Tomir jinslar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Tomir jinslar (petrografiyada) — Yer poʻstida tomir va daykalar shaklida yotgan magmatik togʻ jinslari. Tomir jinslar butkul mustaqil holatda yoki intruziv massivlar bilan boklik boʻlishi mumkin. Tomir jinslar kimyoviy va mineral tarkibi jihatidan otqindi togʻ jinslariga qisman oʻxshash. Intruziv jinslarga yaqin boʻlib, tarkibi jihatidan ulardan ajratib boʻlmaydigan ashxist va maʼlum darajada ajratsa boʻladigan diashxist Tomir jinslar deb ataladi. Diashxist Tomir jinslar, oʻz navbatida, toʻq rangli minerallarga boy (melanokrat jinslar yoki lamprofirlar), shuningdek, och rangli minerallardan tuzilgan (leykokrat jinslar — aplitlar) turlarga boʻlinadi. Baʼzan bunday jinslar yirik yoki gigant zonali boʻlib, pegmatit tomirlar deyiladi. Intruziv togʻ jinslarining deyarli har bir turiga moye Tomir jinslar ning turlari — leykokrat yoki melanokrat jinslarga toʻgʻri keladi. Tomir jinslar, odatda, porfirsimon strukturali, asosiy massasi toʻliq kristallangan boʻladi, baʼzan shishasimonlari ham uchraydi.