Togʻ maynasi
Qiyofa
![](http://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/c/c9/Blue-Whistling_Thrush_East_Sikkim_India_10.05.2014.jpg/250px-Blue-Whistling_Thrush_East_Sikkim_India_10.05.2014.jpg)
Togʻ maynasi (Myophonus caeruleus) — chumchuqsimonlar turkumining shaqshaqlar oilasiga mansub qush. Kattaligi zogʻchadek, lekin qanotlari kaltaroq, dumi uzun, patlari koʻk yoki binafsha tusda. Tumshugʻi sariq. Tanasining uz. 350 mm, dumi — 150 mm ga yaqin. Ogʻirligi 170—200 g. Hindiston, Myanma, Xitoy, Oʻrta Osiyoda tarqalgan. Togʻlardagi suv havzalari boʻyida oʻtroq yashaydi. Uyasini toshlar orasiga va qoyalar yorigʻiga quradi. 4— 5 tatuxum qoʻyadi. ~ Togʻ maynasi suv qasharotlari, ularning lichinkalari, mollyuskalar, qoʻngʻizlar, chumolilar va xar xil mevalar bilan oziqlanadi. Chiroyli, "baxt qushi" xisoblanadi.
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() |