Aruz
Bu maqolada bir qancha muammolar mavjud. Iltimos, ularni tuzatib yordam qiling yoki shu muammolarni munozara sahifasida muhokama qiling.
|
Aruz (arab.- arz qilmoq) — sheʼriy oʻlchov, vazn. Yaqin va Oʻrta Sharq xalqlari sheʼr tizimi. Aruz nazariyasi turkiy xalqlarga, xususan oʻzbek sheʼriyatiga arablardan oʻtgan. Navoiyning „Mezon ul-avzon“ asarida koʻrsatilishicha aruz vodiy, rukn nomiga toʻgʻri keladi, koʻchma maʼnoda „ustun“ degani. Aruz nazariyasi nazariyasi birinchi marta Xalil ibn Ahmadning „Kitob al-aruz“i („Aruz kitobi“)da bayon qilingan, keyinchalik Rashididdin Vatvot, Tusiy, Shams Qays Roziy, Mavlono Yusuf Aruziy Nishobu-riylar tomonidan rivojlantirilgan. Turkiy xalqlarda aruzning ilk namunalari islom kirib kelgungacha boʻlgan davrlardagi qadimgi maqol va topishmoqlarda, „Devonu lugʻotit turk“da uchraydi. Yusuf Xos Hojibning „Qutadgʻu bilig“ asari shu vaznda bitilgan turkiy dostondir. Aruz avval arab alifbosi asosidagi eski oʻzbek yozuviga asoslanadi, unda 29 undosh va 3 unli harf, yaʼni choʻziq unli tovush boʻlgan. Harakatlar bilan koʻrsatiluvchi yana uchta unli — zabar -a, zer, — i, pish — u mavjud. Harakatlarni undosh harflarning usti yo ostiga qoʻyib, ochiq boʻgʻinlar hosil etilgan, yopiq boʻgʻin undosh ustiga sokin (koʻpligi sukun) alomati (-)ni qoʻyish orqali hosil qilingan. Choʻziq unlilar ochiq boʻgʻinda sokinli deb tushunilgan va bunday boʻgʻinlar, asosan, choʻziq hisoblangan. Harf va harakatlardan juzvlar tuzilgan. Juzvlar Zta boʻlib, ularning har biri 2 xil koʻrinishga ega. Arablar chodir uyni, Koʻchma maʼnoda, ikki misra sheʼrni ham bayt (uy) deyishgan, shu sababli, juzvni tushuntirishda chodir jihozlari boʻlgan — arqon, qoziqcha, paloye atamalaridan foydalanilgan. Juzvlar sabab (arqon), vatad (qoziqcha), fosila (palos) deb nomlangan. Ular oʻz ichida sababi xafif (yengil sabab): (may): -; sababi saqil (ogʻir sabab): (koʻzi): W; vatadi majmu’ (yigʻiq vatad): (samar): V -; vatadi mafruq (yopiq vatad): (noma) — 655V; fosilai sugʻro (kichik fosila): (yura-gim): W -; fosilai kubro (katta fo-sila): (yashamagan): VW -kabi turlarga boʻlinadi. Juzvlardan 8 ta asl rukn hosil boʻlgan: failun, faulun, mutafailun, mafailun, mustaf’ilun, failatun, ma-failatun, maf’ulatu (choʻziq unli bosh harf bilan yoziladi). Bobur yana ikkita asl ruknni keltirgan: fai-la-tun bilan mus-taf’i-lun. Asl ruknlar juzvlardan tuziladi: „faulun“da vatadi majmudan soʻng sababi xafif keladi. Aruzda zihof degan qism bor. Unda asl ruknlardan tarmoq ruknlarning kelib chiqishi koʻrsatiladi. Bu asl ruknlardagi biron harf yo harflarni orttirish yo tushurib qoldirish yoʻli bilan amalga oshiriladi. Bunday oʻzgarishlar 44 ta. Mas, jazm zihofida oldingi harakatli harf olib tashlanadi: (ma-failun) dan (failun) qoladi, uning oʻrnida (maf’ulun) qabul qilingan va hokazo. Maf’ulun tarmoq rukn deyiladi. Aruz nazariyasida rukn va zihofdan soʻng bahr turadi, ular 21 ta. Bahrlar guruhlanadi:1) asl ruknlarning takroridan hosil boʻluvchi bahrlar (bunday baxrlar yettita): hazaj mafailunning, rajaz mu-staf’ilunning, ramal failatunning, vofir mufailatunning, komil mutafa-ilunning, mutaqorib faulunning, mutadorik Failunning takrorlanishidan hosil boʻladi;2) ikki xil asl ruknning al mashinib kelishidan tuziluvchi bahrlar (ular uch turlidir): a) ikkita asl rukn navbatlashib (almashib) keladi. Xafif: failatun mustaf’ilun failatun mustaf’ilun. Munsarih: mustaf’ilun maf’ulatu mu-staf’ilun maf’ulatu. Muzori’: mafai-lun failatun mafailun failatun. Mujtass: mustaf’ilun failatun mustaf’-ilun failatun. Muktazab: maf’ulatu mustaf’ilun maf’ulatu mustaf’ilun. Tavil: faulun mafailun, faulun mafa-ilun. Madid: failatun fAilun faila-tun failun. Basit: mustaf’ilun failun mustaf’ilun failun. Ariz: mafailun faulun mafailun faulun. Amiq: failun failatun failun failatun; b) ikki xil asl rukndan biri avval takrorlana-di, ikkinchisi takrorlanmaydi. Sari’: mustaf’ilun mustaf’ilun maf’ulatu. Gʻarib (jadid) failatun failatun mu-staf’ilun. Qarib: mafailun mafailun failatun; v) ikki xil asl rukndan biri takrorlanmaydi, soʻng biri takrorlanadi. Mushokil: failatun mafailun mafailun. Bahrlar ham asl va tarmoq bahrlarga boʻlinadi. Asl runklardan hosil boʻlgan bahrlar solim bahrlar, tarmoq ruknlardan yasalgan baxrlar tarmoq baxrlar deyiladi. Solimlik va tarmoqlik xususiyati vaznlarga ham xos. Aruzni tushuntirish vositalaridan biri — doira. Baxrlar tuzilishidagi oʻxshashliklariga koʻra doiralarga biriktiriladi. Doiradan soʻng taqti’ (parcha-lash) turadi. Bunda bayt ruknlarga ajratilib, vazni aniqlanadi, Taqgi’ til, yozuv va talaffuz bilan bogʻliq. Aruz haqidagi oʻrta asr nazariyasida shakl bilan mazmun oʻrtasidagi uzviylik xususiyati haqida gapirilmaydi. Aruzni juzv, zihof, bahr, doira, faulunsiz ham oson tushuntirish mumkin. Bunda boʻgʻin, rukn, vazn, ritmik pauza, turkumlar ritmni yuzaga keltiradi. Aruzga oid hozirgi zamon qarashi oʻzbek kirill yozuviga asoslangan. Bunda ochiq (unli tovush bilan tugagan) boʻgʻin qisqa va choʻziq boʻgʻin vazifasini, yopiq (undosh tovush bilan tugagan) boʻgʻin choʻziq boʻgʻin vazifasini, o, i, e, u tovushlaridan yasalgan yopiq boʻgʻinlar oʻta choʻziq boʻgʻin vazifasini oʻtaydi. Ochiq boʻgʻin choʻziq boʻgʻin vazifasida ham, qisqa boʻgʻin vazifasida ham kelaveradi, chunki u bilan yopiq boʻgʻinning choʻziqlik darajasidagi tafovut oz. Baʼzi yopiq boʻgʻinlardagi unlilar boshqa yopiq boʻgʻinlardagi unlilarga nisbatan choʻziqroq boʻlgani uchun yopiq boʻgʻin doimo choʻziq yoki oʻta choʻziq boʻgʻin oʻrniga oʻtishi mumkin. Ayrim yopiq boʻgʻinlardagi undosh tovush ochiq boʻgʻindagi undosh tovushdan koʻp (qor, zulm), bunday yopiq boʻgʻinlar misra ichida bir choʻziq va bir qisqa boʻgʻin oʻrniga oʻtadi. Bunda qisqa boʻgʻin „V“, choʻziq boʻgʻin „-“, oʻta choʻziq boʻgʻin „so“ belgisi bilan koʻrsatiladi. Yonma-yon kelgan ikki undosh tovush orasida qisqa „i“ bordek aytiladi:Zor meni qilur ishq, Gʻ -VV- V-soXor meni qilur ishq VV- V-so I II(Bobur, „Muxtasar“). Bu baytdagi „zor“, „xor“ boʻgʻinlarining har biri choʻziq va bir qisqa boʻgʻin hisobiga oʻtgan, yuqorida „-V“ belgisi bilan tayinlangan. Koʻpincha, misra ichida shun-day koʻrsatiladi, aslida „so“ belgisini qoʻyish ham mumkin. „Ishq“ boʻgʻini misra oxirida kelganligi uchun „so“ belgisi ishlatilgan. Mazkur baytdagi II rukn toʻrt boʻgʻinli, oʻlchovi ham „V-so“dir. Ammo „ishq“, „ilm“ kabi soʻzlar taqti’da oʻzlaridan keyingi unli bilan boshlangan soʻzlarga tutashadi, bunda soʻz oldingi vazifasini bajarmaydi. Aruzda ritm boʻgʻinlardan ruknlarni hosil qilish orqali paydo boʻladi. Boʻgʻinlarning ruknlarga uyushuvida ruknlarning shakli katta ahamiyatga ega. Bu hol, goho bir soʻzning ikki ruknga boʻlinib ketishiga olib keladi: „hajring“ — „hajring“, koʻnglumda" — „koʻnglumda“ kabi. Bu ritmni uyushtirishning oʻziga xos jihatlaridan biridir. Ruknlar bir boʻgʻinlidan olti bugʻinligachadir. Har bir misradagi ruknlar oʻzaro uyushib, vaznni yuzaga keltiradi. Ritm yaratilishi ruknlardan vazn hosil etishga ham bogʻliq: vaznlar bayt doirasida toʻrt ruknli (murabba), olti ruknli (musaddas) va sakkiz ruknli (musamman) boʻladi. Ritm yaratilishining sabablaridan biri ritmik pauzadir. Ritmik pauza misra oxiridagina emas, ichida ham boʻladi. Sheʼriyatdagi pauza izchil, mutanosib, parallel va ritmikdir. Boburdan keltirilgan har bir misrada ikkitadan rukn boʻlib, rukn oxi-rida ritmik pauza yuzaga chiqadi, ammo birinchi rukn oxiridagi ritmik pauza bilan misra oxiridagi ritmik pauza choʻziqlikda teng emas. Bu, avvalo, sheʼrda ifoda etilgan mazmun va u taqozo etgan intonatsiyaga qaraydi. Misralar ichida, baʼzi ruknlardan soʻng ritmik pauza boʻlmasligi ham mumkin. Bunday holat bir soʻz ikki ruknga boʻlinib ketganda uchraydi. Aruzda ritmni uyushtirishda turkum ham qatnashadi. Habibiyning „Koʻklam“, Erkin Vohidovning „Lola“ gʻazallaridagi har bir misra 14 boʻgʻinli, lekin boshqa-boshqa vaznda. Ularning vaznlari turlicha boʻlsada, ritmda yaqinlik seziladi. Bu ikki gʻazal UniversitetUrtlik turkumga qarashli. Bu turkumda yana boshqa vaznlar ham bor. Aruzda miyerasi 4 boʻgʻinligacha boʻlgan sheʼrlar mavjud. Abu Nuvos (762-815), Abu Tammom (796 −843), al-Maarriy va boshqa arab tilida; Saʼdiy, Hofiz, Dehdaviy, Jomiy va boshqa fors tilida; Lutfiy, Navoiy, Bobur, Mashrab, Nodira, Munis, Ogahiy, Muqimiy, Furqat va boshqa turkiyda aruzdagi sheʼriyatning eng mukammal namunalarini yaratdilar. Aruz oʻzbek sheʼriyatida 20-asrning 20-yillarigacha yetakchi boʻlgan, barmoq tizimi kam qoʻllangan. Keyinchalik barmoq tizimi yetakchilik qilgan. Bu — uslub, shoirlarning qiziqishi, malakasi bilan bogʻliq hodisa. Adabiyotlar: Alisher Navoiy, Mezon ul-avzon, T., 1949; Bobur, Muxtasar, T., 1971; Toʻychiyev U., Oʻzbek poeziyasida aruz sistemasi, T., 1985.U. Tuychiyev.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |