Vinnitsa viloyati

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Vinnitsa viloyati
ukraincha: Вінницька область

Gerb
Gerb
Bayroq
Bayroq
Viloyat
Tarkibida 27 tuman, 18 shahar, 29 shtq, 1466 qishloq
Maʼmuriy markazi Vinnitsa
Yirik shahari Vinnitsa
Boshqa yirik shaharlari Jmerinka, Mogilev-Podolsk, Xmelnik
Asos solingan sanasi 1932 yil 27-fevral
Viloyat davlat maʼmuriytining boshligʻi Ivan Movchan
Aholi (2013) Decrease1 619 253 kishi.[1]
Zichligi 61,07 kishi./km²
Millatlar tarkibi ukrainlar
Maydoni 26 513 km² (4,39 %, 12-oʻrin)
Balandligi
dengiz sathidan
 Baland choʻqqisi


 368 m
Vaqt mintaqasi Andoza:EET
Kod ISO 3166-2 UA-05
Telefon kodi +380 43
Pochta indeksi 21xxx, 22xxx, 23xxx, 24xxx
Internet domeni .vinnica.ua, .vn.ua
Avtomobil raqami kodi AB
Rasmiy sayti http://www.vin.gov.ua
Xaritada
Vinnitsa viloyati xaritada
Vinnitsa viloyati, Xarita
Koordinatalari: 48.93°0′0″N 28.69°0′0″E / 48.93000°N 28.69000°E / 48.93000; 28.69000 G O

Vinnitsa viloyati (ukraincha: Вінницька область) — Ukraina tarkibidagi viloyat. 1932 yil 27 fevralda tuzilgan. Maydon 26,5 ming km2. Aholisi 194,6 ming kishi (1999), 25 tumanga boʻlingan, 10 shahar, 29 shaharcha bor. Janubida Moldova Respublikasi bilan chegaradosh. Markazi — Vinnitsa shahri.

Viloyat hududining aksari qismi Podoliya va Dnepr boʻyi qirlarida joylashgan. Iqlimi moʻʼtadil kontinental. Yanvarning oʻrtacha tempaturasi — 4, −6", iyulniki 18,8-20,5°. Yiliga 500- 550 mm yogʻin yogʻadi. Vegetatsiya davri 200 kun. Vinnitsa viloyatidan Janubiy Bug, Dnepr oqib oʻtadi. Tuprogʻi asosan qoratuproq va sur tuproq. Hududining 12,6% oʻrmon. Yelik, boʻri, tulki, oʻrmon suvsari, olmaxon, quyon, kemiruvchilar, daryo qirgʻoqdarida qunduz, oʻrdak, gʻoz yashaydi. Asosiy aholisi — ukrainlar (92% ga yaqin); shuningdek rus, yahudiy, polyak va boshqalr ham yashaydi.

Vinnitsa viloyati Ukrainaning asosiy qand lavlagi ekiladigan va shakarqand sanoati rivojlangan rayonlaridan biri. Sanoati qishloq xoʻjaligi xom ashyosini qayta ishlashga ixtisoslashgan. 40 ga yaqin shakarqand zavodi, 10 dan ziyod spirt zavodi, yirik konserva zavodlari va kombinatlari ishlab turibdi. Goʻsht va sut sanoati katta oʻrin egallaydi. Mashinasozlik va metallsozlik sanoati korxonalarida asosan qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat sanoatlari uchun mashina va uskunalar ishlab chiqariladi. Qurilish materiallari sanoati mahalliy kaolin (Gluxovesk), granit va boshqalar qazilmalarni ishlaydi. Vinnitsada fosfat oʻgʻiti kombinati bor. Poyabzal, tikuvchilik fabrikalari ishlab turibdi.

Qishloq xoʻjaligi lavlagikorlik-gʻallachilik hamda goʻsht-sut chorvachiligiga ixtisoslashgan. Gʻalla ekinlaridan kuzgi bugʻdoy, don-dukkaklilar, makkajoʻxori ekiladi. Shuningdek suli, tariq, grechixa, kungaboqar, kartoshka, tamaki, yemxashak ekinlaridan beda, yoʻngʻichka yetishtiriladi. Bogʻdorchilik va Dnestr daryosi boʻyida tokchilik rivojlangan.

Chorvachilikda sut-goʻsht qoramolchiligi va choʻchqachilik yetakchi oʻrinda. Parrandachilik, hovuz baliqchiligi va asalarichilik rivojlangan. Temir yoʻl uzunligi qariyb 1200 km. Muhim temir yoʻl yoʻnalishlari: Kiyev — Odessa, Kiyev — Lvov. Xoʻjalik yuklarining asosiy qismi temir yoʻl va avtomobil transportida tashiladi. Janubiy Bug va Dnestr daryolarida kema qatnaydi. Vinnitsada aeroport bor.[2]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]