Land Rover

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Land Rover
Land Rover Discovery Sport HSE Luxury TD4 2016.jpg
Xizmatlari Avtomobillar ishlab chiqarish
Shiori "Go Beyond"
Qachon asos solingan 1948-yil
Joylashuvi Buyuk Britaniya bayrogʻi Birlashgan Qirollik
Asoschi(lari) Spenser va Moris Uilks
Mahsulot(lar)i Yengil avtomobillar
Vebsayti landrover.ru

Land Rover — „premium“ sinfidagi avtomobillar ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan britaniyaning avtomobilsozlik kompaniyasi. 2008-yildan boshlab Hindistonning Tata Motors kompaniyasi tarkibida.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ilk Land Rover avtomobili yaratuvchilari britaniyaning Rover kompaniyasi bosh dizayneri — Moris Uilks va uning ukasi, ijrochi director — Spenser Uilks hisoblanishadi. Yangi yo'ltanlamas uchun prototipi sifatida amerikaning Willysdan foydalanildi.

Urushdan soʻnggi ilk yillarda britaniya sanoati ishlab chiqarish resurslari va buyurtmalar yetishmasligini boshidan kechirayotgan ogʻir paytda, iqtisodni qayta tiklash uchun asosiy eʼtibor ingliz avtomobil ishlab chiqarishiga qaratildi. Rover kompaniyasi fuqoro avtomobillari ishlab chiqarishga hukumatdan ruxsat oladi va Solixall shahridagi Meteor Works yangi zavodini toʻliq oʻz tasarrufiga oladi. Bu tashkilot davlat tasarrufida boʻlib, Ikkinchi jahon urushi paytida tank va samolyotlar ishlab chiqlar uchun dvigatellar ishlab chiqargan. Zavodda yangi yangi yoʻltanlamaslar ishlab chiqarishga qaror qilindi.


Moris Uilks bu loyiha hukumat metallarga boʻlgan qattiq kvotalarni yengillashtirguncha Rover kompaniyasini yashab qolishiga yordam beruvchi ideal oraliq reja deb hisoblaydi. Tez orada Moris Uilks avtomobillar uchun yangi nom Land Roverni oʻylab topadi.

1947-yilda bombardirovkachilar va qiruvchilar ishlab chiqarish tes suratda qisqaradi hamda omborlarda katta hajmda alyuminiy toʻplanib qoladi va bu metal po'latga nisbatan arzonroq edi. Shuningdek alyuminiyning qulayliklari yengil va korroziyaga chidamliligi yoʻl yoʻq boʻlgan joylarda qattiq sharoitlarda foydalaniladigan avtomobillar uchun mos kelar edi.

1947-yilning kuzida ilk tugallangan prototip „Centre Steer“ paydo boʻldi. Prototip kuzovi samolyot fyuzelajlari yashil rangga boʻyaldi. Dvigatel va transmissiyani Roverning yengil avtomobil modellaridan olindi. Rul oʻrtada joylashgan edi. Biroq, tez orada bu qarordan voz kechildi. Sababi bu kabi avtomobilni umumiy foydalaniladigan yoʻllarda boshqarish xavfli edi.


Land Roverning 25 ta tajribaviy namunalar yigʻilgandan soʻng 1948-yil bahorida boʻlib oʻtgan Amsterdam koʻrgazmasida namoyish etildi. Bu modelga qiziqish juda katta boʻldi. Land Rover aka-uka Uilkslar tahmin qilgandek oraliq reja boʻlmadi. 1948-yilda yoʻltanlamaslar ishlab chiqarish miqdori Rover ishlab chiqaradigan sedanlar miqdori bilan tenglashdi, keying yil esa ikki baravar oshib ketdi.

Land Rover modeli Rover kompaniyasini doimiy daromad bilan taminlay boshlagach, bu modelni haridorlar xoxish va talablariga muvofiq takomillashtirish imkoni paydo boʻldi


Harbiylar, fermerlar, qutqruv va qayta tiklash xizmati hodimlari Land Roverda ogʻir ishlarni bajarish uchun lozim boʻlgan xususiyatlarni topdilar. 1959-yilda zavod liniyalaridan 25 50 000-chi Land Rover chiqdi.

Egalari va rahbarlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Modellari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tashqi havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]