Cherkassi viloyati

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Cherkassi viloyati — Ukraina tarkibidagi viloyat, 1954 yil 7 yanvarda tashkil etilgan. Maydoni 20,9 ming km². Aholisi 1336,8 ming kishi (2004), asosan, ukrainlar, shuningdek, rus, belorus va boshqamillat vakillari ham yashaydi. Shahar aholisi 43%. 20 maʼmuriy tumanga boʻlingan, 15 shahar, 19 shaharcha bor. Yirik shaharlari: Cherkassi, Uman, Smela, Zvenigorod, Zolotonosha, Kanev, Shpola. Markazi – Cherkassi shahri.

Kremenchug va Kaniv suv omborlarining (Dnepr daryosi) har ikkala sohilida. Oʻng sohilidagi katta qismi Dneprboʻyi qirlari (eng baland joyi 270 m), chap sohilidagi qismi Dneprboʻyi pasttekisligida joylashgan. Iqlimi moʻʼtadil kontinental, yanvarning oʻrtacha temperaturasi –5°, iyulniki 19,5°. Yillik yogʻin 450–500 mm. Vegetatsiya davri 206–212 kun. Yirik daryosi — Dnepr. Tipik podzollashgan qora, sur tuproklar, chap sohilida oʻtloq va chimli podzol tuproqlar keng tarqalgan. Viloyat hududining 15,5% oʻrmon. Dasht oʻsimliklari kam tarqalgan. Oʻrmon va dasht hayvonlari uchraydi.

Xoʻjaligining yetakchi tarmogʻi — oziq-ovqat sanoati (goʻsht kombinatlari, sut, spirtaraq va boshqa zavodlar). Qandshakar ishlab chiqarish boʻyicha viloyat mamlakatda 1oʻrinda. Mashinasozlik va metall sozlik rivojlangan. Kimyo kombinati, kimyoviy tola, kimyoviy reaktivlar, plastmassa zavodlari ishlab turibdi. Shoyi va ip gazlamalar, gigroskopik paxta, tikuvchilik buyumlari ishlab chiqariladi. Cherkasi issiqlik elektr markazi va Kaniv GES viloyatni elektr energiyasi bilan taʼminlaydi. Qurilish sanoati rivojlangan (uysozlik kombinati, granit karyeri, gʻisht zavodlari). Cherkasi viloyati lavlagidon ekinlari yetishtirish va goʻshtsut chorvachiligiga ixtisoslashgan. Don, qandlavlagi, kartoshka, ozuqa ekinlari ekiladi. Bogʻdorchilik va sabzavotchilikning ham salmogʻi katta. Viloyat xoʻjaliklarida qoramol, qoʻyechki va parranda boqiladi.

Cherkasi viloyati uzunligi 605 km, qattiq qoplamali avtomobil yoʻllari uz. 5,6 ming km ga yaqin. Dnepr daryosida kema qatnaydi. Havo transporti rivojlangan. 3 oliy oʻquv yurti, 7 muzey, 2 teatr, filarmoniya faoliyat koʻrsatadi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. "Cherkassi viloyati" OʻzME. Ch-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil