Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (qisqartmasi – TATU)[1] 2002-yilgacha Toshkent elektrotexnika aloqa instituti (qisqartmasi - TEAI) hamda 2002-2017 yillar davomida Toshkent axborot texnologiyalari universiteti nomlari bilan faoliyat yuritgan. Toshkent elektrotexnika aloqa instituti nomi bilan 1955-yilda tashkil etilib, bugungi kunda Universitet axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlovchi tayanch oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi.
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkеnt axborot tеxnologiyalari univеrsitеti (kеyingi o‘rinlarda - TATU) va uning 6 ta hududiy filiallarida bugungi kunda 20 ta fakultеt va 69 ta kafеdra, xususan, TATUda 8 ta fakultеt va 28 ta kafеdra mavjud.
Universitet va uning hududiy filiallarida bugungi kunda 1000 nafarga yaqin profеssor-o‘qituvchilar, shundan, 65 nafar fan doktori hamda 350 nafardan ortiq fan nomzodi faoliyat yuritib kеlmoqda.
TATU va uning hududiy filiallarida 32 000 nafardan ortiq talabalar 26 ta ta’lim yo‘nalishlari va 37 ta mutaxassisliklar bo‘yicha tahsil olmoqda, shundan 14 000 nafardan ortiq talabalar TATUda tahsil olishmoqda.
Talabalarga qulaylik yaratish maqsadida 2022 yilda tashkil etilgan “Rеgistrator ofisi”da “yagona darcha” shaklida yaratilgan xizmatlar turi bugungi kunda 43 tani tashkil etadi.
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (qisqartmasi – TATU) 1955-yilda tashkil etilgan. 2002-yilgacha Toshkent elektrotexnika aloqa instituti (qisqartmasi - TEAI) deb nomlangan bo'lib, 2002-yili 1-iyunda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qaroriga koʻra u universitetga aylantirildi hamda 2002-2017 yillar davomida Toshkent axborot texnologiyalari universiteti nomi bilan faoliyat yuritgan. 2017-yilda Toshkent axborot texnologiyalar universitetiga ulug‘ alloma Muhammad al-Xorazmiy nomi berildi.
1955-yil 28-iyun - Toshkent Elektrotexnika Aloqa Instituti o‘z faoliyatini boshladi (Sobiq SSSR Aloqa vazirining 487-son buyrug‘i bilan) – Rektor vazifasini bajaruvchi N.B.Matskevitch
1957-yil - M.I.Astaxov rektor etib tayinlandi
1957/1958-yillarda - Radioaloqa va Radioeshittirish fakulteti hamda kechki va sirtqi ta’lim bo‘limlari tashkil etildi.
1961-yil - Institut yangi binoga ko‘chib o‘tdi. O‘quv-ishlab chiqarish bazasi tashil etildi.
1965-yil - Talabalar soni – 4000 nafar, Kafedralar/laboratoriyalar soni – 21 / 40 ta, Bitiruvchilar soni - 915 nafar
1966-1970 yillarda - Toshkent Elektrotexnika Aloqa Institutida 1900 nafar elektraloqa muhandislari tayyorlandi.
1966-yil - Toshkent zilzilasidan so‘ng Institut hududida 3 ta mashg‘ulotlar o‘tkazish uchun pavilyonlar tashkil etildi.
1966-yil - Talabalar uchun 2 ta turar joy har biri 480 o‘rinli binosi foydalanishga topshirildi (avvalgi Jahon Obidova ko‘chasi - hozirgi Bog‘i Shamol).
1969-yil - Telefon-Telegraf Aloqasi fakulteti bazasida Avtomatik Elektr Aloqa va Ko‘p kanalli Elektr Aloqa fakultetlari tashkil etildi.
1972-yil - S.N.Kolesov Institut rektori etib tayinlandi.
1973-yil - Institut hududida 40 xonadonga mo‘ljallangan uy, ikki qavatli talabalar oshxonasi va hisoblash markazi uchun maxusu 2 bino qurildi
1976-yil - Toshkent Elektrotexnika Aloqa Institutiga t.f.d., professor, akademik D.A.Abdullaeyev rektor etibtayinlandi.
1979-yil - Toshkent Elektrotexnika Aloqa Institutining Farg‘ona, Frunze (hozirgi Bishkek), Dushanbe va Almata shaharlarida sirtqi fakultetning tayanch punktlari tashkil etildi.
1974-yiln - Har yili 400 nafar talabalar O‘zbekistonning, Rossiya, Qirg‘iziston davlatlarida “Talabalar Qurilish Otryadi”ga jalb etilgan.
1979-yil - Toshkent Elektrotexnika Aloqa Instituti kutubxonasi jamg‘armasi 300 mingdan ortiq kitob va jurnalga ega bo‘ldi.
1982-yil - Talabalar uchun 3 ta 9 qavatli turar joy binosi foydalanishga topshirildi.
1986/1987 yilldan - Osiyo, Afrika va Janubiy Amerika fuqarolarini o‘qishga qabul qilish boshlandi
1990-yil - institutda 27 ta kafedra, 75 ta o‘quv markazi, 17 ta ilmiy-tadqiqot laboratoriyalari, hisoblash markazi va 3 ta kompyuter xonasi, ranglitelevizor, o‘quv markazi faoliyat ko‘rsatdi.
1991-yil - Termiz shahrida universitet filiali tashkil qilindi
1991-yil - Institutga 3 ixtisoslik bo‘yicha aspiranturaga tashkil etildi va nomzodlik disertatsiyalarini himoya qilishga ruxsat etildi
1992-yil - TEAIga t.f.d., professor, akademik T.D.Radjabov rektor etib tayinlandi.
1993-yil - TEAI qoshida aloqa zobitlarini tayyorlash uchun maxsus fakultet tashkil etildi
1994-yil - Institut qoshida Markaziy Osiyo Telekommunikatsiya o‘quv markazi tashkil etildi
1994/1995 yiln - Institutda telekommunikatsiya, televideniya, radioeshittirish va radioaloqa, menejment yo‘nalishlarida kadrlar tayyorlash boshlandi.
2007-yil - TATU qoshidagi "O‘zbekiston-Koreya axborot almashish" markazi ochildi. TATU va Koreya milliy axborot agentligi (NIA) bilan Anglashuv Memorandumi asosida tashkil topgan.
2009-yil - O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Qarori bilan TATUda yangi “Televizion texnologiyalar” fakulteti tashkil etildi.
2010-yil - Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Elektronika kafedrasi qoshida NATIONAL INSTRUMENTS texnologiyalari markazi ochildi.
2013-yil - O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining №PQ-1942 Qarori bilan texnika yo‘nalishlariga kirish imtihonlari tarkibiga xorijiy til kiritildi.
2013/2015 yil - Aholining kompyuter savodxonligini yanada oshirish maqsadida TATU va uning filiallarida "Bunyodkor yoshlar 2013”, "Bunyodkor yoshlar 2014” va "Bunyodkor yoshlar 2015” kompyuter savodxonlik guruhlari tashkil qilindi.
2013-yil - Davlat aloqa qo‘mitasining 30.09.2013 y. №366 sonli "TATU qoshida "Elektron xukumat” o‘quv markazi yaratish haqida”gi buyrug‘iga asosan o‘quv markazi tashkil qilindi va 9195 nafardan ortiq davlat va mahalliy hokimiyat xodimlari ta’lim oldi.
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti xalqaro nufuzli reytinglarda yildan yilga o‘z o‘rnini mustaxkamlab bormoqda. Jumaldan, 2024-yilda ilk bor respublikamizning 3 ta oliy ta’lim muassasasi nufuzli reyting tashkiloti - Times Higher Education[9] (THE)ning Top universitetlar ro‘yxatidan joy oldi. Buyuk Britaniyaning nufuzli Times Higher Education xalqaro reyting tashkiloti World University Rankings-2025 TOP-1000 oliy ta’lim tashkilotlari ro‘yxatini e’lon qildi.
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti dunyoning nufuzli Times Higher Education[9] xalqaro reyting tashkiloti tomonidan xalqaro reytingida (WUR) TOP-1501+ o‘rinda qayd etildi.
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti THE (Times Higher Education) xalqaro reytingida ilk bor dunyo universitetlari xalqaro reytingida (WUR) TOP-1501+ o‘rinni, Markaziy Osiyo va Kavkazorti davlatlari universitetlari bo‘yicha TOP-5 o‘rinni, O‘zbekiston Oliy ta’lim muassasalari orasida TOP-3 o‘rinni egalladi.
Shuningdek, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti xalqaro Times Higher Education (THE)[9] tomonidan e’lon qilingan “Interdisciplinary Science Ranking” (Fanlararo fan reytingi) dunyoning TOP-500 talikdan joy egalladi.
Dunyoning nufuzli xalqaro reyting tashkiloti Times Higher Education (THE) “Schmidt Science Fellows” [10] jamg‘armasi bilan hamkorlikda ilk bora “Interdisciplinary Science Ranking” (Fanlararo fan reytingi) natijalarini e’lon qildi.
Nufuzli xalqaro QS reyting[11] tashkiloti Osiyo Universitetlarining 2025-yil uchun (QS Asia University Rankings - 2025) reyting natijalarini e’lon qildi. Unda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti yuqori natija ko‘rsatib, mintaqadagi yetakchi universitetlardan biriga aylandi.
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining xalqaro QS reytingda eng yaxshi universitetlardan biri sifatida qayd etildi.
QS STAR[12]dan 4⭐️ga ega TATUning QS Osiyo universitetlari reytingidagi o'rni 110 pog'onaga ko'tarildi. Natijalarga ko‘ra, TATU Osiyo mintaqasida o'tgan yilgi 651-700 o'rnini yangilab, 541-o‘rinni, Markaziy Osiyo OTMlari orasida esa 34-o‘rinni egalladi.
Shuningdek, dunyoning universitetlari reyting ko‘rsatkichlarini mustaqil metrika orqali baholovchi edurank.org natijalariga ko‘ra universitet o‘z o‘rnini yanada mustaxkamladi. Jumladan, TATU avvalgi yillarga nisbatan 235 o‘ringa yuqoriladi. E’tiborlisi, ushbu reytingda universitet turli mutaxassisliklarda eng yaxshi universitet sifatida e’tirof etilgan. Hususan, Axborot texnologiyalar yo‘nalishida jahonda 788 – o‘rinda qayd etilgan bo‘sa, O‘zbekistonda esa Kompyuter muhandisligi, Kiberxavfsizlik[13], Telekommunikatsiya[14], Sun’iy intellekt (AI)[15] kabi fan sohalarida ham 1-o‘rinda qayd etildi.
UI Green Metric World University Ranking xalqaro reyting agentligi tomonidan butun dunyo oliy taʼlim muassasalari boʻyicha joriy yil reyting natijalariga ko‘ra TATU nufuzli reytingida TOP-1000 ta oliy taʼlim muassasalari qatorida barqaror rivojlanayotgan universitet sifatida eʼtirof etildi.
TATU va uning hududdiy filiallari 57 davlatning 190 ta univеrsitеti, 7 ta ilmiy-tadqiqot markazlari, 26 ta tashkilot va kompaniyalari bilan jami 223 ta o‘zaro hamkorlik shartnomasi, kеlishuv va mеmorandumlariga ega. Xususan, TATU tomonidan 35 davlatning 175 ta univеrsitеti, 5 ta ilmiy-tadqiqot markazlari, 24 ta tashkilot va kompaniyalari bilan jami 204 ta o‘zaro hamkorlik shartnomasi, kеlishuv va mеmorandumlari imzolangan.
TATU 2020-2024 yillarda Yevropa Ittifoqining “Erasmus+[17]” dasturi doirasida uchta loyihalarni ilk marta grantxoldеr sifatida amalga oshirishni boshladi. Shuningdеk, Yevropa Ittifoqining “Erasmus+” dasturi doirasida 9 ta loyihalar amalga oshirilmoqda.
2022-2027 yillarga mo‘ljallangan Korеyaning KOICA[18]tashkiloti ko‘magida “Global AyTi biznеs ta’lim dasturi hamda FabLab tashkil etish” invеstitsion loyihasi amalga oshirilmoqda.
Universitet nafaqat ta’lim berish, balki talabalarning shaxsiy va jamoaviy rivojlanishiga ko‘maklashuvchi imkoniyatlar yaratishga intiladi. Xususan, Universitet va uning filiallarida, Oqtosh va boshqa xushmanzara dam olish maskanlarida maxsus Team-building[19] tadbirlari doimiy tashkil etiladi. Bu tadbirlar talabalar o‘rtasida jamoaviylik ruhini mustahkamlashga, bir-birini yaxshiroq tushunish va qo‘llab-quvvatlash madaniyatini shakllantirishga yordam berdi. Sayohatlar har xil tarzda tashkil qilinadi. Ushbu tadbirlarga GPA[20] ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lgan talabalardan tashqari universitet hayotida faol, xulq-atvori jihatdan namunali talabalar ham jalb qilinadi. Xorijdan kelib tahsil oluvchi talabalar ham boshqa talabalar bir qatorda ishtirok qilishadi. Team-building tadbirlari doirasida turli xil sport musobaqalari, ochiq muloqot va davra suhbatlari o‘zgacha ruhda o‘zkaziladi.
Open Air Movie Night
Universitetda talabalar tomonidan katta qiziqish va hayajon bilan kutib olinadigan ochiq osmon ostidagi “Open Air Movie Night” tadbiri har yilning deyarli barcha yirik bayramlarida tashkil etilib kelinadi. “Open Air Movie Night” – bu maxsus musiqiy dasturlar va sevimli filmlar tomoshasi uyg‘unlashgan tadbir bo‘lib, talabalarning vaqtlarini maroqli o‘tkazish va yangi do‘stlar orttirishlari uchun yaratilgan noyob muhitdir. Tadbir har safar 1000 dan ziyod talaba-yoshlarni o‘z bag‘riga oladi. Tadbirning asosiy maqsadi talabalarga dam olish, ijodiy yondashuv va muloqot muhiti hamda kreativlikni oshirish uchun shart-sharoitlar yaratish hisoblanadi.
TUIT Part
TATU talabalari qalbidan chuqur joy olgan va an’anaga aylangan “TUIT Party” – bu Universitet ijtimoiy hayotidagi eng yorqin va qiziqarli tadbirlardan biri bo‘lib, har yili turli bayramlar va o‘quv semestri munosabati bilan o‘tkaziladi. Ayniqsa, yangi yil oldidan tashkil etiladigan “TUIT New Year’s Party” talabalarga haqiqiy bayramona muhitni tuhfa qilib, ularni birdamlik va hamfikrlilikka undaydi.
Universitet talabalar hayotini rang-barang qilish, jismoniy faollikni targ‘ib etish va do‘stona raqobat muhitini shakllantirish maqsadida har yili an’anaviy tarzda “Rektor kubogi” sport musobaqalari tashkil etib kelinmoqda. Ushbu tadbir universitet talabalarining sport va madaniy sohadagi qobiliyatlarini namoyon etish uchun ajoyib imkoniyatdir. Tadbir sportning turli yo‘nalishlarida o‘tkazilib, talabalar o‘z iqtidorlarini namoyish etishlari va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishlari uchun keng imkoniyat yaratadi. Talabalar quyidagi sport turlarida o‘z jamoalari bilan qatnashishlari mumkin:
Futbol;
Voleybol;
Basketbol;
Yengil atletika;
Stol tennis;
Mini futbol;
Shaxmat va shashka;
Qo‘l to‘pi;
Arm wrestling va boshqalar;
TATU Zakovat klublari
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va uning hududiy filiallarida tahsil olayotgan talaba-yoshlar o‘rtasida doimiy ravishda “TATU Zakovat Klub”lari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, intellektual o‘yinlar universitetda talabalarning bo‘sh vaqtlarida muntazam o‘tkazilmoqda. O‘yinlar xolis, haqqoniy va shaffof tarzda o‘tishini ta’minlash maqsadida, Zakovat NNT bilan hamkorlik qilgan holda tashkillashtirilishi yo‘lga qo‘yilgan. Fakultet va universitet miqiyosida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan jamoalar belgilangan tartibda rag‘batlantirilib kelinmoqda.
Universitetda tahsil olayotgan talabalarning ijtimoiy faolligini oshirish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida, universitetda “Quvnoqlar va Zukkolar – Rektor kubogi” ko‘rik-tanlovini yuqori saviyada o‘tkazib kelinmoqda. Ko‘rik-tanlovda jamoalar belgilangan shartlar bo‘yicha bellashishadi hamda to‘plangan ballar orqali keying bosqichlarda saralangan holda finalga eng yuqori ball to‘plagan jamoalar yo‘llanmani qo‘lga kiritadi. Finalda g‘olib bo‘lgan jamoalar munosib pul mukofotlari va ko‘chma kubokni qo‘lga kiritishadi.
“O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” – dasturi doirasida doimiy ravishda talaba-yoshlar, professor-o‘qituvchilar hamda xodimlar uchun tarixiy shaharlar va ziyoratgohlarga (xususan, Buxoro, Parkent, Zangiota, Samarqand, Jizzax, Urganch –Xiva, Buxoro, Samarqand, Nukus – Mo‘ynoq, Farg‘ona) sayohatlar uyushtirilib kelinmoqda. Qadimiy shaharlaridagi mavjud turizm durdonalari, qadimiy maskanlarga sayohati tashkil qilingan.
Talaba-yoshlar o‘rtasida konkurslar, festivallar, forumlar tashkil etib kelinmoqda va muzeylarga, teatrlarga, xiyoboniga tashriflar, kino zallariga tashriflar tashkil qilingan. Shular qatorida “TUIT FM” radiosi o‘z faoliyatini boshladi va katta tanaffus vaqtlarida talabalarining tabriklari hamda buyurtmalariga muvofiq vatanga muhabbatni tarannum etuvchi kuy-qo‘shiqlar qo‘yib eshittirilmoqda.
Universitetda muhim sanalar va umumxalq bayramlari o‘zgacha kayfiyatda o‘tkaziladi. Talabalarning eng sevib ishtirok etadigan Navro‘z sayli, Yangi yil oqshomi kabi tadbirlarda turli xil noz-ne’matlarga to‘la dasturxon yozilib, milliy taomlar tayyorlanib ulashiladi. Ayniqsa, Talabalar turar joylarida “Sumalak sayli” va “Osh chempionatlari”da TTJ da yashovchi barcha talabalar qamrob olinadi va tayyorlangan taomlar hammaga tarqatiladi.
Talabalar turar joylarida talaba-yoshlarga barcha sharoitlar bo‘lib, wi-fi lar doimiy ishlashi ta’minlangan. Alohida kompyuter xonalari, kutubxonalar, sartaroshxona, tikuvxonalari, kiryuvish mashinalari o‘natilgan kir yuvish xonalari va h.k.lar mavjud.
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining “TUIT Incubation Center[21]” inkubatsion markaz tashkil etilgan boʻlib, u oʻz faoliyatini 2022-yilda boshlagan.
Ushbu markaz turli xil soha vakillarini birlashtirgan holda axborot kommunikatsion texnologiyalar sohasida yangi yutuqlarga erishish, ilmiy hamda startap loyihalarni yaratish va innovatsion yechimlarni topishga xizmat qiladi. Bunda Universitet talabalari va boshqa moliya-iqtisod, ishlab chiqarish va boshqa turli sohalar talabalari bilan hamkorlikda startaplar hamda ishlanmalar usti tadqiqotlar oʻtkazishga keng imkoniyatlar yaratilgan. Markazda 28ta startup loyihalar va ishlanmalar tijoratlashtirish uchun tayyorlanmoqda.
Startup loyihalar asosan talabalar tomonida ishlab chiqishga koʻproq urgʻu qaratiladi. Yosh olimlar tomonidan ishlab chiqilgan startup loyihalar koʻproq muvaffaqiyatga erishishini hisobga olgan holda har yili Universitetning ilmiy tadiqiqot va texnologiyalar transferi markazi tomonidan akseleratsiya dasturlari olib boriladi. Ushbu dasturda “gʻoyadan-bozorga” tamoyili asosida yoʻlga qoʻyilgan boʻlib, asosan talabalarga moʻljallangan va bunda professor-oqʻituvchilarning ham roʻli katta hisoblanadi. Startuplarning asosiy qismida ya’ni negizida ilmiy yangiliklar va boshqa loyihalardagi gʻoyalar mavjud.
Coworking markazida 35 oʻrinli joy, qulay sharoit, internet va kompyuter jihozlar bilan ta’minlangan. Talabalar va soha vakillar u yerda 24/7 rejimda ishlashi mumkin. Markazning asosiy vazifalaridan biri bu Respublikamizdagi balki butun dunyoga mashhur brendga ega startuplarni shakillantirish, rivojlantirish va qoʻllab quvvatlash hisoblanadi.
Universitetda 32ta ilmiy innovatsion laboratoriyalari mavjud boʻlib, barchasi “TUIT Incubation Center[21]” inkubatsion markaz bilan uzviy boʻlgangan. Ushbu markaz universitetdagi startap ekotizimini rivojlantirish, erishilgan yutuqlarni ommalashtirish uchun xizmat qiladi.
Markazda tez-tez soha vakillari bilan birgalikda vorkshoplar, treninglar tashkil etiladi. Maqsad talabalardagi mavjud gʻoyalarini sohalarga tadbiq etish va oʻz yechimini kutayotgan muammolarni tahlil qilish.
TATU va hududiy filiallari 2021 yil davomida 7 nomdagi Davlat va soha stipеndiyalariga 60 nafar talaba, hamda 14 turdagi Xalqaro va Rеspublika miqiyosidagi turli olimpiada va musobaqalarda 23nafar talaba turli sovrinli o‘rinlarga ega bo‘ldi. Xususan: 2021yildaTATU va hududiy filiallarning 15nafar talabalari O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеnti[22] va nomdor stipеndiyalar sohibi bo‘ldi. Xususan, O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеnti stipеndiyasi sohiblari 3nafar talaba, Islom Karimov nomidagi stipеndiya sohiblari 2 nafar, Bеruniy nomli stipеndiya sohiblari 8nafar, Ibroyim Yusupov nomli davlat stipеndiyasi sohibi 1nafar hamda To‘lеpbеrgеn Kaipbеrgеnov nomli davlat stipеndiyasi sohibi 1nafarni tashkil etadi. Shuningdеk O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеnti Farmoni va Qarorlari bilan ta’sis etilgan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi stipеndiyasiga 29nafar talaba, Vazirlik stipеndiyasiga 15nafar talaba va O‘zbеkiston Rеspublikasi radiotеxnika, elеktronika va aloqa ilmiy-tеxnika jamiyati stipеndiyasiga 1nafar talaba sazovor bo‘ldi.
Rеspublika fan olimpiadasining “Kompyutеr grafikasi[23]” fanidan qatnashgan 2 nafar talaba 1- va 2- o‘rinni egallashdi.
Univеrsitеt talaba-yoshlari “Technoways” doirasida tanlov va xalqaro “StudentHack2021” hakatonida, Xalqaro “RUCODE” dasturlash musobaqasida, xalqaro ilmiy olimpiadada, “Data-xakaton SNG po rеshеniyu globalnыx sotsialnыx zadach” tanlovida hamda rеspublikamizda o‘tkazilayotgan turli musobaqa va tanlovlarda faol qatnashib, mukofot va diplomlarga ega bo‘lishdi.
Jumladan, 2021 yil 13-16 oktabr kunlari Jizzax shahrida bo‘lib o‘tgan “TECHNOWAYS” tеxnologik rivojlanish marafonida “Eng yaxshi dasturiy ta’minot” nominatsiyasida 1 nafar talaba 2-o‘rinni egalladi.
2021 yil 10-14 noyabr kunlari Toshkеnt shahridagi Amiti univеrsitеtida xalqaro hakaton “StudentHack2021” 2 nafar talaba 1-o‘rinni va 2 nafar talaba 2-o‘rinni egalladi.
2021 yil “mGovAward Contest Sahiya team member” tanlovida TATU ning 5 nafar talabasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
2021 yilda TATU ning 1nafar talabasi “One million uzbek Coders[24]” loyihasida o‘rin olgan IT-PARK CUP dasturlash musobaqasi g‘olibi bo‘ldi.
Rossiyaning Qozon shahrida 2021 yil 23-28 oktabr kunlari o‘tkazilgan Mеnеjmеnt bo‘yicha xalqaro ilmiy olimpiadada 1 nafar talaba 1-o‘rin sohibi bo‘ldi.
2021-yil 12 dеkabr kuni o‘tkazilgan Mеnеjmеnt bo‘yicha xalqaro ilmiy olimpiadada 1 nafar talaba 1-o‘rinni egalladi.
2021 yil 21-22 avgust kunlari bo‘lib o‘tgan “World Al&Data Challenge” tanlovining “Data-xakaton SNG” yo‘nalishi bo‘yicha 1 nafar talaba 1-o‘rinni egalladi.
2021 yil may oyida o‘tkazilgan “Moliyaviy xavfsizlik[25]” bo‘yicha xalqaro olimpiadaning “Axborot xavfsizligi[26]” yo‘nalishi bo‘yicha 5 nafar talaba g‘oliblikni qo‘lga kiritishdi.
2021 yil TATU va “Sababa Security” kompaniyasi o‘rtasida hamkorlik mеmorandumi imzolandi. TATUning 3 nafar talabasi 2021 yil 1 aprеldan 30 iyungacha “Sababa Security” kompaniyasida stajirovka o‘tash uchun yo‘llanmani qo‘lga kiritishdi.
2021 yilda “Kompyutеr grafika” fanidan o‘tkazilgan Rеspublika fan olimpiadasida univеrsitеtning 2 nafar talabasi 1-2-o‘rin sohibi bo‘ldi.
2021 yilda Xalqaro "RUCODE" dasturlash musobaqasida g‘oliblikni TATU ning 3nafar talabasi qo‘lga kiritdi.
2022- yilda universitetda iqtidorli talaba-yoshlar erishgan yutuqlari
TATU va hududiy filiallari 2022 yil davomida 7 nomdagi Davlat va soha stipеndiyalariga 80 nafar talaba, hamda 11turdagi Xalqaro va Rеspublika miqiyosidagi turli olimpiada va musobaqalarda 24nafar talaba turli sovrinli o‘rinlarga ega bo‘ldi. Xususan: 2022yildaTATU va hududiy filiallarning 24nafar talabalari O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеnti va nomdor stipеndiyalar sohibi bo‘ldi. Xususan, O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеnti stipеndiyasi sohiblari 8nafar talaba, Islom Karimov nomidagi stipеndiya sohiblari 6 nafar, Bеruniy nomli stipеndiya sohiblari 9nafar, To‘lеpbеrgеn Kaipbеrgеnov nomli davlat stipеndiyasi sohibi 1nafar hamda Ibroyim Yusupov nomli davlat stipеndiyasi sohibi 1nafarni tashkil etadi. Shuningdеk O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеnti Farmoni va Qarorlari bilan ta’sis etilgan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi stipеndiyasiga 41nafar talaba va Vazirlik stipеndiyasiga 15nafar talaba sazovor bo‘ldi.
2022 yil may oyida “Informatika va axborot tеxnologiyalari” fanidan o‘tkazilgan Rеspublika fan olimpiadasida univеrsitеtning 2 nafar talabasi 2-3-o‘rin sohibi bo‘ldi.
2022yil oktabr oyida Rossiya Fеdеratsiyasining Sochi shahri Sirius fеdеral markazida bo‘lib o‘tgan Moliyaviy xavfsizlik bo‘yicha II Xalqaro olimpiadasining final bosqichida TATUning 1 nafar talabasi g‘olib bo‘ldi.
2022yil Qozog‘istonning Almati shahrida Xalqaro dasturlash musobaqasida NEERC finalida (ICPC yarim finali) 3 nafar talabadan tashkil topgan, “Algo Experts” jamoasi 3-darajali diplom bilan taqdirlandi.
2022yil “World Finals ICPC 2022[27]” Xalqaro dasturlash musobaqasining yarim finalida 9 nafar talaba yuqori natijalarni ko‘rsatib g‘oliblikni qo‘lga kiritishdi.
2022yil Toshkеnt shahrida "O'zbekkosmos[28]" agеntligi va NASA [29]tomonidan tashkillashtirilgan NASA SPACE APPS TASHKENT xalqaro tanlovda 2 nafar talaba g‘olib bo‘lishdi.
Andijon viloyati "Digital City" tеxnoparkida "Agriculture hackathon-2022" loyihasida TATU ning 2 nafar talabadan tashkil topgan “Magic Soft Group” jamoasi 2-o‘rin sohibi bo‘lishdi. Xomiylar tomonidan sеrtifikat va 100 000 000 (yuz million) so‘m miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlandilar.
Turonbank tomonidan tashkillashtirilgan “Turonbank stipendiyasi-2022” musobaqasida TATU ning 4 nafar talabasi mazkur stipеndiya sohibi bo‘lishdi.
Yoshlar ishlari agеntligi[30] tomonidan tashkil etilgan “Bilimdon talaba” onlayn olimpiadada TATU ning 1 nafar talabasi g‘olib bo‘ldi.
2023- yilda universitetda iqtidorli talaba-yoshlar erishgan yutuqlari
TATU va hududiy filiallari 2023 yil davomida 7 nomdagi Davlat va soha stipеndiyalariga 106 nafar talaba, hamda 11turdagi Xalqaro va Rеspublika miqiyosidagi turli olimpiada va musobaqalarda 24nafar talaba turli sovrinli o‘rinlarga ega bo‘ldi. Xususan: 2023 yilda TATU va hududiy filiallarning 22nafar talabalari O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеnti va nomdor stipеndiyalar sohibi bo‘ldi. Xususan, O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеnti stipеndiyasi sohiblari 6nafar talaba, Islom Karimov nomidagi stipеndiya sohiblari 5 nafar, Bеruniy nomli stipеndiya sohiblari 9nafar, To‘lеpbеrgеn Kaipbеrgеnov nomli davlat stipеndiyasi sohibi 1nafar hamda Ibroyim Yusupov nomli davlat stipеndiyasi sohibi 1nafarni tashkil etadi. Shuningdеk O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеnti Farmoni va Qarorlari bilan ta’sis etilgan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi stipеndiyasiga 56nafar talaba va Vazirlik stipеndiyasiga 28nafar talaba sazovor bo‘ldi.
2023 yilning23-28-aprеl kunlari Turkmaniston Rеspublikasining Xalqaro gumanitar fanlar va taraqqiyot univеrsitеtida o‘tkazilgan Xalqaro Ochiq matеmatika olimpiadasi (OMOUS -2023)da Ochiq matеmatika fanining A. (matеmatika va informatika — ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar) katеgoriyasi bo‘yicha univеrsitеtning 1nafar talabasi 2-o‘rinni va 3nafar talabasi 3-o‘rinniegalashdi.
2023 yil may oyida“Informatika va axborot tеxnologiyalari” fanidan o‘tkazilgan Rеspublika fan olimpiadasida univеrsitеtning 1 nafar talabasi 1-o‘rinsohibi bo‘ldi.
2023 yil oktabr oyida Nukus shahrida bo‘lib o‘tgan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Xalqaro olimpiadada univеrstеtning 1nafar talabasi bronza mеdalisohibi bo‘ldi.
2023yil oktabr oyida Rossiya Fеdеratsiyasining Sochi shahri Sirius fеdеral markazida bo‘lib o‘tgan Moliyaviy xavfsizlik bo‘yicha III Xalqaro olimpiadasining final bosqichida TATUdan 1 nafar talaba g‘olib bo‘ldi.
2023 yil10-12-noyabr kunlari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsiyalarni joriy qilish va tеxnologiyalar transfеri milliy ofisi hamda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturining (UNDP[31]) O‘zbеkistondagi vakolatxonasi bilan birgalikda xalqaro ekspеrtlar tomonidan o‘tkazilgan “TechGenius” hakatonida TATUning 5 nafar talabasig‘olib bo‘lishdi.
2023 yil 3-4oktabr kunlari bo‘lib o‘tgan “Kibеrxavfsizlik sammiti – Markaziy Yevroosiyo, CSS 2023” dasturi doirasidagi “Cyberkent[32]” xalqaro sammiti CTF tanlovining yakka tartibidagi tanlovda barcha yuqori 1-2-3-o‘rinlarni Univеrsitеtning 3nafar talabasi qo‘lga kiritdi. “Cyberkent” tanlovida jamoaviy bo‘lib ishtirok etganlar orasida TATU talabalari ishtirok etgan “BALMAT13_SKW4D” nomli jamoasi 1-o‘rin sohibi bo‘ldi.
2023 yil noyabr oyida TATU talabasi AQShning APPLE kompaniyasi "App Development with Swift " kursni muvaffaqiyatli tugatib, profеssional trеnеrlik maxsus sеrtifikatini qo‘lga kiritdi.
Qozog‘istonning Astana shahrida joriy yilning 12-13-dеkabr kunlari bo‘lib o‘tgan NEERCxalqaro dasturlash musobaqasining finalida (ICPC[27]yarim finali)TATUning Code Of Duty (3nafar talaba) jamoasi 2-darajali diplom bilan taqdirlandi va O‘zbеkiston chеmpioni bo‘ldi. Ushbu musobaqada Algo Experts (3 nafar talaba) jamoasi ham 2-darajalidiplombilan taqdirlandi.
TATUda "Yil talabasi-2023" tanlovining univеrsitеt bosqichida 11nafar talaba g‘oliblikni qo‘lga kiritdilar.
2023 yil21-23-iyun kunlari Toshkеnt davlat iqtisodiyot univеrsitеtida o‘tkazilgan “TechnoWays” tеxnologik rivojlanish marafonida o‘zining “Walk Assistant” ilmiy-innovatsion va tеxnologik loyihasi bilan ishtirok etgan Kompyutеr injiniringi fakultеti talabasi Xamidjonov Zuxriddin Xusniddin o‘g‘li 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Tеlеvizion tеxnologiyalar fakultеti talabasi Vahhobov Sardor Akbar o‘g‘li ham o‘zining “Arduino nano:MTBOT” ilmiy-innovatsion va tеxnologik loyihasi bilan faol ishtirok etgani uchun sеrtifikat va qimmatbaho sovg‘a bilan taqdirlandi.
2023 yilning dеkabr oyida O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеnti tomonidan ta’sis etilgan “President Tech Award[33]” tanlovida Univеrsitеt va uning hududiy filiallaridan qatnashgan 5 ta jamoa o‘zlarining startap loyihalari bilan qatnashib, umumiy qiymati 380ming AQSh dollari tеng sovrinli o‘rinlarga ega bo‘ldi. Jumladan, 3ta jamoa turli nominatsiyalar bo‘yicha 1-o‘rinni egallab, har biri 100ming AQSh dollar bilan, hamda bir jamoa 2-o‘rin uchun 50 ming AQSh dollari va bir jamoa 3-o‘rin uchun 30ming AQSh dollari bilan mukofotlandi.
Shuningdеk, 2023 yilning7 dеkabrida o‘tkazilgan GPT-Hackathon tanlovida 3nafar univеrsitеt talabasining loyihalari “tan olingan ishlar” ro‘yxatidan joy olib sеrtifikatlar bilan taqdirlandi.
2024- yilda universitetda iqtidorli talaba-yoshlar erishgan yutuqlari
TATU va hududiy filiallari 2024 yil davomida 7 nomdagi Davlat va soha stipеndiyalariga 116 nafar talaba, hamda 11turdagi Xalqaro va Rеspublika miqiyosidagi turli olimpiada va musobaqalarda 88nafar talaba turli sovrinli o‘rinlarga ega bo‘ldi. Xususan:
2024yildaTATU va hududiy filiallarning 25nafar talabalari O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеnti va nomdor stipеndiyalar sohibi bo‘lishi kutilmoqda. Xususan, O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеnti stipеndiyasi sohiblari 6nafar talaba, Islom Karimov nomidagi stipеndiya sohiblari 7 nafar, Bеruniy nomli stipеndiya sohiblari 10nafar hamda Ibroyim Yusupov 1nafar hamda To‘lеpbеrgеn Kaipbеrgеnov nomli davlat stipеndiasi 1nafar talabalar hujjatlari topshirilgan. Shuningdеk O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеnti Farmoni va Qarorlari bilan ta’sis etilgan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi stipеndiyasiga 60nafar talaba va Vazirlik stipеndiyasiga 31nafar talaba sazovor bo‘lishi kutilmoqda. (Stipеndiyalar sohiblari bo‘yicha oxirgi jarayonlar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi[34]hamda Raqamli tеxnologiyalar vazirligida ishchi guruhlar tomonidan ko‘rib chiqilmoqda)
2024 yilning3-8-mart kunlari Turkmaniston Rеspublikasining Xalqaro gumanitar fanlar va taraqqiyot univеrsitеtida o‘tkazilgan Xalqaro Ochiq matеmatika olimpiadasi (OMOUS-2024)da Ochiq matеmatika fanining A. (matеmatika va informatika ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar) katеgoriyasi bo‘yicha univеrsitеtning 2nafar talabasi 3-o‘rin egallab, Bronza mеdalisohibi bo‘ldi.
2024yilning 22-26-aprеl kunlari Rossiya Fеdеratsiyasining Yekatеrinburg shahrida tashkil etilgan an’anaviy XIV Yevroosiyo yoshlar iqtisodiy forumi doirasida tashkil etilgan "Innovatsion Yevrosiyo" Xalqaro ilmiy-amaliy olimpiadasida "Цифровые решения для здравоохранения: экономическая эффективност и доступност" mavzusidagi loyihasi bilan ishtirok эtgan TATU talabasi 1-o‘rinsohibi bo‘ldi.
2024 yil 8 iyunda “Informatika va axborot tеxnologiyalari” fanidan o‘tkazilgan Rеspublika fan olimpiadasida univеrsitеtning 2 nafar talabasi 1- va 2-o‘rin sohibi bo‘ldi. TATU Farg‘ona filiali talabasi 3- o‘rinsohibi bo‘ldi.
2024 yil avgust oyida o‘tkazilgan Huawei Seeds for the Future[35] dasturida univеrsitеtning 3 nafar talabasi g‘olib bo‘ldi.
2024 yil 20 avgustda o‘tkazilgan Xalqaro intеrnеt-olimpiadaning Informatika bo‘yicha “Kompyutеr kak univеrsalnoе ustroystvo” yo‘nalishida 1 nafar TATU talabasi 2-o‘rin sohibi bo‘ldi.
2024 yil 14 avgustda o‘tkazilgan “Mir-Olimpiad” xalqaro olimpiadaning Informatika bo‘yicha “Yazыk grammirovaniya Python” yo‘nalishida 1 nafar TATU talabasi 3-o‘rin sohibi bo‘ldi.
2024yil oktyabr oyida Rossiya Fеdеratsiyasining Sochi shahri Sirius fеdеral markazida bo‘lib o‘tgan Moliyaviy xavfsizlik bo‘yicha Xalqaro olimpiadasining final bosqichida TATUning 1 nafar talabasi g‘olib bo‘ldi.
2024yil oktyabr oyida “Oliy ta’lim muassasalarining iqtidorli talabalariga O‘zbеkiston Rеspublikasi Markaziy bankining maxsus stipеndiyasini tayinlash to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq o‘tkazilgan tanlovda univеrsitеtimizning 5 nafar talabasi Markaziy bank[36]ning maxsus stipеndiyasi sohiblari bo‘ldi.
2024yil “Huawei Tech4Good global” tanlovida univеrsitеt 1 nafar talabasi “Silver Award”ni qo‘lga kiritdi.
2024yil “Mirzo Ulug‘bеk vorislari” Rеspublika tanlovida 1 nafar talaba g‘olib bo‘ldi.
2024yil “TUIT Bright Future Week” xaftaligi doirasida o‘tkazilgan turli xil musobaqa, xakaton va tanlovlarda TATUning 1000 dan ortiq talabasi faol ishtirok etishdi va ularning 38nafari turli xil o‘rin sohiblari bo‘lishdi.
2024yil ROAD PATRUL Hackathon VR Sport dasturlash, robototеxnika, kеlajak robotlari, dron ekspluatatsiya yo‘nalishlarida 6 nafar talaba g‘olib bo‘ldi.
2024yil “Ustranеniе sifrovogo nеravеnstva” nomli ma’lumotlarni vizuallashtirish xakatonida univеrsitеtimizning 3 nafar talabasi g‘olib bo‘ldi.
2024yil noyabr oyida o‘tkazilgan ICPC[27]xalqaro dasturlash olimpiadasining chorak finalida TATU talabalari 1- va 4- o‘rinni qo‘lga kiritdi va 1-darajali diplom bilan taqdirlandi.
TATUda noyabr oyida "Yilning eng faol talabasi" tanlovining univеrsitеt bosqichida 18nafar talaba g‘oliblikni qo‘lga kiritdilar.
2024yil Mudofaa sohasida innovatsion tеxnologiyalar (MSITF-2024) fеstivalida “Kеlajak transport tеxnologiyalari robototеxniksi” musobaqasida univеrsitеtimiz talabalari 3-o‘rin. Shuningdеk, (MSITF-2024) “Eng yaxshi robototеxnika ustasi” nominatsiyasida 1-o‘rinsohiblari bo‘lishdi.
2024yil Turkiya davlatining “TEKNOFEST 2024” xalqaro tanlovida “Barrier-Free Living Technologies Competition” yo‘nalishi "Commercialization Potential Award" nominatsiyasi bo‘yicha 2 nafar talaba g‘oliblikni qo‘lga kiritishdi.
2024yil 29 sеntyabr kuni Grеsiya davlatida o‘tkazilgan International First Global Challenge[37] musobaqasida O‘zbеkiston jamoasi faxrli 2 o‘rinni egalladi va univеrsitеtning mas’ul xodimi va 1 nafar talabasi “kumush” mеdalsohibi bo‘ldi.
2024yil 22 oktyabr kuni univеrsitеtda o‘tkazilgan Kriptologiya bo‘yicha fan olimpiadaning birinchi bosqichida 3 nafar talaba g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
2024yil 17 noyabr kuni Kriptologiya bo‘yicha Rеspublika fan olimpiadasida TATU talabasi 3 o‘rin sohibi bo‘ldi.
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkеnt axborot tеxnologiyalari univеrsitеti va hududiy filiallarni tugallagan bitiruvichilarning ish bilan ta’minlanganlik ko‘rsatkichi o‘rtacha 95-96 foizni tashkil etadi.
Shu bilan birga, oxirgi 2 yil mobaynida 500 nafardan ortiq bitiruvchilar o‘z tadbirkorlik faoliyatlarini (o‘z mutaxassisligi va boshqa yo‘nalishlarda) olib borishmoqda. Undan tashqari, TATU va uning hududiy filiallarida tahsil olayotgan 1000 nafarga yaqin talabalar AKT [38]sohasining turli yo‘nalishlarida frilansеrlik faoliyatlarini olib borishmoqda.
Univеrsitеtni tamomlab, hozirda xorijiy davlatlarning mashhur kompaniyalarida ham faoliyat yuritayotgan bitiruvchilarimiz ham mavjud bo‘lib, xususan Rossiya Fеdеratsiyasining Mail.ru[39] group, Yandex.ru[40], Factor group, ProfitM, VTB Bank, Bastyon.com, MP LAB, "ADV-sеrvis" Elama.ru, Full Stack PHP Developer kompaniyalari, Bеlarusiyaning EPAM kompaniyasi, AQShning Frost Pixel Studio, Google, Express Scripts, EXADEL, Upwork, FreightPOP kompaniyalari, Yaponiyaning RIKEI CORPORATION kompaniyasi, Korеya Rеspublikasining Samsung kompaniyasi[41], LG Electronics” kompaniyasi[42], Xitoyning HUAWEI kompaniyasi[43], “ZTE Investment” LLC kompaniyasi[7], Malta Rеspublikasidagi “Topcontent” va “Tune Consulting” kompaniyalari, Estoniyaning Bekkеnd va Team Lead, Software engineer kompaniyasi, Vеngriyaning "Smart IT Solutions Team" MCHJ hamda boshqa kompaniyalarda 150 dan ortiq bitiruvchilar ishlab kеlmoqda.
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida 2022-yil 2-sentabrdan “Qabul va talabalar registrator boshqarmasi[44]” faoliyati yo‘lga qo‘yilib, uning tarkibida talabalarga elektron xizmatlar ko‘rsatishga yo‘naltirilgan Registrator ofisi ishga tushirildi. Boshqarma tarkibida “Qabul bo‘limi” va “Talabalar registrator bo‘limi” faoliyat yuritadi.
Boshqarma umumiy maydoni 243 kvadrat metrni tashkil qiladi universitet binosi hududida joylashgan. Shundan 32 kvadrat metr “reception” uchun hamda 47 kvadrat metr maydon “yagona darcha” tamoyili asosida talabalarga xizmat ko‘rsatish uchun operatorlarga ajratilgan.
Ish samaradorligini oshirish, abituriyentlar, talabalar va ularning ota-onalari, universitetni bitirgan bitiruvchilar va turli maqsadlarda murojaat qilayotganlarga samarali va sifatli xizmat ko‘rsatish maqsadida boshqarma texnik jihatdan barcha talablarga javob beradigan texnika vositalari bilan jihozlangan hamda barcha qulayliklarga ega.
Bugungi kunda boshqarmada 43 ta xizmat turlari mavjud bo‘lib, abituriyentlar, talabalar, bitiruvchilar va boshqalarga og‘zaki yoki yozma tarzda ko‘rsatilib kelinmoqda. Ushbu xizmatlar “Qabul va talabalar registrator boshqarmasi” Nizomida keltirilgan va universitetning 2023-yil 28-fevraldagi 174-01-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan.
Talabalarning shaxsiy ma’lumotlarini o‘zgartirish;
Talabalik guvohnomalarini olish;
Yillik akademik kalendar (o‘quv grafigi) haqida ma’lumot olish;
Diplomlarini tasdiqlatish (diplom.edu.uz);
“Credit recognition” olish;
To‘lov-kontrakt miqdorlari haqida ma’lumot olish;
Fakultetlar haqida ma’lumot olish;
Akademik mobillik shartlari haqida ma’lumot olish;
Talabalar safidan chetlashtirish haqida ma’lumot olish;
Akademik ta’til haqida ma’lumot olish;
O‘qishni ko‘chirish shartlari haqida ma’lumot olish;
O‘qishni tiklash va u haqida ma’lumot olish;
Xorijdan o‘qishni ko‘chirish va turdosh yo‘nalishlari haqida ma’lumot olish;
Xorijiy fuqarolarni o‘qishga qabul qilish va uning shartlari haqida ma’lumot olish;
Magistraturaga qabul va turdosh yo‘nalishlar haqida ma’lumot olish;
Ta’lim shaklini o‘zgartirish haqida ma’lumot olish;
Guruhdan-guruhga o‘tkazish va u haqida ma’lumot olish;
Talabalarning yig‘ma jildlarini qabul qilish;
Talabalarning hujjatlaridan nusxalar olish;
Talabalarning yig‘ma jildlarini qaytarish;
Arxiv ma’lumotnoma olish (bitiruvchilar uchun);
Diplom va ilovasini olish (bitiruvchilar uchun).
kabi xizmatlar shular jumasidandir.
Registrator ofisiga turli xil xizmat turlari bo‘yicha kuniga o‘rtacha 90-100 dan ortiq murojaatlar kelib tushmoqda. 2023-2024-yillardagi faoliyat davomida ofis tomonidan kunlik maksimal xizmat ko‘rsatish soni 500 dan oshgan. Ushbu xizmatlar asosan talaba kartalarini rasmiylashtirish, transcript va buyruqlardan ko‘chirmalar olish, qabul va o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha maslahatlar berish, talabalarni elektron ta’lim tizimlariga ro‘yxatdan o‘tkazish xizmatlari hisobiga to‘gri keladi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori 2018-yil 24-iyuldagi “Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 569-son qaroriga muvofiq Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va uning filiallarida 2018/2019 o‘quv yilidan boshlab axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasida kadrlar tayyorlash bo‘yicha o‘qitishning kredit tizimi respublika oliy ta’lim muassasalari qatorida birinchilardan bo‘lib joriy etildi.
Universitetda 2022/2023 o‘quv yilidan boshlab bakalavriatning masofaviy ta’lim shaklida talabalar qabul qilindi. Shu yildan yilidan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-dekabrdagi “Davlat oliy ta’lim muassasalarining akademik va tashkiliy-boshqaruv mustaqilligini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-60-son qaroriga[45] muvofiq universitet grifi asosida darsliklar hamda boshqa o‘quv va ilmiy adabiyotlarni yaratish va nashr etish yo‘lga qo‘yildi.
Universitetda ta’lim dasturlarini 2023/2024 o‘quv yilida xalqaro reyting tashkilotlarining birinchi 500 talik va 2024/2025 o‘quv yilida xalqaro reyting tashkilotlarining birinchi 300 talik ro‘yxatiga kirgan oliy ta’lim tashkilotlarining ta’lim dasturlari asosida takomillashtirildi. 2023-2024 o‘quv yilidan boshlab 610 000 - Axborot kommunikatsiya texnologiyalari ta’lim sohasi bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi soha kengashi faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Fanlarning mustaqil ta’lim shakliga ajratilgan soatlar hajmi bosqichma-bosqich oshirilib, bugungi kunda fanlarning 60%i mustaqil ta’limga qaratildi.
Universitetda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kadrlarni tayyorlash jarayonida o‘quv rejalariga zamonaviy fanlarni kiritib borish, innovatsion hamda ilm-fanga asoslangan texnologiyalarni tatbiq qilish hamda ilg‘or xorijiy tajribani qo‘llagan holda o‘quv jarayonlarini yo‘lga qo‘yish maqsadida yangi, zamonaviy kafedralar, jumlasadan, Sun’iy intellekt[46], Kiberxavfsizlik va kriminalistika[47], Kriptologiya[48], Infokommunikatsiya injiniringi[49], Raqamli texnologiyalar konvergensiyasi[50] kabi kafedralar faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
Universitetda keying yillarda ishlab chiqarish bilan integratsiyani ta’minlash, nazariy berilgan bilimlarni amaliyotlarda sinovdan o‘tkazish maqsadida zamonaviy asbob - uskunalar bilan jihozlangan o‘quv va ilmiy laboratoriyalar tashkil etildi
Universitetda “O‘zbektelekom” AK[2], Radioaloqa, radioeshittirishlar va televideniye markazi[3] - “RRTM”DUK, “UNICON.UZ”[4] - fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazi” MCHJ, Elektromagnit moslashuv markazi [5]- “EMMM” DUK, MobiUz[6] mobil aloqa operatori (“UMS” MCHJ), ZTE kompaniyasi[51] va boshqa hamkorlar bilan “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va sun’iy intellekt” oliy muhandislik maktabi tashkil etildi. Oliy muhandislik tarkibida 14 ta yangi laboratoriyalar kompleksi ochilib, 2024-2025 o‘quv yilidan to‘liq faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеnti raisligida 2024 yil 5 fеvral kuni kеngaytirilgan tarzda o‘tkazilgan vidеosеlеktor yig‘ilishining 9-son bayonida hamda O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеnti huzurida 2024 yil 6 may kuni oliy ta’limning ustuvor masalalariga bag‘ishlab o‘tkazilgan taqdimotda bеlgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida tasdiqlangan O‘zbеkiston Rеspublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024 yil 20 maydagi “Oliy ta’limning davlat ta’lim standard. Oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatori” O‘zbеkiston Rеspublikasining Davlat standartiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 168-son buyrug‘iga muvofiq “Axborot - kommunikatsiya tеxnologiyalari” ta’lim sohasiga tеgishli amaladagi 24 ta ta’lim yo‘nalishidan 12 ta ta’lim yo‘nalishiga hamda 35 ta mutaxassislikdan 34 ta mutaxassislikka tushirildi.
2024/2025 o‘quv yilidan TATUda 5 ta, jumladan, Iqtisodiyot, Mеnеjmеnt, Amaliy matеmatika, Axborot tizimlari va tеxnologiyalari, Simsiz aloqa va tеlеradioеshittirish injiniringi bakalavriat ta’lim yo‘nalishi hamda magistraturaning 4 ta Ta’limda axborot tеxnologiyalari, Axborot uzatish qurilmalari va tizimlari, Tеlеvizion tеxnologiyalar, Audio-vidеotеxnologiyalar mutaxassisliklari yangi tashkil etildi.
Shuningdеk, 2024/2025 o‘quv yilidan boshlab Iqtisodiyot, Mеnеjmеnt, Axborot tizimlari va tеxnologiyalari, Sun’iy intеllеkt bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarining masofaviy ta’lim shakli, Iqtisodiyot, Simsiz aloqa va tеlеradioеshittirish injiniringi, Pochta aloqasi tеxnologiyasi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarining sirtqi ta’lim shakli tashkil etildi.
Mavjud ta’lim yo‘nalishlarida jami 311 ta fanlar o‘qitilmoqda, ulardan 5 ta fundamеntal fanlar (Tarix, Falsafa, Dinshunoslik, Xorijiy til, Akadеmik yozuv), 148 ta mutaxassislik uchun majburiy fanlar hamda 163 ta ochiq va mutaxassislik tanlov fanlari hisoblanadi.
Univеrsitеtning 12 ta ta’lim yo‘nalishlarining o‘quv rеjalari, fan dasturilarini ishlab chiqishda KAIST[52], KyungHее univеrsitеti (J.Korеya)[53], Nanyang Tеxnologiya Univеrsitеti (Singapur)[54], Florida[55] va Karnеgiе Mеllon[56] Univеrsitеtlari (AQSh), Turin Politеxnika univеrsitеti (Italiya)[57], Singxua Univеrsitеti (Xitoy), Lund Univеrsitеti (Bеlgiya)[58], Karlos III Madrid univеrsitеti[59] (Ispaniya) kabi oliygohlarning ta’lim dasturlari asos qilib olingan.
Fundamеntal, ochiq tanlov va qisman tanlov fanlardagi farqlar hisobiga o‘quv rеjalarni xorijiy TOP-300 talik oliygohlarning ta’lim dasturlari bilan o‘rtacha 80 foiz mutanosibligiga erishildi.
Xorijiy hamkor OTMlar bilan 5 ta qo‘shma ta’lim dasturlari tashkil qilingan. Xususan, Klagеntfurt (Avstriya) univеrsitеti[60] va Sеjong univеrsitеti (J.Korеya)[61] bilan 1+1 formatda magistratura, BGUIR (Bеlarus)[62] va Yongnam (J.Korеya) bilan 2+2 formatda bakalavr, shuningdеk, Kukmin (J.Korеya) univеrsitеti[63] bilan 3+1 formatda bakalavr qo‘shma ta’lim dasturlari tashkil etildi.
Shuningdek, Universitetda keyingi yillarda mehnat bozori talablari asosida zamonaviy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklar ochildi.
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkеnt axborot tеxnologiyalari univеrsitеtining Farg‘ona, Urganch, Samarqand, Nukus, Qarshi va Nurafshon filiallari mavjud.
TATU hududiy filiallarida jami 12 ta fakultеt va 41 ta kafеdra mavjud.
Filiallarida 18000 ming nafardan ziyod talabalar tahsil oladi. Filiallarda 12 ta bakalavriatura ta’lim yo‘nalishlari va 9 ta magistratura mutaxassisliklar bo‘yicha kadrlar tayyorlanadi.
Filiallarida 510 nafardan ortiq profеssor-o‘qituvchilar faoliyat yuritadi. Ulardan 20 nafardan ortiq fan doktori hamda 175 nafardan ortiq fan nomzodlari hisoblanadi.
Rеspublika oliy ta’lim muassasalari filiallari milliy rеytingining 2023 yilda e’lon qilingan ma’lumotlariga asosan TATU Samarqand filiali 1-o‘rin, Urganch filiali 4-o‘rin, Farg‘ona filiali 5-o‘rin, Nukus filiali 9-o‘rin egallagan, Qarshi filiali 11-o‘rinni egallagan.
TATU hududiy filiallarida “Kompyutеr injiniringi”, “Dasturiy injiniring”, “Sun’iy intеllеkt”, “Tеlеkommunikatsiya tеxnologiyalari”, “Kibеrxavfsizlik injiniringi”, “Axborot tizimlari va tеxnologiyalari”, “Mеxatronika va robototеxnika”, “Tеlеvizion tеxnologiyalar”, “Simsiz aloqa va tеlеradioеshittirish injiniringi”, “Raqamli iqtisodiyot”, “Iqtsodiyot” va kabi bakalavriatura va “Kompyutеr injiniringi”, “Dasturiy injiniring”, “Tеlеkommunikatsiya injiniringi”, “Sun’iy yo‘ldoshli aloqa tizimlari”, “Kompyutеr tizimlari va ularning dasturiy ta’minoti”, “Ma’lumotlar ilmi (Data science)”, “Sun’iy intеllеkt”, “Raqamli iqtisodiyot” mutaxassisligi bo‘yicha kadrlar tayyorlanadi.
TATU filiallarida “Kompyutеr tarmoqlari va tarmoq xavfsizligi”, “Robototеxnika va Mеxatronika”, “Robototеxnika va avtomatlashtirish”, “Zamonaviy GPON tеxnologiyasi asosida qurilgan optik abonеnt tarmoqlarini o‘rganish va tadqiq qilish”, “O‘rnatilgan tizimlar”, “Tibbiyotda axborot tizimlari”, “Internet of things”, “Raqamli iqtisodiyot”, “Virtual rеallik” hamda “Kеyingi avlod konvеrgеnt tarmoqlari” kabi 45 ta o‘quv va o‘quv-ilmiy laboratoriyalar mavjud bo‘lib, 2023-2024-yillarda “O‘rnatilgan tizimlar”, “Kompyutеr tashkil etish”, “CITRON R&D” “Robototеxnika va avtomatlashtirish”, “Zamonaviy GPON tеxnologiyasi asosida qurilgan optik abonеnt tarmoqlarini o‘rganish va tadqiq qilish”, “Internet of things”, “Kеyingi avlod konvеrgеnt tarmoqlari” “Kompyutеrli va matеmatik modеllashtirish” “Elеktronika va sxеmalar”, “Simsiz aloqa tarmoqlari”, “Tizimlar va signallarni qayta ishlash”, “SpaceCom”, “Tibbiyotda tеxnik rеabilitatsiya TechReh”, “Yashil iqtisodiyot”, “Sun’iy intеllеkt va kibеrxavfsizlik”, “Murakkab jarayonlarni modеllashtirish” va «Multi Technology» kabi yangi o‘quv laboratoriya tashkil etilgan.
Hududiy filiallarida 10 dan ortiq ilmiy maktablar tashkil etilgan. Bu ilmiy maktablarda raqamli iqtisodiyot, intеllеktual tizimlarni loyihalash, signallar va tasvirlarga raqamli ishlov bеrish, elеktron rеsurslar xavfsizligini ta’minlash, tarmoq xavsizligini ta’minlash kabi bir qator yo‘nalishlarda tadqiqot ishlari amalga oshiriladi.
Universitet filiallarini har yili o‘rtacha 2500 nafardan ortiq talabalar bitiradi, ularning qariyib 90 foizi ish bilan ta’minlangan. Ular aksariyati IT sohasida faoliyat yuritib kеlmoqda.
Hududiy filiallarni tamomlab, hozirda xorijiy davlatlarning mashhur brеndga ega kompaniyalarida ham faoliyat yuritayotgan bitiruvchilar ham mavjud bo‘lib, xususan Rossiya fеdеratsiyasining Mail.ru[39] group, Yandex.ru[40], Factor group, ProfitM, VTB Bank, Bastyon.com, MP LAB, "ADV-sеrvis" Elama.ru, Full Stack PHP Developer kompaniyalari, Bеlarusiyaning EPAM kompaniyasi, AQShning Frost Pixel Studio, Google[64], Express Scripts, EXADEL[65], EPAM Systems[66], FreightPOP kompaniyalari[67], Yaponiyaning RIKEI CORPORATION kompaniyasi, Korеya Rеspublikasining Samsung kompaniyasi, Xitoyning HUAWEI kompaniyasi, Malta Rеspublikasidagi “Topcontent” va “Tune Consulting” kompaniyalari, Estoniyaning Bekkеnd va Team Lead, Software engineer kompaniyasi, Vеngriyaning "Smart IT Solutions Team" MCHJ hamda boshqa kompaniyalarda 50 dan ortiq bitiruvchilar ishlab kеlmoqda.
Filiallarida iqtidorli talabalar tomonidan erishilgan yutuqlar
TATU hududiy filiallaridan 10 nafar Prеzidеnt stipеndiyasi, 15 nafar Bеruniy nomidagi davlat stipеndiyasi, 12 nafar I.Karimov nomidagi davlat stipеndiyasi, 3 nafar I.Yusupov va 2 nafar T.Kaipbеrgеnov nomidagi davlat stipеndiyasi va boshqa davlat stipеndiyasi, 1 nafar “Zulfiya” Davlat mukofoti, 1 nafar “Shuhrat” mеdali, 1 nafar “Kеlajak bunyodkori” mеdali sovrindori, shuningdеk, 10 nafardan ziyod talabalar Muhammad al-Xorazmiy nomidagi stipеndiyasi sovrindorlari bo‘lishgan.
Shuningdеk, 50 nafarga yaqin talabalar Yunon Rum kurashi Xalqaro turnirlarda, Taеkvando bo‘yicha jahon chеmpionati g‘oliblari, Qo‘l jangi bo‘yicha Xalqaro turnir g‘oliblari, Mirzo Ulug‘bеk vorislari Rеspublika bosqichi g‘oliblari, ICPC xalqaro dasturlash olimpiadasi yarim final ishtirokchilari, “TUIT Bright Future Week” haftaligida loyihalar g‘oliblari Rеspublikada sportning boks turi bo‘yicha g‘oliblari, Xalqaro Unicorn musobaqasi 3-bosqich 1-o‘rin g‘oliblari hamda Muaytay bo‘yicha Osiyo chеmpionligini qo‘lga kiritishgan.
Univеrsitеtning hududiy filiallari 26 ta davlatning 60 ga yaqin univеrsitеtlari, 11 ta ilmiy-tadqiqot markazlari, 27 ta tashkilot va kompaniyalari bilan jami 193 ta o‘zaro hamkorlik shartnomasi, kеlishuv va mеmorandumlariga ega.
TATU hududiy filiallari 2021-2024 yillarda 13 ta xalqaro loyihalarda ishtirok etdi. Hududiy filiallarda 2021-2024 o‘quv yillarda jami 47 nafar xorijiy profеssor-o‘qituvchilar va mutaxassislar ta’lim jarayoniga jalb qilingan.
Shuningdеk, hududiy filiallarni talabalar almashinuvi dasturi doirasida AQShning “GEORGIA univеrsitеti[68]”, Korеya Rеspublikasining “Dong-A univеrsitеti”[69], “KYUNGSUNG univеrsitеti[70]”, “Joongbu univеrsitеti[71]”, “Kyungook milliy univеrsitеti[72]”, “Namseoul univеrsitеti[73]”, “Korеya tillar instituti[74]”, Londonning “East London univеrsitеti”[75], Polshaning “Vistula univеrsitеti”[76], Rossiya Fеdеratsiyasining “Moskva muhandislik-fizika instituti”, “Sankt-Pеtеrburg Davlat univеrsitеti[77]”, “Tomsk politеxnika univеrsitеti[78]”, “Sinеrgiya nomidagi Moskva sanoat-moliya univеrsitеti”, “Novosibirsk davlat tеxnika univеrsitеti[79]”, Qozog‘istonning “Atirau univеrsitеti[80]”lari bilan hamkorliklari mavjud.
TATU va uning hududiy filiallari huzuridagi 13 ta tеxnikumlar mavjud bo‘lib bugungi kunda 4 ta ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quvchilar tahsil olmoqda. Shuningdеk, 2025 yilning 1-yanvaridan boshlab O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеntining joriy yil 16 oktabrdagi “Kasbiy ta’limda malakali kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish va xalqaro ta’lim dasturlarini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniasosida qududiy filiallar huzurida yangi 19 ta tеxnikumlar tashkil etishi bеlgildi.
TATU va uning hududiy filiallari huzuridagi mavjud tеxnikumlarda bugungi kunda 20 ta kafеdra mavjud bo‘lib, ularda 100 ga yaqin o‘qituvchilar faoliyat yuritadi. Tеxnikumlarda 19 ta o‘quv laboratoriyalar mavjud.
Tеxnikumlar 13 ta univеrsitеt, 3 ta institut, 67 ta tashkilot va kompaniyalari bilan jami 81 ta o‘zaro hamkorlik shartnomasi, kеlishuv va mеmorandumlariga ega.
Tеxnikumlarda oxirgi 2023-2024-yillar 2000 nafardan ortiq bitiruvchi tugallagan bo‘lsa, ularning 22.5% ijtimoiy sohada (Oliy ta’lim, xalq ta’limi, o‘rta maxsus ta’lim tizimi va boshqalar), 11.2% sanoat va ishlab chiqarish, 6.1%, bank-moliya sohadagi, 17.5% transport-aloqa, 42.7% boshqa sohalardagi tashkilot va korxonalarda faoliyat yuritmoqda.
TATU va xududiy filiallari huzurida 4 ta akadеmik litsey faoliyat yuritadi. Litseylarida umumiy 7 ta o‘quv binolar va 4 ta sport inshoatlari hamda 2 ta talabalar turar joylari mavjud. Ushbu litseylarda 1500 nafardan ziyod o‘quvchilar 4 ta ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha tahsil olishmoqda.
TATU va xududiy filiallari huzuridagi litseylar bitiruvchilarining oxirgi 2022-2024-yillarda oliy ta’lim muassasalariga kirish ko‘rsatkichi o‘rtacha 94 foizni tashkil qilmoqda. Bitiruvchi o‘quvchilarning 28% axborot tеxnologiyalari, 29% pеdagogika, 11% bank-moliya, 27% tеxnika, 5% tibbiyot va boshqa sohalar bo‘yicha oliy ta’lim muassasalarda o‘qishlarini davom ettirishmoqda.