Surma rudalari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Surma rudalari — tarkibidagi surma sanoatda foydalanish uchun texnik tomondan qulay va iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq boʻlgan birikma va konsentratsiyalarda mavjud tabiiy mineral hosilalar. Surma Ta, Pt, Vi, Ag, In, Se elementlari kabi Yer poʻstida kam uchraydi. Tabiatda surmaning sulfidiantimonit (Sb2S3) ancha keng tarqalgan, unda 71,4% surma bor. Surma rudalari baʼzan Sb, Cu, Hg, Pb, Fe ning murakkab sulfidlari (bartyerit, jemsonit, tetraedrit, livingstonit va boshqalar), shuningdek, surma oksidlari (senarmontit, servantit, stibikonit va boshqalar), oksixloridli (nadorit va boshqalar) surma birikmalaridan iborat. Qatlamli ruda tanalarida surma miqdori: 1 — 10%, tomirsimon ruda jinslarida 3—50% (oʻrtacha 5—20%) eng kami 1,5— 2% ni tashkil qiladi. Surma rudalari togʻ jinslaridagi darzliklarni past trali gidrotermal eritmalar bilan toʻldirilishi hamda ularni surma minerallari bilan oʻrin almashishidan hosil boʻladi. Surma rudalari sanoat konlarining asosiy massasi genetik jihatdan gidrotermal guruxning plutogenli (tarkibida surma boʻlgan polisulfid rudalar va komplekslilar koʻp), teletermal (monometall antimonitli rudalar) va vulkanogenli (oksidli, oksixloridli rudalar) sinflariga mansub. Surma rudalari konlarining koʻpchiligi teletermal genezisga ega. Sanoatda bunday konlarning , asosan, 2 turi slanetslar ostidagi ohaktoshlarning kremnezem va surma birikmalari bilan metasomatik oʻrin almashishi natijasida hosil boʻlgan mustahkam katlamsimon uyumlardagi qatlamli tana, linza, uyalar va shtokverklardan (Qadamjoy,Teraksoy, Jijikrut — Oʻrta Osiyo; Sikuanshan — Xitoy) hamda gidrotermal oʻzgarishlarga uchragan slanetslarda tomirsimon yoki oʻzaro kesishgan kvarsantimonit tarkibli ruda tanalaridan (Razdolye, Sarilax) foydalaniladi. Ushbu tur Sr., asosan, yuqori sifatli kvarsantimonit tarkibli monometall rudalar boʻlib, bu polisulfid kompleksli rudalar baʼzan oʻzida flyuorit aralashmasi va Hg, Ai, Ag, Si, Pb, Zn, W, Sn, As minerallarni mujassam kiladi. Sr. konlari, asosan, yopiq — yer osti usulida qazib olinadi. Tomirli konlardagi shtufli boy rudalar boyitishni talab qilmaydi, bir oz kambagʻalroq rudalar gravitatsionflotatsion usulida surmaning 30—55%li konsentratsiyasini olish bilan boyitiladi. Tabiatda Sr. komplekspolisulfid tarkibda uchraydigan kon turi koʻp; bular qatoriga misnikelsurmali Sadberi (Kanada), Norilsk (Rossiya); surmavolframli Taoan, Vosi (Xitoy); surmasimobmargimushli Haydarkon (Qirgʻiziston), surmaoltinkumushli Gravelot (JAR), Sanshayn (AQSH) va boshqa Dunyodagi eng yirik surma konlari sifatida Taoan, Vosi, Sikuanshan (Xitoy), Qadamjoy (Qirgʻiziston), Jijikrut (Tojikiston), Sarilax, Razdolye (Rossiya), Hammimat (Jazoir), Senator (Turkiya), Churkini (Boliviya)larni qayd qilish mumkin. Oʻzbekistonda esa, faqat gʻarbiy hududlardagi baʼzi oltin konlarida (Kaltasoy, Koʻkpatos) Surma rudalari kam uchraydi. Kushon podsholigi davrida (14 a.lar) Markaziy Qizilqumdagi konlardan qazib olib qayta ishlangan surmaning boshqa metallar bilan krtishmalari koʻp ishlatilgan (yana q. Surma).