Teletermal konlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Teletermal konlar (tele... va yun. therme — issiq, qaynoq) — foydali qazilmalarning gidrotermal tipdagi konlari boʻlib, yer yuzasiga yaqinroqda harakatlanadigan, 50° dan 200° gacha boʻlgan qaynoq minerallashgan eritmadan mineral massalarning choʻkishi natijasida hosil boʻladi. Odatda, qatlamsimon uyumlar, nisbatan kamroq oddiy mineral tarkibiga ega boʻlgan ruda (baʼzi surma, simob, barit, flyuorit ruda konlari)ning tomirli tanalarini hosil qiladi. Teletermal konlar Yerning chuqur kismidagi magmatik jinslardan uzokda boʻlsa ham, lekin ular bilan qaynoq minerallashgan suvli eritma orqali bogʻlangan deb taxmin qilinadi. Bunday konlarni amerikalik geolog L. Greyton (1933) Teletermal konlar deb nomlagan. 1969 yildan boshlab qoʻrgʻoshin, rux va mis rudalarining Teletermal konlar stratiform konlarnksh maxsus sinfida koʻrsatilgan.