Namozgoh masjidi (Toshkent)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Namozgoh masjidi
Joylashuvi Toshkent
Turi Masjid
Asos solinishi XIX asr
Qurilish materiali Pishgan g‘isht

Namozgoh masjidi — Toshkent shahri Sobir Rahimov tumani, Zarqaynar ko‘chasida joylashgan Hazrati Imom majmuasi tarkibiga kiruvchi masjid. Hayit bayramlarida namoz oʻqish uchun qurilgan masjidlardan biri. Qaffol Shoshiy maqbarasidan 40 m uzoqda joylashgan[1].

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qurilgan vaqti haqida aniq tarixiy ma'lumotlar ma'lum emas. O‘rganishlar davomida masjid Qo‘qon xonligi davrida XIX asrda qurilgani ma'lum bo'ldi. Sovet devrida masjiddan yotoqxona, kutubxona sifatida foydalanilgan. Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti 1969-yil tashkil etilgan. Oʻzbekiston musulmonlari idorasi tasarrufiga kiradi. Oʻzbekiston Sovet Ittifoqi Vazirlar Kengashi huzuridagi Din ishlari boʻyicha kengashning Toshkentda oliy darajadagi madrasa ochish toʻgʻrisidagi qarori bilan qayta tiklangan. Madrasa uchun „Namozgoh“ masjidining binosi berilgan. 2007-yilda masjid qayta ta'mirlangan[2].

Arxitekturasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Masjid tarhi cho‘ziq to'g'ri to'rtburchak shaklida tuzilgan. Devorlari pishgan g‘ishtdan ko‘tarilgan, yuzasiga ganchli o‘ymakorlik namunalari va naqshlar bilan bezak betilgan. Masjidning maydoni 56x15 m.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. В.А. Булатова, Л.Ю. Маньковская. Памятники зодчества Ташкента — 146 bet. 
  2. O‘. Sultonov. Toshkent masjidlari tarixi. Yangi asr avlodi, 2010.