Dizel

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Dizel — ogʻir yonilgʻi (dizel yonilgʻisi)nmng siqilgan havoga purkalishidan alangalanadigan ichki yonuv dvigateli. D. silindrida alangalanish porshen yordamida qisib yuqori temperaturagacha qizdirilgan toza havoga yonilgʻi purkalganda sodir boʻladi. Nemis kashfiyotchisi R. Dizel yasagan. D. eng tejamli issiqlik dvigatellari qatoriga kiradi. D. yonish kamerasining tuzilishiga koʻra ajralmaydigan kamerali, uyurma kamerali, old kamerali xillarga boʻlinadi. D. avtomobillar, traktorlar, kemalar, teplovozlar, elektr st-yalar (dizel elektr stansiyasi) va b.ga oʻrnatiladi. D.ning quvvati 30000 kVt dan ortiq boʻladi (yana q. Dvigatel).

Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil