Tatar madaniyati

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Tatar madaniyatiYenisey daryosining yuqori va oʻrta havzalari boʻyida tarqalgan temir davri madaniyati (mil. av. 7—3-asrlar). Yeniseydagi Tagar o. nomidan olingan (Minusinsk kotlovinasi tegrasida). Tatar madaniyati uchun skif tipidagi qurolaslahalar, ot anjomlari, jez qozonlar va koʻzalar, sanʼatda "hayvon uslubida" naqsh berib ishlangan buyumlar xos. Tatar madaniyati tarqalgan hudud Yevrosiyo jez kuyish ishlab chiqarilishining eng yirik markazlaridan biri xisoblanadi. Tatar madaniyati odamlari yevropeoid irqqa mansub boʻlishgan. Manzilgoh, kon qodsiklari, mozorqoʻrgʻonlar topilgan. Xoʻjaligi: dehqonchilik, chorvachilik, jez kuyish va jezdan turli qurollar tayyorlash.