Sumi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish

Sumi yoki Sumy (ukraincha: Суми) — Ukrainadagi shahar, Sumi viloyati markazi. Psyol daryosi boʻyida. Harkov — Vorojba yoʻnalishidagi temir yoʻl stansiyasi. Aholisi 270 ming kishi (2013). Sumiga 1652-1655-yilda asos solingan. 1658—1765-yillarda Sumi slobodasining markazi. Sumi 1765-yildan Sumi provinsiyasining markazi. 1780-yildan Harkov noibligining uyezd shahri. 19-asr oxiri — 20-asr boshlarida shaharda metallsozlik, mashinasozlik, shakarkand korxonalari qurildi. 1939-yilda Sumi viloyati markazi.

Sumi — Ukrainaning muhim sanoat markazi. Sanoatining yetakchi tarmoklari: mashinasozlik ("Nasosenergomash" ishlab chiqarish. birlashmasi, ogʻir kompressor, choʻyan quyish, elektron mikroskoplar, "Sumselmash" zavodlari), kimyo (fosfat oʻgʻitlar, kislota ishlab chikariladi), oziqovqat (shakarqand, likyoraraq, sut zavodlari, goʻsht k-ti), yengil (movut, tikuvchilik, poyabzal fabrikalari) sanoatlari. Qurilish kombinati, mebel zavodi bor.

Sumida pedagogika instituti, Harkov politexnika institutining filiali, oʻrta maxsus bilim yurtlari, teatrlar, oʻlkashunoslik, badiiydekorativ sanʼat muzeylari, filarmoniya mavjud. Meʼmoriy yodgorliklardan Voskreseniye (1703), Ilinskaya (1836) cherkovlari, SpasPreobrajeniye sobori (1776) saqlangan.