Fantaziya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Fantaziya, xayol — hayotda inson tomonidan idrok etilmagan tasavvur va xayoliy xislatlarning vujudga kelishidan iborat psixik faoliyat. U insonning badihagoʻylik qobiliyati, badiiy toʻqimalarga ustaligi, topagʻonligi, ixtiroga moyilligi, antiqa, aqlga toʻgʻri kelmaydigan holatlarni roʻyobga chiqarishga uquvchanligi kabilarda namoyon boʻladi. F. inson ongida vujudga kelishidan eʼtiboran borliqning qiyofasini oʻzgartirishga yoʻnalgan boʻladi. Mas, bola oʻzini kosmonavt sifatida his qiladi, konstruktor rolini bajaradi, syujetli oʻyinlarda muayyan qaxramonlar obrazini ijro etishga kirishadi. F. tufayli eshitmagan, koʻrmagan narsa va hodisalarni tasavvur qiladi: choʻplardan ot qiyofasini, stuldan xarakatlanuvchi texnikani, qushlardan tezkor uchish apparatini, suv osti ajoyibotlaridan suzish asboblarini takomillashtirishni xayolan oʻylaydi. Shy jihati bilan F. ulkan badiiy, ilmiy va maʼrifiy qimmatga ega. Shaxsning ijodiy faoliyati negizida F. ishtirok etmasdan iloji yoʻq. F. shaxs amalga oshirishni xohlaydigan obrazlar shaklida gavdalanadi hamda ichki akliy faoliyatga aylanadi. Odamlar atrof muhitni faol ijodiy izlanishlari (hayolot timsollari, F.) tufayli oʻzgartiradi.