Tuyuq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Tuyuqturkiy xalkdar mumtoz sheʼriyatidagi lirik janr. T. 4 misrali sheʼr boʻlib, aruzning ramal bahrida yoziladi; aaba, baʼzan abvb tarzida va favqulodda xrllarda — aaaa oʻlchovida qofiyalanadi. T. soʻz oʻyini asosida tajnis qofiyasida beriladi. Tajnissiz T.lar ham bor. T.ning dastlabki namunalari xalq ogʻzaki ijodida uchraydi. Bizgacha yetib kelgan T.lar Burhoniddin Sivosiy (14-asr) qalamiga mansub. "Qutadgʻu bilig" da ham tajnisli toʻrtliklar bor, biroq ular mutaqorib bahrida yozilgan. Alisher Navoiy "Mezon ulavzon" asarida T.ni birinchi marta janr sifatida belgilab oʻtgan va shakllantirgan. Bobur oʻzining "Aruz risolasi" asarida T.ni turkiy sheʼriyat shakllaridan biri sifatida baholagan. T. hozirgi sheʼriyatda birmuncha boshqacharoq nomlarda uchraydi. Xususan, ozarbayjonlarda bayot, turklarda maʼni, turkmanlarda laʼli. Mumtoz adabiyotda Lutfiy, Navoiy, Bobur, 20-asr shoirlaridan Gʻ. Gʻulom, Habibiy, Charxiy, Sobir Abdulla va boshqa ijodida T. janrining yetuk namunalari mavjud.

Adabiyot[tahrir]

  • Orzibekov R., Lirikada kichik janrlar. T., 1976.