Toshtiq madaniyati

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Toshtiq madaniyati - Jan. Sibirning temir davri arxeologik madaniyati (mil. av. 1-asrmil. 5-asr). Yenisey daryosining oʻrta havzasi — Minusinsk kotlovinasida, Krasnoyarsk atrofi, Kemerovo viloyatining sharqiy qismida tarqalgan. Yenisey boʻyida joylashgan Bateni qishlogʻi yaqinidagi Toshtiq daryosi sohilidagi mozorqoʻrgʻon nomidan olingan. Dafn inshootlariga oʻliklar kuydirib qoʻyilgan. Toshtiq madaniyati qabilalari Tagar madaniyati aholisi (dinlinlar) ajdodi boʻlib, mil. av. 2 — 1-asrlarda Markaziy Osiyodan kelgan [[turkiy xalklar|turkiyzabon gyangunlar bilan aralashib ketganlar. Toshtiq madaniyati kabrlaridan rangli naqsh berilgan maskalar, idishlar va boshqa topilgan.

Zodagonlar qabrlaridan hayvonlarning yogʻochdan ishlangan haykalchalari, kambagʻallarni aks ettirgan haykallar chiqqan. Toshtiq madaniyati aholisining mashgʻuloti chorvachilikdehqonchilik edi. Jamoa ibtidoiy munosabatlarining soʻnggi bosqichida boʻlgan.