Jamshidpur

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Jamshidpur, Tatanagar — Hindistonning shim.-sharqidagi shahar, Bihar shtatida. Aholisi 500 ming kishi chamasida. T. y. tuguni. J. 20-asr boshida Gxota-Nagpur yassitogʻligidagi changalzor oʻrnida yirik hind monopolistik birlashmasi — "Tata" tomonidan ishchilar shaharchasi sifatida qurilgan. Qora metallurgiyaning markazi. Shahar atrofidan yuqori sifatli temir rudasi, kokslanadigan kumir, flyuslar, oʻtga chidamli materiallar qazib chiqariladi. "Tata" kompaniyasiga qarashli yirik zavodlar bor. Ogʻir mashinasozlik (quvur, q. x. inventarlari va b.) va kimyo sanoatlari rivojlangan. Yirik elektr stansiya bor.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil