Abdurahimbek Haqberdiyev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Haqberdiyev Abdurahimbek Asadbek oʻgʻli [1870.16(28).5, Shusha - 1933. 12.12, Boku] — ozarbayjon yozuvchisi. Ozarbayjonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1928). Peterburg universitetini tugatgan (1899). 1906 yildan "Mulla Nasriddin" jur.ida ishlagan. Ilk asari — "Buzilgan xonumon" (1896). "Baxtsiz yigit" tragediyasi (1900) va "Ogʻa Muhammad shoh Kajar" (1907) tarixiy dramasida 18-a.dagi Eron hukmdorining fojiasi orqali ado-latsiz tuzumning halokati tasvirlangan. "Mamadi Moʻzalanbekning sayohati", "Doʻzaxdan maktublar", "Mening marallarim", "Daraxt soyasi-da", "Xotin-qizlar bayrami", "Podshohning muhabbati" va boshqa asarlar muallifi. "Ozarbayjon teatri tarixidan" (1924) ocherki va "M.F.Oxundovning hayoti va ijodi" (1918) monografiyasi (1918) ham bor. "Buzilgan xonumon", "Baxtsiz yigit" kabi pyesalari Markaziy Osiyo, jumladan, Oʻzbekiston teatrlarida ham qoʻyilgan. H. ijodi oʻzbek dramaturgiyasining shakllanishida muhim rol oʻynagan.