Ahmadobod

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ahmadobod

Ahmadobod — Hindiston gʻarbidagi shahar. Gujarot shtatining maʼmuriy va iqtisodiy markazi. Aholisi 2,9 mln. kishi (1991, shahar atrofi bilan). Mamlakatning savdo va mo-liya markazlaridan biri; yirik transport yoʻllari tuguni. 1411-yilda Gujarot sultoni Ahmadshoh tomonidan barpo etilgan. 15 — 16-asrlarda A. Hindistonda muhim savdo va sanoat ahamiyatiga ega boʻlgan, oʻz hunarmandchiligi va ajoy-ib meʼmoriy inshootlari bilan shuhrat qozongan. 15-asrda qurilgan katta Jome masjidi, zafar toqi — Tin Darvozasi (15-asr) va oʻymakorlik bilan ishlangan yogʻoch uylar (16 — 17-asrlar) saqlangan. A. il gazlama sanoatining (Bombaydan keyingi) yirik markazi; paxta tozalash, ipak (jumladan sunʼiy ipak) va boshqa yengil sano-at tarmoqlari taraqqiy qilgan. Kimyo sa-noati korxonalari bor. Hunarmandchilik (kimxob toʻqish, zargarlik, yogʻoch va su-yakdan oʻymakorlik buyumlari yasash) ri-vojlangan. Universitet bor.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil