Kontent qismiga oʻtish

Tata Motors

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Tata Motors Limited
Turi Ochiq jamiyat
Tarmogʻi Avtomobilsozlik
Egasi Tata Group
Qachon asos solingan 1945-yil
Asoschi(lari) Ratan Naval Tata
Rahbariyat Natarajan Chandrasekaran (Boshqaruv raisi)
Guenter Butschek (Boshqaruv direktori)
Mahsulot(lar)i Avtomobillar
Sport Avtomobillari
Tijorat avtomobil vositalari
Avtobuslar
Qurilish texnikasi
Harbiy transport vositalari
Vagonlar
Avtomobil qisimlari
Aylanma daromadi 42 milliard $ (2019-yil)
Operatsion foydasi 4.2 milliard $ (2019-yil)
Boyligi 43 milliard $ (2019-yil)
Ishchilar soni 82,797 kishi (2019-yil)[1]
Vebsayti Tata Motors

Tata Motors Limited, ilgari Tata Engineering and Locomotive Company (TELCO), Hindistonning koʻpmillatli avtomobilsozlik kompaniyasi boʻlib, qarorgohi Mumbay, Maxarashtra, Hindiston da joylashgan. Bu kompaniya hind konglomerati boʻlgan Tata Group tarkibiga kiradi. Kompaniya tomonidan ishlab chiqaziladigan maxsulotlarga yengil avtomobillar, yuk mashinalari, mikroavtobuslar, vagonlar, avtobuslar, sport avtomobillari, qurilish texnikasi va harbiy transport vositalari kiradi.[2]

Tata Motors kompaniyasining Hindistonning Jamshedpur, Pantnagar, Laknau, Sanand, Dharwad va Pune regionlarida va shuningdek, dunyoning Argentina, Janubiy Afrika, Buyuk Britaniya va Tailand kabi davlatlarida avtomobillarni ishlab chiqarish va yigʻish zavodlari mavjud. Shu bilan birga kompaniyaning tadqiqot va rivojlanish markazlari, Hindistonning Pune, Jamshedpur, Laknau, Dharvad va dunyoning Janubiy Koreya, Buyuk Britaniya, Ispaniya kabi mamlakatlarida joylashgan. Tata Motors kompaniyasining asosiy shoʻba korxonalari inglizlarning avtomobil ishlab chiqaruvchi kompaniyasi boʻlmish Jaguar Land Rover (Jaguar va Land Rover avtomobillarini ishlab chiqaruvchisi) va Janubiy Koreyaning tijorat transport vositalarini ishlab chiqaruvchi Tata Daewoo kompaniyalarini sotib olishdi. Tata Motorsda Marcopolo SA (Tata Marcopolo) bilan avtobus ishlab chiqaradigan qoʻshma korxona, Hitachi (Tata Hitachi Construction Machinery) bilan birgalikda qurilish uskunalarini ishlab chiqaruvchi qoʻshma korxona va Fiat Chrysler bilan birgalikda avtomobil komponentlarini ishlab chiqaruvchi qoʻshma korxona va Fiat Chrysler bilan transport vositalar bilan ishlab chiqaradigan qoʻshma korxonalari mavjud.

1945-yilda lokomotiv ishlab chiqarish uchun asoslangan, 1954-yilda germaniyaning Daimler-Benz AG kompaniyasi bilan hamkorlikda birinchi tijorat avtomobillari ishlab chiqargan va bu hamkorlik 1969-yilda yakunlangan. 1988-yilda Tata Motors kompaniyasi TataMobile kompaniyasiga asos soladi va yoʻlovchi avtomobillari bozoriga kiradi, shu bilan birga 1991-yilda Tata Sierra kompaniyasini tashkil etib birinchi raqobatbardosh mahalliy avtomobilni rivojlantirish imkoniyatiga erishgan birinchi hind ishlab chiqaruvchisiga aylanadi.[3] 1998-yilda Tata kompaniyasi birinchi toʻliq hind yoʻlovchi Indica nomil avtomobilini taqdim etadi, 2008-yilda esa dunyodagi eng arzon avtomobil boʻlgan - Tata Nano modelini sotuvga chiqardi. Tata Motors 2004-yilda Janubiy Koreyaning yuk mashinalarini ishlab chiqaruvchisi Daewoo Commercial Vehicles Company ni sotib oldi va 2008-yil Ford kompaniyasidan Jaguar Land Rover avtomobil kompaniyasini sotib oladi.

Tata Motors BSE SENSEX indeksining, Hindiston milliy fond birjasining va Nyu-York fond birjasining tarkibiy qismi boʻlgan (BSE) Bombey fond birjasida roʻyhatga olingan. Kompaniya 2019-yil yakunlari boʻyicha “Fortune Global 500” dunyodagi eng yirik korporatsiyalar roʻyxatida 265-oʻrinni egalladi.[4]

2017-yilning 17-yanvarida Natarajan Chandrasekaran Tata Group kompaniyasining boshqaruv raisi etib tayinlandi. Tata Motors kompaniyasi, 2009 moliyaviy yilda yoʻltanlamas avtomobil vositalari (UV) bozoridagi ulushini 8 foizdan koʻproqqa oshirdi.[5]

Tata Sumo (1994–2019)

1945-yilda Tata Motors kompaniyasi lokomotiv ishlab chiqaruvchisi sifatida tashkil etilgan. 1954-yilda Tata Group tijorat transport vositalarini ishlab chiqarish bilan Germaniyaning Daimler-Benz kompaniyasi bilan qoʻshma korxona tuzgandan boshlagan. Tata Motors kompaniyasining tijorat avtomobillari Hindistondagi tijorat avtomobillar bozorida bir necha yil hukmronlik qilgan, 1991-yilda Tata Mobile platformasiga asoslangan krosovverlar Tata Sierrani (SUV) taqdim etdi va yoʻlovchi avtomobillar bozoriga kirdi. Keyinchalik Tata kompaniyasi Tata Estate (1992-yilda avvalgi Tata Mobile asosida stantsiya vagonlari dizayni), Tata Sumo (1994-yilda 5 eshikli SUV) va Tata Safari (1998-yil) kompaniyalarini ishga tushirdi.

Tata Indica (birinchi avlod)

1998-yilda Tata kompaniyasi birinchi toʻliq mahalliy hind yoʻlovchi avtomashinasi boʻlgan Indica model avtomobilini ishga tushirdi. Bu avtomobil dastlab avtomobilchilar tomonidan tanqid qilingan boʻlsa-da, uning benzin tejamkorligi, kuchli dvigatel va agressiv marketing strategiyasi uni Hindiston avtomobilsozlik sanoatining tarixidagi eng koʻp sotiladigan mashinalardan biriga aylantirdi. Indica V2 deb nomlangan avtomobilning yangi versiyasi oldingi versiyaga qaraganda katto oʻzgartirishlar kiritildi va avtomobil tezda istemolchilarning sevimli transport vositasiga aylandi. Tata Motors kompaniyasi, avtomobillarning katta qismini Janubiy Afrikaga eksport qildi. Indica modelinining muvaffaqiyati Tata Motors kompaniyasining rivojlanishida muhim rol oʻynagan.[6]

2004-yilda Tata Motors Daewooʻning Janubiy Koreyadagi yuk mashinalarini ishlab chiqaradigan Daewoo Commercial Vehicles Companyni sotib oldi, keyinchalik Tata Daewoo deb qayta nomladi.[7]

2004-yilning 27-sentyabrda Tata Motors kompaniyasi raisi Ratan Tata Nyu-York fond birjasida Tata Motors listingini nishonlash uchun fondning birinchi qoʻngʻiroqni chaladi.[8]

2005-yilda Tata Motors Ispaniyaning Hispano Carrocera avtobus ishlab chiqaruvchi kompaniyaning 21 foiz nazorat paketini sotib oldi.[9] Tata Motors oʻzlarining bozor maydonlarini kengaytirishni yangi avtobuslarni (Hispano Carrocera bilan hamkorlikda ishlab chiqarilgan Starbus va Globus) va yuk mashinalarini (Novus, Tata Daewoo shoʻba korxonasi bilan hamkorlikda) joriy etish orqali davom ettirdilar.

2006-yilda Tata kompaniyasi Braziliyada joylashgan Marcopolo kompaniyasi bilan, Tata Marcopolo Bus nomli qoʻshma kompaniyasini tuzdi va bu kompaniya avtobuslar va vagonlarni ishlab chiqara boshladi.[10]

Tata Bolt

2008-yilda Tata Motors kompaniysai Ford Motor Company dan ingliz avtomobil ishlab chiqaruvchisi boʻlgan Jaguar va Land Rover kompaniyasini sotib oldi.[11][12]

2009-yil may oyida Tata kompaniyasi Tata Daewoo bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan yangi Tata World yuk mashinalari lineykasini namoyish etdi. 2009-yil oxirida bu yuk avtomobillar Janubiy Koreyada, Janubiy Afrikada, SAARC mamlakatlarida va Yaqin Sharq bozorlarida sotila boshladi.

2009-yilda Tata kompaniyasi Hispano Carrocera kompaniyasini sotib oladi va bu kompaniyaga toʻliq egalikni qoʻlga kiritadi.[13]

2009-yilda kompaniyaninig "Lucknow" ishlab chiqarish zavodi "Eng yaxshisi" Rajiv Gandi milliy sifat mukofotiga sazovor boʻldi.[14]

2010-yilda Tata Motors Italiyaning Trilix dizaynerlik va muhandislik kompaniyasining 80 foiz ulushini 1,85 million Yevro evaziga sotib oldi. Bu xarid avtomobillar dizaynini va boshqa imkoniyatlarini oshirish maqsadida koʻzlangan kompaniyaning uzoq rejasining bir qismi edi.[15]

2012-yilda, Tata Motors DRDO bilan hamkorlikda futuristik jangovar transport vositalarini ishlab chiqishda taxminan 6 milliard sarmoya kiritganini eʼlon qildi..[16]

2013-yilda Tata Motors kompaniyasi siqilgan havoda harakatlanadigan (MDI fransuz kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan dvigatellar) va "Mini CAT" deb nomlangan birinchi transport vositasini Hindistonda sotishini eʼlon qildi.

2014-yilda Tata Motors "T1 Prima Truck Racing Championship" deb nomlangan Hindistondagi birinchi Yuk mashinalar chempionatini taqdim etdi.

2014-yilning 26-yanvarida kompaniyaninig boshqaruvchi direktori Karl Slymning jasadi topiladi. U Tata Motors Tailand yigʻilishida qatnashish maqsadida Bangkokdagi Shangri-La mehmonxonasida joylashadi ammo shu mexmonxonaning 22-qavatidan toʻrtinchi qavatigacha yiqilib tushdi.

2015-yil 2-noyabrda Tata Motors Lionel Messini butun dunyo boʻylab kompaniya avtomobillarini ilgari surish va qoʻllab-quvvatlash uchun Nyu-Dehlidagi global brend elchisi etib tayinladi.[17]

2016-yil 27-dekabr kuni Tata Motors Bollivud aktyori Akshay Kumarni tijorat transport vositalarining brend elchisi deb eʼlon qildi.[18]

2017-yil 8-martda Tata Motors Volkswagen kompaniyasi bilan Hindistonning ichki bozori uchun transport vositalarini ishlab chiqarish boʻyicha oʻzaro kelishuv memorandumini imzolaganini eʼlon qildi.

2018-yil 3-mayda Tata Motors kompaniyasi aviakosmik va mudofaa biznesining potensialini toʻliqona ochib berish uchun boshqa Tata Group birlashmasiga kiruvchi Tata Advanced Systems kompaniyasiga sotganligini eʼlon qildi.[19]

2019-yil 29-Aprel kuni Tata Motors kompaniyasi Ahmadoboddagi Nirma universiteti bilan Sanand zavodi ishchilari uchun B.Tech. diplom dasturini taminlash maqsadida hamkorlikni yoʻlga qoʻyganini eʼlom qildi.[20]

Tata Motors Hindiston, Buyuk Britaniya, Janubiy Koreya, Tailand, Ispaniya va Janubiy Afrikada transport vositalarini ishlab chiqish quvvatlariga ega. Hozirda kompaniya, Turkiya, Indoneziya va Sharqiy Yevropa davlatlarida zavodlar qurishni rejalashtirmoqda.

Tata Motors avtomobillari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tata Motors Cars - bu Tata Motors markasi ostida yengil avtomobillar ishlab chiqaradigan Tata Motors boʻlinmasi. Tata Motors Hindistonda ixcham, oʻrta oʻlchamdagi avtomobillar va yordamchi transport vositalari segmentidagi mahsulotlar boʻyicha toʻrtta eng yaxshi yoʻlovchi tashish markasi qatoriga kiradi.[21] Kompaniyaning Hindistondagi ishlab chiqarish bazasi Jamshedpur (Jarkxand), Pune (Maxarashtra), Laknavu (Uttar-Pradesh), Pantnagar (Uttaraxand), Dharwad (Karnataka) va Sanand (Gujarat) regionlarida joylashgan0. Tata kompaniyasining dilerlik, savdo, xizmat koʻrsatish va ehtiyot qismlar tarmogʻi 3500 dan ortiq joylarni oʻz ichiga oladi. Tata Motors kompaniyasining Hindistonning 27 shtatida va toʻrtta Ittifoq hududida joylashgan 195 dan ortiq shaharlarida 250 dan ortiq dilerlik xizmatlari mavjud.[22] U Maruti Suzuki va Hyundaiʼdan keyin uchinchi yirik savdo va xizmat koʻrsatish tarmogʻiga ega.

Tata LPT yuk mashinalari chet el zavodlarida ishlab chiqarilgan

Tata shuningdek, Keniya, Bangladesh, Ukraina, Rossiya va Senegalda franchayzing / qoʻshma korxonalardi avtomobillarni yigʻish faoliyatini olib boradi.[23] Tata 4 qitʼaning 26 mamlakatida dilerlik doʻkonlariga ega.[24] Tata koʻplab mamlakatlarda mavjud boʻlib, Hindiston, Bangladesh, Butan, Shri-Lanka va Nepalda Hindiston yarim sharqida katta iste'mol bazasini yaratishga muvaffaq bo'ldi. Shuningdek Tata kompaniyasining, Italiya,[25] Ispaniya,[26] Polsha,[27] Ruminiya,[28] Turkiya,[29] Chili,[30] Janubiy Afrika,[31] Ummon, Quvayt, Qatar, Saudiya Arabistoni, Birlashgan Arab Amirliklari, Bahrayn, Iroq, Suriya va Avstraliyalarda vakolathonalari mavjud.

Tata Daewoo (rasmiy ravishda Tata Daewoo Tijorat transport vositalari kompaniyasi va ilgari Daewoo Commercial Vehicle Company) tijorat avtotransport vositalarini ishlab chiqaruvchisi boʻlib, kompaniya bosh qarorgohi Janubiy Koreyaning Jeollabuk-do- Gunsan shahrida joylashgan va Tata Motorsning toʻliq filiali xisoblanadi. 2004-yilda Tata Motors tomonidan sotib olingan bu kompaniya Janubiy Koreyadagi ikkinchi yirik tijorat transport vositasi ishlab chiqaruvchisi xisoblanadi. Bu xaridning asosiy sabablari Hindistondanning tijorat transport vositalari bozoriga qaramligini kamaytirish edi (kompaniya MHCV segmentininig qariyb 94% va yengil tijorat transport vositalarining segmentida 84% atrofida edi) va Daewoo kompoaniyasining ogʻir yuk avtomobil ishlab chiqarish sektoridagi kuchli tomonlaridan foydalanib mahsulot portfelidan kengaytirish edi.

Tata Motors Tata Daewoo bilan birgalikda Novus va World Truck kabi yuk mashinalari va GloBus va StarBus kabi avtobuslarini ishlab chiqarishda ish olib bordi. 2012-yilda Mercedes-Benz, Volvo va Navistar kabi xalqaro brendlarning Hindiston bozoriga kirishi natijasida vujudga kelgan raqobatni yengish uchun Tata Motors raqobatbardosh va yonilgʻi tejaydigan tijorat transport vositalarini ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyishni boshladi.[32]

Saragoza shahrida (Ispaniya, Aragon, Ispaniya) Tata Hispano Motors Carrocera, SA kompaniyasi avtobus va vagon ishlab chiqaruvchisi boʻlib Tata Motorsning toʻliq shoʻba korxonasi hisoblanadi. Tata Hispano kompaniyasining Ispaniyanig Saragoza shahrida va Marokashning Kasablanka shahrida ishlab chiqarish quvatlari bor. Tata Motors 2005-yil Hispano Carroceraning birinchi bosqichda 21% aksiyalarini sotib oldi va 2009-yil qolgan 79% aksiyasini noaniq summaga sotib oldi, shu bilan Tataning toʻliq filialiga aylandi va nomini Tata Hispano ga oʻzgartirdi. 2013-yilda Tata Hispano oʻzining Saragoza zavodida ishlab chiqarishni toʻxtatdi.[33]

Yaguar Land Rover

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Range Rover
Jaguar F-turi

Jaguar Land Rover PLC - bu Buyuk Britaniyaning premium avtomobil ishlab chiqaruvchisi, bosh qarorgohi Uitli shahrida (Buyuk Britaniya) joylashgan boʻlib, 2008-yil iyun oyidan beri AQShning Ford Motor Company kompaniyasidan sotib olingan Tata Motorsning shoʻba korxonasi hisoblanadi.[34] Uning asosiy faoliyati - bu Jaguar hashamatli va sport avtomobillari va Land Rover premium transport vositalarini ishlab chiqarish bilan ish olib boradi.

Jaguar Land Rover ikkita dizayn markazi va Birlashgan Qirollikda uchta yigʻish zavodiga ega. Tata egalik huquqi ostida, Jaguar Land Rover yangi transport vositalarini, jumladan Range Rover Evoque, Jaguar F-Type, Jaguar XE, Jaguar XJ (X351), ikkinchi avlod Range Rover Sport va Jaguar XF, toʻrtinchi avlod Landn Rover Discovery, Range Rover Velar va Range Rover (L405) modellarini ishlab chiqardi.

AQShning JD Power kompaniyasi Land Rover va Jaguarni boshlangʻich sifat uchun eng yomon ikkita brend deb baholaydi.[35] 2019-yil Fevral oyidagi Consumer Reports tomonidan nashir etilgan eng ishonchsiz avtomobillar roʻyxatiga The Jaguar F-Pace ha kiritildi. Muharrirlar avtomobilfagi "elektronika, haydovchi tizimi, elektr jihozlari, shovqinlar" jihozlarini muammoli jihatlari deb taʼkidlashdi.

Jaguar Land Rover kompaniyasi 2019-yilga qadar katta qiyinchiliklarga uchradi va Tata Motors kompaniyadagi sarmoyasini 3,9 milliard dollarga kamaytirdi. Moliyaviy muammolarning aksariyati 2019-yil davomida Xitoyda sotishning 50% pasayishi bilan bogʻliq edi, ammo vaziyat asta yaxshila boshladi. Shunga qaramay, Tata oktyabr oyi oʻrtalarida qilingan bayonotga koʻra, boshqa kompaniya bilan sheriklik masalasini koʻrib chiqishga tayyor edi, chunki sheriklik shartnomasi Tata biznesni nazorat qilishni taʼminlashga imkon beradi. Kompaniya JLR-ni boshqa korxonaga sotish mumkinligini rad etdi.

TML Drivelines

[tahrir | manbasini tahrirlash]

TML Drivelines Ltd. - bu Tata Motorsning ulkan va oʻrta ogʻirlikdagi tijorat transporti uchun uzatmalar qutisi va oʻqlarini ishlab chiqarish bilan shugʻullanadigan shoʻba korxonasi edi. Kompaniyaning Jamshedpur va Laknau regionlarida ishlab chiqarish zavodlari mavjud edi. TML Forge boʻlinmasi ham TML Drivelinesga kirgan. TML Drivelines HV Transmission va HV Axles kompaniyalari birlashishi natijasida hosil boʻlgan edi.

Tata texnologiyalari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tata Technologies Limited (TTL) - bu avtomobilsozlik sanoatiga dizayn, muhandislik va biznes-jarayonlarni autsorsing xizmatlarini taqdim etuvchi Tata Motors kompaniyasining 43 foizlilik shoʻba korxonasi edi. Kompaniya Pune Xinjewadi biznes tumanida joylashgan boʻlib, London, Detroyt va Tailandda larda ham markazlarga ega edi. Uning mijozlari qatoriga Ford, General Motors, Honda va Toyota kiradi.

Avtomobil, aerokosmik va muhandislik sohalarida muhandislik va dizayn xizmatlari va mahsulot hayot aylanishini boshqarishda ixtisoslashgan Incat International buyuk Britaniya injiniring va dizayn kompaniyasi toʻliq TTL shoʻba korxonasi hisoblanadi. 2005-yil avgust oyida TTL tomonidan 4 milliard ga sotib olingan.

2017-yilda TAL Motorsning shoʻba korxonasi TAL mikro, kichik va oʻrta korxonalar uchun Hindistonning birinchi sanoat artikulyar robotini ishlab chiqardi.[36]

Yevropa texnik markazi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tata Motors Europe Technical Centre (TMETC) - bu Warwick Manufacturing Group (WMG) kompaniyasining Buyuk Britaniyadagi Uorik universiteti kampusida joylashgan avtomobil dizayni, muhandislik va tadqiqot kompaniyasi xisoblanadi. U 2005-yilda tashkil etilgan va toʻliq Tata Motorsning shoʻba korxonasiga aylangan. Bu kompaniya "World Truck" ishlab chiqishdagi hamkori edi.[37]

2013-yil sentyabr oyida yangi milliy avtomobil innovatsion kampusi (National Automotive Innovation Campus) 100 million funt sterlingga teng boʻlgan Warwick shahridagi WMG asosiy kampusida qurilishi eʼlon qilindi.[38][39] Ushbu tashabbus Tata Motors, universitet va Jaguar Land Rover oʻrtasidagi hamkorlik boʻlib, 30 million funt sterling bilan Tata Motors tomonidan moliyalashtiriladi.[40]

Qoʻshma korxonalar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tata Marcopolo

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Hindistonning Chandigarh shahrida Tata Marcopolo avtobusi

Tata Marcopolo - bu Tata Motors (51%) va Braziliyada joylashgan Marcopolo SA (49%) oʻrtasida avtobus ishlab chiqaradigan qoʻshma korxona. Qoʻshma korxona transport tizimlarini rivojlantirishga yoʻnaltirilgan toʻliq qurilgan avtobuslar va vagonlarni ishlab chiqaradi va yigʻadi. Kompaniya Tata Motors shassisi va agregatlarini yaratish texnologiya, tajribasidan foydalanadi, Marcopolodan avtobus kuzovining dizayni va boshqa nou-xaulardan foydalanadi. Tata Marcopolo kompaniyasi Hindistonning koʻplab shaharlarida transport korporatsiyalari tomonidan keng foydalaniladigan past qavatli shahar avtobuslarini chiqardi. Kompaniyaning ishlab chiqarish quvvati Hindistonning Karnataka shtatidagi Dharvad shahrida joylashgan.

Fiat-Tata Hindistonda joylashgan Tata va Fiat Automobiles qoʻshma korxonasi boʻlib, Fiat va Tata markali yengil avtomobillar, shuningdek dvigatellar va transmisyonlarni ishlab chiqaradi. Tata Motors qoʻshma korxona orqali Fiatning dizel dvigateli va uzatish texnologiyasidan foydalanish imkoniyatiga ega boʻldi.[41]

Ushbu ikki kompaniya ilgari Tata-Fiat qoʻshma dilerlik markazlari orqali Hindistonda sotiladigan Fiat mahsulotlari bilan birgalikda tarqatuvchi qoʻshma korxonaga ega edi. Ushbu tarqatish sxemasi 2013-yil mart oyida yakunlandi. Oʻshandan beri Fiat Hindistonda Fiatning toʻliq shoʻba korxonasi boʻlgan Fiat Automobiles India Limited tomonidan tarqatilgan.[42][43]

Tata Xitachi qurilish mashinalari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tata Hitachi Construction Machinery - bu Tata Motors va Hitachi oʻrtasidagi qoʻshma korxona boʻlib, ekskavator va boshqa qurilish texnikalarini ishlab chiqaradi. Bu ilgari Telcon qurilish Solutions nom bilan tanilgan kompaniya boʻlgan.

Tata Motors Yevropa texnik markazi (ata Motors European Technical Centre)

[tahrir | manbasini tahrirlash]

TATA Motors European Technical Centre - bu avtomobil dizayni, muhandislik va tadqiqot kompaniyasi xisoblanadi. Warwick Manufacturing Group (WMG) kompaniyasi Buyuk Britaniyaning Warwick Universitetining maydonida isoylashgan. Kompaniya 2005-yilda tashkil etilgan va toʻla Tata Motors shoʻba kompaniyasi qatoriga kiradi. Kompaniya "World Truck" yukavtomobillarini birgalikda qurgan.   2013-yilning sentyabr oyida Warwick Universitetining asosida qiymati 100 million funtlik Automotive Innovative Campus yaratilishi elon qilindi. Ushbu tashabbus Tata Motors, University va Jaguar Land Rover oʻrtasidagi hamkorligi natijasi boʻlib, Tata Motors tomonidan 30 million funt sterling miqdorida mablag 'jalb qilingan.[44]

Tata Motors avtomobillari haqida qoʻshimcha maʼlumot olish uchun Tata Motors avtomobillari boʻlimiga qarang. Land Rover va Jaguar mahsulotlari haqida koʻproq maʼlumot olish uchun Jaguar Land Rover boʻlimiga qarang.

Tijorat transport vositalari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Tata Ksenon pikapi
Jabalpur (VFJ) zavodining Bullet Proof 407 rusumli avtomobili bo'lib g'alayonlarni boshqarish uchun ishlatiladi
  • Tata Ace
    • Tata Ace Zip
  • Tata Super Ace
  • Tata TL / Telcoline / 207 pikap yuk mashinasi
  • Tata 407 Ex va Ex2
  • Tata 709 Ex
  • Tata 807
  • Tata 809 Ex va Ex2
  • Tata 909 Ex va Ex2
  • Tata 1210 SE va SFC
  • ata 1210 LP
  • Tata 1109 (O'rta yuk mashinasi/LCV avtobusi)
  • Tata 1512c (o'rta o'lchamli avtobus)
  • Tata 1515c / 1615 (o'rta o'lchamli avtobus)
  • Tata 1612c / 1616c / 1618c
  • Tata 1618c
  • Tata 1623
  • Tata 1518C (O'rta og'irlikdagi yuk mashinasi) 10 tonna
  • Tata 1613 / 1615c (O'rta og'irlikdagi yuk mashinasi)
  • Tata 1616 / 1618c (O'rta og'irlikdagi yuk mashinasi)
  • Tata 2515c / 2516c, 2518c
  • Tata Starbus (shahar, shaharlararo, maktab avtobuslari va oddiy yo'lovchilar tashish avtobuslar)
  • Tata Divo (Hispano Divo)
  • Tata CityRide (shahar ichidagi foydalanish uchun avtobuslar)
  • Tata 3015 (og'ir yuk mashinasi)
  • Tata 3118 (og'ir yuk mashinasi) (8 × 2)
  • Tata 3516 (og'ir yuk mashinasi)
  • Tata 4018 (og'ir yuk mashinasi)
  • Tata 4923 (og'ir yuk mashinasi) (6 × 4)
  • Tata Novus
  • Tata Prima
  • Tata Ultra (ICV segmenti)
  • Tata Vinger - Maxivan

Harbiy transport vositalari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Jabalpur avtomobil zavodi (VFJ) ning LPTA 715 4X4 hind armiyasi uchun yuk mashinasi.
  • Tata LSV
  • Tata minalardan himoyalangan transport vositasi (4 × 4)
  • Tata 2 Stretcher Ambulance
  • Tata 407
  • Tata LPTA 713 TC (4x4)
  • Tata LPT 709 E
  • Tata SD 1015 TC (4x4)
  • Tata LPTA 1615 TC (4x4)
  • Tata LPTA 1621 TC (6x6)
  • Tata LPTA 1615 TC (4x2)
  • Tata LPTA 5252 TC (12x12)
  • Tata Sumo 4x4
  • Tata Ksenon
  • Tata 207

Tata Motors 2015-yilda zirhli jangovar mashinalar va piyoda askarlarning asosiy texnik vositalarini kapital taʼmirlashni taklif qildi. Vazirliklararo qoʻmita Sanoat siyosati va ragʻbatlantirish departamenti kotibi (DIPP) tomonidan boshqarilib, Hindiston mudofaa ishlab chiqarish sektorining koʻplab takliflarini maʼqulladi.[45]

Elektr transport vositalari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tata Motors kompaniyasi TM4 elektr dvigatellari va inverterlari bilan ishlaydigan Tata Indica avtomobilining elektr versiyalarini, shuningdek, lityum batareyalar bilan ishlaydigan Tata Ace tijorat avtomobilini taqdim etdi.

2008-yilda Tata Motors, Yevropa texnik markazi Tata Motors Britaniya shoʻba korxonasi, 1,93 million AQSh dollari uchun Norvegiya elektr avtomobil ishlab chiqaruvchi Miljøbil Grenland / Innovasjon kompaniyasining aksiyalarining 50,3% sotib oldi va Yevropada Indica modelining hatchback elektr avtomobilini keyingi yildan ishga tushirishni rejalashtirilgan.[46][47][48] 2010-yil sentyabr oyida Tata Motors Dehli transport korporatsiyasiga "2010-yilgi Hamdo'stligi o'yinlarida" doirasida foydalanish uchun toʻrtta CNG-elektr gibrid past qavatli Starbuslarni taqdim etdi. Bular Hindistonda jamoat transportida ishlatiladigan birinchi ekologik toza avtobuslar edi.

Taniqli transport vositalari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Tata Nano ko'pincha dunyodagi eng arzon mashina deb nomlanadi

Nano 2009-yilda Hindiston aholisining bir qismini jalb qilish uchun moʻljallangan shahar avtomobili sifatida ishga tushirildi, bu birinchi navbatda mototsikllarning egalari va hali birinchi avtomobilini sotib olmagan xaridorga moʻljallangan edi. Dastlab ₹ 100,000 (1500 AQSh dollari) narxda sotilgan ushbu avtomobil koʻpchilikning eʼtiborini tortdi. 2018-yilda Tata Groupning raisi Cyrus Mistry Tata Nano-ni muvaffaqiyatsiz loyiha deb atadi va ishlab chiqarish 2018-yil may oyida yakunlanadi.[49]

Tata Ace, 2005-yil may oyida ishga tushirildi Hindistonda birinchi marta ishlab chiqarilgan bir tonnalik minitruck edi. Minitruk Hindistonda katta muvaffaqiyatga erishdi, avtomobilchilar tomonidan Ace mamlakatda yengil tijorat transport vositalari (LCV) bozorining dinamikasini kichik tijorat avtomobillari segmenti deb nomlangan yangi bozor segmentini yaratish orqali oʻzgartirdi, deb taʼkidlashadi. Ace tezda shahar va qishloq transporti tashuvchilari va yagona yuk mashinalari egalari uchun birinchi tanlov boʻldi. 2005-yil oktyabr oyiga kelib Tata Motorsning LCV sotuv koʻrsatkichlari 36,6 foizga oʻsib, 28 537 donani tashkil etdi. Ace Autoline Industries tomonidan ishlab chiqarilgan yuk korpusi bilan qurilgan.[50] 2005-yilga kelib, Autoline Tata Motors uchun kuniga 300 ta yuk korpusini ishlab chiqarar edi.

2010-yil iyuniga qadar, Ace modeli 500,000 dona sotuv koʻrsatkichi bilan TMLning eng yaxshi sotilayotgan modeli edi.[51] 2011-yilda Tata Motors Karnataka shtatidagi Dharwad zavodiga Rs 1000 crore sarmoya kiritadi, zavod yiliga 90 ming dona ishlab chiqarish quvatiga ega boʻlib, uyerda yangi Tata Ace Zip modelni ishlab chiqarish ishga tushirdi.[52]

Tata Super Ace

Ace modeli shuningdek, bir nechta Osiyo, Yevropa, Janubiy Amerika va Afrika mamlakatlariga eksport qilindi va Polaris Industries kompaniyasining global elektr motorli boʻlinmasi orqali elektr modellari ham sotiladi.[53] Shri-Lankada model DIMO Batta nomi ostida Dizel va motor muhandisligi (DIMO) PLC orqali sotiladi.

Tata 407 - bu yengil tijorat transport vositasi boʻlib(LCV), 1986-yilda sotuvga chiqarilganidan beri 500,000 donadan koʻproq sotilgan.[54] Hindistonda ushbu transport vositasi LCV toifasidagi bozor ulushida ustun boʻlib, LCV sotilishining 75 foizini tashkil qiladi.

Tata Prima 4928. S Hindistonning Assam shahrida

Tata Prima - bu 2008-yilda birinchi marta kompaniyaning "global" yuk mashinasi sifatida taqdim etilgan ogʻir yuk mashinalaridan biridir. Tata Prima 2010 va 2012-yillarda boʻlib oʻtgan Apollon Tijorat transporti mukofotlarida "Yilning tijorat transporti" gʻolibi deb topilgan.

Tata Xarrier

Tata Harrier - Hyundai Creta va Jeep Compass bilan raqobatlashadigan 5 kishilik SUV. Bu avtomobil 2018-yilgi Auto Expo koʻrgazmasida namoyish etilgan H5X kontseptsiyasidan olingan. U 2019-yil 23-yanvarda ishga tushirilgan.[55]

  1. Manba xatosi: Invalid <ref> tag; no text was provided for refs named FY
  2. „Financials of Tata Motors Limited“. CNN. 16-oktabr 2013-yilda asl nusxadan arxivlangan.
  3. Bhaktavatsala Patra, C. (20-fevral 1993-yil). „Structural Configurations and Strategic Investments: Indian Automobile Industry“. Economic and Political Weekly. 28-jild, № 8/9. Mumbai, India: Sameeksha Trust. M29-bet.{{cite magazine}}: CS1 maint: date format ()
  4. „Fortune Global 500 list“. 7-avgust 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 18-oktabr 2019-yil.
  5. „Tata Motors Market Share“. Qaraldi: 2-aprel 2019-yil.
  6. „Tata Milestones“. 6-dekabr 2010-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 22-mart 2009-yil. (Wayback Machine saytida 2010-12-06 sanasida arxivlangan)
  7. „Tata Motors completes acquisition of Daewoo Commercial Vehicle Company“. Tata Motors. 8-fevral 2010-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 7-oktabr 2010-yil. (Wayback Machine saytida 2010-02-08 sanasida arxivlangan)
  8. „Tata Motors lists on NYSE“. 23-oktabr 2013-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-sentabr 2013-yil.
  9. „Hispano“. Hispano-net.com. 28-sentabr 2010-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 11-oktabr 2010-yil.
  10. „Tata Motors, Brazil co form joint venture“. The Hindu Business Line. 10-oktabr 2010-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 7-oktabr 2010-yil.
  11. Tony Lewin. „Classic names are part of Tata deal“. Crain Communications (27-mart 2008-yil). 28-mart 2008-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 18-may 2008-yil.
  12. „Tata Motors completes acquisition of Jag, Land Rover“. Thomson Reuters (2-iyun 2008-yil). 29-dekabr 2008-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2-iyun 2008-yil.
  13. „Tata Motors acquires control of Hispano Carrocera“. Business-Standard (20-oktabr 2009-yil). 21-aprel 2010-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 20-oktabr 2011-yil.
  14. Shrawan. „Annex iv: list of award winners of rajiv gandhi national quality awards“. bis.org.in. Bureau of Indian Standards (29-may 2013-yil). 2-dekabr 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 15-may 2014-yil.
  15. „Tata Motors acquires 80% stake in Italy's Trilix“. Money Control. 10-oktabr 2010-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 7-oktabr 2010-yil.
  16. „Piramal Enterprises picks up 27% stake in Bluebird Aero Systems“. 19-avgust 2012-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 18-avgust 2012-yil.
  17. „Tata Motors ropes in Lionel Messi as global brand ambassador - Times of India“. The Times of India. 5-noyabr 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2-noyabr 2015-yil.
  18. „Tata Motors signs on Akshay Kumar as brand ambassador for its Commercial Vehicles Business“. Tata Motors (27-dekabr 2016-yil). 11-fevral 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 8-fevral 2017-yil.
  19. „Tata Motors to sell defence, aerospace business to Tata Advanced Systems“ (en-US). Moneycontrol. 4-may 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 4-may.
  20. „Tata Motors partners Nirma University for B.Tech - Autocar Professional“. Autocar Professional. 30-aprel 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 29-aprel 2019-yil.
  21. „Tata Motors“. Tata Motors. 11-yanvar 2011-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-iyun 2009-yil. (Wayback Machine saytida 2011-01-11 sanasida arxivlangan)
  22. arxiv nusxasi, 2009-03-25da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2020-04-23[sayt ishlamaydi]
  23. „Tata Motors International : Company : Profile“. Tatacarsworldwide.com. 4-mart 2009-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-iyun 2009-yil. (Wayback Machine saytida 2009-03-04 sanasida arxivlangan)
  24. „Tata Motors International : Global Network“. Tatacarsworldwide.com. 15-iyul 2009-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-iyun 2009-yil. (Wayback Machine saytida 2009-07-15 sanasida arxivlangan)
  25. „Tata Motors -“. Tata Motors. 27-may 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 27-sentabr 2017-yil.
  26. „Tata Motors España. Coches Tata - Coches Nuevos y Nuevas Ofertas de Tata“. Tatamotors.es. 11-oktabr 2007-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 28-iyun 2015-yil.
  27. http://selmax.pl. „Start - sklep internetowy Tata Motors POLSKA“. tatamotor.com.pl. 28-sentabr 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 27-sentabr 2017-yil.
  28. „Davossi“. Davossi.ro. 1-avgust 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 28-iyun 2015-yil. (Wayback Machine saytida 2015-08-01 sanasida arxivlangan)
  29. „: Tata Türkıye“. Tata.com.tr. 12-yanvar 2008-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 28-iyun 2015-yil.
  30. „Tata Motors“. Tata-motors.cl. 9-avgust 2011-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 28-iyun 2015-yil. (Wayback Machine saytida 2011-08-09 sanasida arxivlangan)
  31. „Tata Homepage - Tata South Africa“. Tata.co.za. 26-iyun 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 28-iyun 2015-yil.
  32. „Tatas readying new line of CVs to take on competition“ (14-iyul 2012-yil). 17-iyul 2012-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 14-iyul 2012-yil.
  33. „Media - Tata Motors Limited“. 28-sentabr 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 27-sentabr 2017-yil.
  34. Mike Rutherford. „Mike Rutherford ponders Tata's takeover of Land Rover and Jaguar“. Telegraph Media Group (29-mart 2008-yil). 8-aprel 2008-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 30-iyul 2008-yil.
  35. Douglas A. McIntyre. „And the Worst New Car Sold in America Is…“. Microsoft News (24-iyun 2019-yil). Qaraldi: 25-iyun 2019-yil.
  36. Mondal, Manisha. „Robotic hand rocks manufacturing cradle“ (en). Qaraldi: 2017-yil 11-aprel.
  37. „Tata Motors Unveils New Range Of Trucks“. Motorbeam.com (29-may 2009-yil). 1-iyun 2009-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-iyun 2009-yil. (Wayback Machine saytida 2009-06-01 sanasida arxivlangan)
  38. „£100m investment boost for Warwick University“. The Independent (25-sentabr 2013-yil). 29-sentabr 2013-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 29-sentabr 2013-yil.
  39. „University of Warwick £100m car centre 'will secure jobs'“. BBC (24-sentabr 2013-yil). 28-sentabr 2013-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 29-sentabr 2013-yil.
  40. „Tata Motors confirms £30m investment in UK R&D centre“. The Engineer (3-dekabr 2013-yil). 29-noyabr 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 27-fevral 2014-yil.
  41. „Fiat, Tata Motors set up joint venture“. timesofmalta.com (21-oktabr 2007-yil). 18-noyabr 2007-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 1-aprel 2008-yil.
  42. „Fiat to complete split from Tata in sales ops by Mar 2013“. Business Standard (19-sentabr 2012-yil). 12-yanvar 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12-yanvar 2014-yil.
  43. „After split with Tata Motors, Fiat begins its solo India ride“. The Economic Times (11-aprel 2013-yil). 12-yanvar 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12-yanvar 2014-yil.
  44. „Tata Motors European technical centre demonstrates latest mobility technology on the Tata HEXA“. Automotive World. 10-yanvar 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 9-yanvar 2018-yil.
  45. „Tata Motors defence proposal receives a nod from the panel“ (26-fevral 2015-yil). 26-fevral 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 27-fevral 2015-yil.
  46. „TMETC acquires 50.3 per cent stake in Norway's Miljo Grenland/Innovasjon; to launch first electric vehicle“. Tata.com (14-oktabr 2008-yil). 30-iyul 2013-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2-may 2009-yil. (Wayback Machine saytida 2013-07-30 sanasida arxivlangan)
  47. „Tata Motors European Technical Centre“. Tata.com. 24-yanvar 2009-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2-may 2009-yil. (Wayback Machine saytida 2009-01-24 sanasida arxivlangan)
  48. „Tata to launch EV next year“. Just-auto.com (14-oktabr 2008-yil). 29-mart 2009-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2-may 2009-yil. (Wayback Machine saytida 2009-03-29 sanasida arxivlangan)
  49. „Air Asia Case Puts Spotlight Once Again on Cyrus Mistry's 'Legacy Hotspots'“. The Wire. 9-iyul 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-iyun 2018-yil.
  50. „Autoline - A Stamp of Perfection“ (9-fevral 2008-yil). 9-fevral 2008-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 27-sentabr 2017-yil. (Wayback Machine saytida 2008-02-09 sanasida arxivlangan)
  51. „tatamotors“. Tatamotors (14-mart 2012-yil). 9-fevral 2008-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 8-avgust 2012-yil. (Wayback Machine saytida 2008-02-09 sanasida arxivlangan)
  52. „Autoline“. Web.archive.org (9-fevral 2008-yil). 9-fevral 2008-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 11-oktabr 2010-yil. (Wayback Machine saytida 2008-02-09 sanasida arxivlangan)
  53. „Error - LexisNexis® Publisher“. www6.lexisnexis.com. 28-sentabr 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 27-sentabr 2017-yil. (Wayback Machine saytida 2017-09-28 sanasida arxivlangan)
  54. „TATA Motors Annual Report 2011–2012“. Tatamotors.com. 8-yanvar 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 28-iyun 2015-yil. (Wayback Machine saytida 2016-01-08 sanasida arxivlangan)
  55. „2019 Tata Harrier launched in India, priced at Rs 12.69 lakh“. 21-mart 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-mart 2019-yil.

Andoza:Finance links