Sumi viloyati

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Sumi viloyati

Sumi viloyati — Ukraina tarkibidagi viloyat. Ukraina shimoli-sharqida joylashgan. 1939 y. 10 yanvarda tashkil etilgan. Maydoni 23,8 ming km kv. Axolisi 270,214 ming kishi (2011), asosan, ukrainlar (89 %), shuningdek, rus va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Shahar aholisi 65 %. 18 tuman, 15 shahar, 20 shaharcha bor. Markazi — Sumi sh. Boshqa muhim shaharlari: Konotop, Shostka, Romni, Trotsyanets, Axtirka, Belopolye, Putivl, Drujba, Krolevets. Iqlimi mo'tadil kontinental.Yirik daryolari - Desna, Sula, Psel, Vorskla. Viloyatda 300 ga yaqin sanoat korxonasi bor. Sanoat mahsuloti ichida oziq-ovqat sanoati 36,1%ni, mashinasozlik va metallsozlik 23,2%ni, yengil sanoat 10,7%ni tashkil qiladi. Oziqovqat sanoatida shakarqand, goʻsht va goʻshtkonserva, unyorma, spirt va likyorarak, sut, tarmoklari rivojlangan. Mashinasozlik va metallsozlik, elektron mikroskop, nasos, ogʻir kompressor, choʻyan quyish, elektr mexanika, lokomotiv vagon taʼmirlash hamda poligrafiya mashinalari zavodlari va boshqa ishlab turibdi. Yirik kimyo korxonalari: "Svema" ishlab chiqarish. birlashmasi (rangli va oqqora kinofotoplyonka hamda magnitofon lentalari chiqariladi), "Ximprom" ishlab chiqarish. birlashmasi, kimyo reaktivlari va oshlovchi ekstrakt zavodi. Toʻqimachilik, tikuvchilik, koʻnpoyabzal va moʻyna, oʻrmon, yogʻochsozlik, mebel, chinnifayans korxonalari bor. Viloyatdea 3 ta IES bo'lib ular -Sumi, Axtrka, SHostke shaharlarida joylashgan.

Qishloq xoʻjaligi gʻalla, lavlagi, kartoshka sabzavot yetishtirish va gushtsut chorvachiligiga ixtisoslashgan. Qoramol, choʻchqa, qoʻy va echki boqiladi.

Transport yoʻli uzunligi 770 km. Viloyat hududidan " Urengoy - Pomari- Ujgorod " neft quvuri o"tgan. Avtomobil yoʻllari uz. 11 ming km dan ziyod, kattik qoplamali (beton va boshqalar) yoʻllar 2,8 ming km. 2 ped. instituti, Sumi davlat unversiteti, 3 muzey, drama teatri bor.