Shaqshaqlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Shaqshaqlar - chumchuqsimonlar turkumi oilasi, 50—60 uruqqa mansub 300 ga yaqin turi maʼlum. Tanasi 10—40 sm, vazni 10—200 g . Ayrim turlarining nari va modasi rangi yaxshi farq qiladi. Yerda, butalar, daraxtlarda faol harakatlanadi. Antarktidadan boshqa hamma qitʼalarda tarqalgan. Yerga va oʻsimliklarga, baʼzi turlari kovaklarga uya yasaydi. Modasi uya qurib, 2—6 ta tuxumini 12—15 kun bosadi. Bolalarini ikkala jins uyasida 12—15 kun boqadi. Har xil hasharotlar, oʻsimliklar mevasi va urugʻlari bilan oziqlanadi. Oʻzbekistonda 37 turi uchraydi.