Lichinka

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Lichinka (rus.) — koʻpchilik umurtqasiz va ayrim umurtqali hayvonlar (baliqlar, suvda va kuruqlikda yashovchilar)ning individual rivojlanishidagi postembrional (tuxumdan chiqqandan keyingi) davri. L.tuxumdagi zaxira oziq modda morfogenezning tugal-lanishi uchun yetarli boʻlmagan hayvonlarga xos. L. mustaqil hayot kechiradi, faol oziklanadi, bir necha marta tullab, yaʼni qattiq poʻstini tashlab (boʻgʻimoyoqlilar va ayrim b. umurtqasizlar) oʻsadi va rivojlanadi. Odatda, L. voyaga yetgan davrda boʻlmaydigan bir qancha provizor organlarga ega boʻladi yoki aksincha unda voyaga yetgan hayvonlar uchun xos bir qancha organlar boʻlmaydi. L. davrining boʻlishi hayvonlar rivojlanishining turli davrlarida yashash tarzi yoki yashash muhitining oʻzgarib turishi bilan ham bogʻliq. Oʻtroq yashaydigan yoki kam harakatlanadigan hayvonlarda L. turning tarqalishini taʼminlaydi (mas, gʻovaktanlilarning parenximulasi va amfiblastulasi, boʻshliqichlilarning planulasi, koʻp tukli halqalilar troxoforasi).

L. bilan voyaga yetgan organizm tuzilishida farq qancha katta boʻlsa, uning voyaga yetgan xayvonga aylanishi (metamorfoz) shuncha chuqur boʻladi. Ayniqsa, nemertin, ninaterililar, hasharotlar va b. bir qancha umurtqasiz hayvonlarda metamorfoz juda chuqur oʻzgarishlar orqali sodir boʻladi. Mac, toʻliq oʻzgarish orqali rivojlanadigan hasharotlarning gʻumbak davrida lichinkalik organlarining deyarli barchasi batamom yemirilib, voyaga yetgan davrga xos organlar maxsus murtaklar — imaginal disklar hisobidan shakllanadi. Faol lichinkalik davr bir oydan (ikki qanotlilar, kapalaklar) bir necha yilgacha (may qoʻngʻizi va b. plastinka moʻylovlilar) davom etadi.

Ambistomalar L.si (aksolotl) odatdagi sharoitda voyaga yetgan davrgacha rivojlanmasdan, L. davrida koʻpayish xususiyatiga ega (q. Neoteniya). Ayrim hayvonlar L.si oʻz ajdodlari tuzilishi belgilariga ega boʻladi. [1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil