-06da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2020-05-29
  15. 15,0 15,1 Yaradıcılığı ilə şəxsiyyətini tamamlayan sənətkar, 2014-04-28da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2020-05-29
  16. Kamal Camalov. Mollanəsrəddinçilərin maarifçilik ideyaları. Bakı: Elm və təhsil, 2015.
  17. Ədibin imzaları
  18. Paşa Kərimov Üzeyir Hacıbəylinin şəxsi arxivinin təsviri
  19. Ədəbi irsi / Publisistika və felyetonlar
  20. Üzeyir Hacıbəyovun «Leyli və Məcnun» operası
  21. Fikrət Əmirov - Üzeyir məktəbi
  22. Üzeyir Hacıbəyov - 125
  23. "C.Məmmədquluzadə və Ü.Hacıbəyovun pedaqoji fikirləri". Yusif Talıbov, Fərahim Sadıqov, Sərdar Quliyev. Azərbaycanda məktəb və pedaqoji fikir tarixi. Bakı: Ünsiyyət, 2000. - səh. 356.
  24. Inna Naroditskaya. Song from the Land of Fire: Azerbaijanian Mugam in the Soviet and Post-Soviet Periods (Current Research in Ethnomusicology: Outstanding Dissertations). — Routledge Press, 2002. — С. 236. — ISBN 0415940214, ISBN 9780415940214
  25. Koroğlu Operasının Overturası
  26. İncəsənət xadimləri - Üzeyir Hacıbəyov, 2014-04-28da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2020-05-29
  27. Michael G. Smith., Cinema for the "Soviet East": National Fact and Revolutionary Fiction in Early Azerbaijani Film, Slavic Review, Vol. 56, No. 4 (Winter, 1997), The American Association for the Advancement of Slavic Studies, 1997, pp. 645-678:

  28. Muaiqi dünyası - Böyük sənətkar
  29. Üzeyir Hacıbəyov, "Sənsiz".
  30. Bülbül - Ölməz sənətkar
  31. Bakı Musiqi Akademiyası, Üzeyir Hacıbəyov XX yüziliyin I yarısında dünya musiqi mədəniyyətində..., 2014-02-06da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2020-05-29
  32. Marina Frolova-Walker., National in Form, Socialist in Content": Musical Nation-Building in the Soviet Republics, Journal of the American Musicological Society, Vol. 51, No. 2 (Summer, 1998), University of California Press on behalf of the American Musicological Society, 1998, pp. 331 -371:

  33. Üzeyir Hacıbəyovun anadan olmasının 110 illik yubileyinin keçirilməsi haqqında Azərbaycan Respublikası Prezidentinin 1-sentabr 1995-ci il tarixli Qərarıanl.az saytı
  34. Üzeyir Hacıbəylinin 125 illik yubileyi və Üzeyir Musiqi Günü qeyd olundu, 2010-09-22da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2020-05-29
  35. Ü.Hacıbəyova ithaf
  36. Musiqili ömrün şərəfli salnaməsi - Üzeyir Hacıbəyov
  37. Birinci vitse-prezident Mehriban Əliyeva “Üzeyir Hacıbəyli” fəxri medalı ilə təltif edilib
  38. „“GÜLLƏLƏNMİŞ ABİDƏLƏR” ZİYARƏT OLUNUB“. 2020-yil 8-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 8-iyun.
  39. Erməni vandalizmini dünyaya göstərə biləcək “şəhid heykəl”lər
  40. Əfrasiyab Bədəlbəyli - O, hamının dostu idi (Ü. Hacıbəyov haqqında)
  41. Elektron Kataloq - Üzeyir Hacıbəyli

Tashqi malumot

[tahrir | manbasini tahrirlash]