Charxiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Hamroaliev Asqarali
Asl ismi

Hamroaliev Asqarali

Charxiy.jpg
Tavalludi 23-fevral 1900-yil
Vafoti 14-dekabr 1979-yil(1979-12-14)
(79 yoshda)
Taxallusi Charxiy
Kasbi shoir
Fuqaroligi SSSR
Mukofotlari Oʻzbekiston xalq shoiri

Charxiy (taxallusi; asl ism-sharifi Hamroaliyev Asqarali) (1900.23.2 Qoʻqon 1979.14.12) - Oʻzbekiston xalq shoiri (1975). Qoʻqondagi madrasalarning birida taʼlim olgan. Shu vaqtda mumtoz sheʼriyat namoyandalari ijodi bilan yaqindan tanishgan va xattotlik sanʼatini oʻrgangan. Qoʻqondagi "Quvvat" artelida gulabardor (toʻquvchilik korxonalarida gula tayyorlash yoki tandaga gula koʻtarish ishi, kasbi, 192638), Navoiyning 500 yilligiga tayyorgarlik koʻrish va oʻtkazish boʻyicha tuzilgan qoʻmitada xattot (1939), Muqimiy uymuzeyida ilmiy xodim (1941), Qoʻqon shahar teatrida adabiy emakdosh (1942—47), Gʻafur Gʻulom nomidagi viloyat Adabiyot muzeyida (1950—79) ilmiy xodim boʻlib ishlagan.

Charxiy Hofiz, Saʼdiy, Navoiy, Bedil singari Sharq mumtoz shoirlari va Muqimiy, Furqat, Zavqiy singari zamondoshlari ijodidan saboq olish bilan birga Sulaymonqul Rojiy va Mirza Hoʻqandiydan aruz ilmini oʻrganib, 1916-yildan eʼtiboran gʻazallar yoza boshlagan. Uning asarlari ilk bor 1938—39 yillarda "Yangi Fargʻona" gazetasida va keyinchalik "Mushtum" jurnalida eʼlon qilingan. Charxiy oʻzbek mumtoz adabiyoti anʼanalarini davom ettirib, ham lirik, ham hajviy sheʼriyat janrlarida ijod qilgan. Charxiy ijodining asosiy janrlari gʻazal, muxammas va masnaviydir. Charxiyning "Shirin va achchiq" (1959) ilk sheʼriy guldastasidan keyin "Sheʼrlar" (1966), "Alixoʻja Xoʻjaali" (1970), "Devon" (1972) va "Beshigingda yotmayman" (1975) toʻplamlari nashr etilgan. Shoirning koʻplab gʻazallariga kuy bastalanib, xalq hofizlari tomonidan ijro etib kelinadi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Devon, T., 1972.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]