Toshkent kuranti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Toshkent kurantlari

Toshkent kuranti - Toshkentdagi tarixiy meʼmoriy yodgorlik. Ikkinchi jahon urushida qozonilgan gʻalaba sharafiga shahar markazida qurilgan (1947, meʼmori A. Muhamedshin; bezagida Us t a Shirin qatnashgan). Minorasiga oʻrnatilgan soatni Ishiya Abramovich Eyzenshteyn, V. Solihov, L. Malikov, A. Xitsan, G. Streltsovlardan iborat soatsozlar brigadasi 4 siferblatli qilib Toshkent kuranti minorasiga oʻrnatishgan. Zilzila (1966) natijasida soat buzilgan, zudlik bilan taʼmirlanib, ishga tushirilgan. Toshkent kuranti shahar meʼmoriy ansamblining Markaziy xiyobonidagi tarkibiy qismidir. Toshkent kuranti qurilishida milliy meʼmorlik va amaliy bezak sanʼati anʼanalari qoʻllanilgan. Gʻozgon marmari bilan qoplangan va jezdan ishlangan metall qismlari oʻzaro uygʻunlashgan. Minoraning quyi qismiga oʻzbekistonlik qahramonlar nomi bitilgan marmar lavha oʻrnatilgan. Toshkent kuranti har chorak, yarim va bir soatda zang urib turadi. 1991 yilda taʼmirlangan.Kurant soati bonglari soat necha bo'lsa, shuncha marta bong uradi.

Toshkent kuranti (tarixiysi)